Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs – bu O‘zbekiston Respublikasi hududida 
yashab turgani holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va 
chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo‘lmagan 
shaxs
2

 
JK 12-moddasi doirasida, chet elda jinoyat sodir etgan, fuqaroligi 
bo‘lmagan barcha shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
asosida jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, ulardan faqat O‘zbekiston 
Respublikasida doimiy yashovchi shaxslargina tortiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar deb, doimiy yashash uchun ruxsatnoma va yashash 
guvohnomasi mavjudligidan iborat bo‘lgan doimiy yashashning formal 
mezoni bilan ta’riflanayotgan mazkur shaxslarning guruhi tushuniladi
3
.
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 2 июлдаги «Ўзбекистон Республикасининг фуқаролиги 
тўғрисида»ги 632-XII-сон Қонуни, 1-модда, 1-қисми ва 5-модда// Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 
Ахборотномаси, 1992 й., 8,9-сон, 338-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами, 2004 й., 51-
сон, 514-модда. 
2
Ўша жойда, 11-м. 
3
Хорижий фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг Ўзбекистон Республикасида бўлишлари 
қоидалари (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар маҳкамасининг 199 йил 21 ноябрдаги 408-сонли қарорига
2-
илова), 28-банд // Ўзбекистон Республикаси Вазирлар маҳкамасинингқарорлари тўплами, 1996 й., ноябрь; 
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар маҳкамасинингқарорлари тўплами, 1999 й., 4-сон 20-модда, 2004 й., 4-сон 
43-
модда. 
78 


O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi PF-2240-son Farmoni
1
bilan tasdiqlangan Xorijiy shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash 
guvohnomasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida 
yashash guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi 
to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq beriladi. O‘zbekiston Respublikasi 
hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma qonunda belgilangan tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi. 
Fuqarolik prinsipining navbatdagi elementi JK 12-moddasida ifoda 
etilganidek, uning qo‘llanishi mumkin bo‘lgan hudud doirasidir. Bu 
o‘rinda Jinoyat kodeksining hududiylik prinsipi fuqarolik prinsipiga o‘z 
navbatini topshiradi. Qonun talabiga binoan, fuqarolik prinsipi faqat 
jinoyat xorijiy davlat hududida sodir etilgan holda qo‘llaniladi, lekin 
umuman O‘zbekiston hududidan tashqarida emas. 
Fuqarolik prinsipining tarkibiy elementi sifatida qonun jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asosni O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiq ravishda belgilaydi. Jinoiy javobgarlikka tortishga 
asos sifatida Kodeks faqat boshqa davlat hududida sodir etilgan jinoyat 
faktini ko‘rsatadi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, bu o‘rinda konkret qilmishning jinoyat 
sifatida baholanishi uchun ikki shart mavjudligi talab etiladi: 
birinchidan, mazkur qilmish sodir etilgan davlat hududida bu qilmish 
uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi; 
ikkinchidan, bu qilmishning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksida jinoyat deb baholanishi. 
Yuqorida keltirilgan shartlar majmuining mavjud bo‘lishi O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha shaxsni jinoiy javobgarlikka 
tortishga asos bo‘ladi. Bu qonunchiligimizning inson erkinligi va 
huquqlarini uning eng oliy boyligi sifatida tan olish g‘oyasini bildiradi. 
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchilar chet 
davlat hududida jinoyat sodir etganda o‘sha mamlakatda bu qilmishlar 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1999 й., 3-сон 65-модда; Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 22-23 сон 256-модда. 
79 


jinoyat hisoblanmasa, buni aniqlash mumkin bo‘lmaydi (masalan, 
bachchavozlik, valyutalarni noqonuniy sotib olish, sotish va hokazo). 
Shuningdek, O‘zbekistonda qilmish jinoyat hisoblanmaydigan bo‘lsa, chet 
davlatda hisoblanadigan bo‘lsa ham, javobgarlikka tortilmaydi. 
Ta’kidlash lozimki, chet davlat qonunchiligida qilmish jinoyat 
qonunida taqiqlangan bo‘lsa ham, sud va tergov organlari ishni ko‘rishda 
konkret qilmish uchun aybdorni jazolash imkoniyati bor yoki yo‘qligidan 
kelib chiqmay, bunday jinoyat shu davlatda jinoiy jazolanadigan harakat 
deb baholanadimi yoki yo‘qmi, degan savoldan kelib chiqishi kerak. Aks 
holda, jinoyat sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilmasligi 
O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyatga, amaldagi boshqaruv 
tartibiga, xavfsizlikka, davlat hokimiyati tizimiga qarshi yo‘naltirilgan 
bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan respublika hududida 
doimiy yashovchi shaxs boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun 
agar o‘sha davlat qonuni bo‘yicha jazolanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Fuqarolik prinsipining ushbu qoidasiga muvofiq, chet davlatda jinoyat 
sodir etgan shaxs, faqatgina o‘sha davlat qonuni bo‘yicha javobgarlikka 
tortilmagan bo‘lsa jazolanishi mumkin. JK 12-moddasi mazmunida jazo 
deganda, faqatgina davlat majburlov choralari emas, balki sodir etilgan 
jinoiy qilmish uchun xorijiy davlatlarning qonunlarida ko‘zda tutilgan 
barcha huquqiy oqibatlarni tushunish zarur. O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, sud hukmiga muvofiq shaxs javobgarlikdan ozod 
qilingan bo‘lsa yoki o‘z jinoiy xulqi uchun boshqa huquqiy ta’sir choralari 
qo‘llanilgan bo‘lsa (masalan, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari, 
jamoatchilik tanbehi, ruhiy ta’sir choralari va boshqalar), javobgarlikka 
tortish mumkin emas. Bu o‘rinda, davlatimiz qonunida bu masalaga oid 
jazo turi va me’yori, konkret ta’sir etish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgani 
yoki tutilmagani ahamiyatsizdir. Bu shart-sharoitga va umuman fuqarolik 
tamoyilini qo‘llashga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: 
– jinoyat sodir etgan shaxsga davlat nomidan sud hukmi chiqarish; 
– aybdorga nisbatan hukmni ijro etish. 
80 


Mazkur shartlardan biri bajarilmasa, tergov va sud organlari 
tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra, jinoyat 
sodir etgan shaxs javobgarlikka tortiladi (masalan, agar aybdor hukm 
qilinmagan, qochib ketgan yoki hukm ijro etilishidan qochgan holatlarda). 
Shuni alohida aytish kerakki, xorijiy davlatda sud hokimiyatini 
amalga oshiruvchi organlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolik 
prinsipining rad etuvchi shartini qo‘llashga ta’sir etmaydi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin