Amaldagi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro
huquq va majburiyatlariga ko‘ra siyosiy-huquqiy aloqada bo‘lgan shaxs
fuqaro hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti,
pasport olingunga qadar esa – tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki
shaxsning fuqaroligiga doir ma’lumotlar bo‘lgan o‘zga hujjat –
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb
hisoblanadi
1
. Shaxsning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar –
bu faqat
rasmiy mezon, sud-tergov xodimlari har bir holatda shaxsning respublika
bilan siyosiy-huquqiy bog‘langanligini aniqlashi lozim, ya’ni O‘zbekiston
Respublikasi qonuniga muvofiq, shaxsning fuqarolik mansubligini, uning
qachon
olgan-olmagani, chiqarilgani haqidagi faktni aniqlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: