Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Qonunning kuchga kirishi deganda, shu paytdan boshlab normativ-
huquqiy hujjatlarning qoidalari, ularning hududda kuchga kirishi, 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, mansabdor shaxslar, mulkchilik 
shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilotlar, shuningdek, davlat 
hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi, rioya etilishi, amal qilishlari 
tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq, 
normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish tartibi ularning qaysi turga 
mansubligiga qarab joriy qilingan: 
– 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek, mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa 
muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n 
kundan keyin kuchga kiradi
1
. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksi qabul qilingandan (1994 yil 22 sentyabr) keyin 1995 yil 1 
apreldan kuchga kirgan, O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy jazolarning 
liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 
29 avgustdagi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy 
1
Айни бир пайтда, шуни алоҳида таъкидлаш керакки, қонуннинг кучга кириш муддати ва кучга кириш 
тартиби фақат қонуннинг ўзидагина эмас, балки махсус актларда ҳам кўрсатилган. Шунга ўхшаш ҳолатлар 
Ўзбекистон Республикасининг амалдаги қонунларини таҳлил қилганда учраб туради. Ўзбекистон 
Республикасининг Жиноят-ижроия кодекси ва бошқа бир неча актлар мана шу тарзда кучга кирган. 
91 


javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish 
haqida»gi Qonuni (29 avgust 2001 yil) e’lon qilingan kundan e’tiboran 
kuchga kirgan
1
. Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, odatda, qonunning 
kuchga kirish muddati kech muddatlarda ko‘rsatiladi, chunki bu qonunlar 
mazmuni bilan aholining tanishuvi, shuningdek, huquq-tartibot organlari 
tomonidan ularning fikrlarini aniqlash muhim ekanligi nazarda tutiladi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishincha O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi belgilagan tartibda kuchga kiradi; 
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy 
hujjatlari, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 
Agar qonun hujjati bir necha manbalarda e’lon qilingan bo‘lsa, uning 
kuchga kirish muddatini hisoblab chiqish uchun dastlabki rasmiy e’lon 
qilingan muddatdan foydalaniladi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga 
kirish vaqti uning rasmiy chop etilgan muddati bilan qat’iy bog‘liq 
bo‘lmasa-da, bunday nashrsiz ularning amaldaligi tan olinishi mumkin 
degan xulosa chiqarish uchun asos bo‘lmaydi. Normativ-huquqiy 
hujjatlarning nashr etilishi va ularning kuchga kirishi O‘zbekiston 
Respublikasida amal qilishining ikkita asosiy talabidir. Agar normativ-
huquqiy hujjat chop etilmagan bo‘lsa, ma’lum vaqt ichida uning haqiqatan 
qo‘llanilgan bo‘lishiga qaramay, bu hujjat amalda bo‘lgan deb tan 
olinmaydi. 
Sud va tergov organlari tomonidan rasmiy nashr to‘g‘risidagi masalani 
hal qilishda normativ-huquqiy hujjat kuchga kirishidan oldin yoki keyin 
rasmiy manbalarda chop etilganligi ahamiyatga ega emas. Ayni paytda, 
agar haqiqatan ham hujjat kuchga kirgandan keyin chop etilgan bo‘lsa, 
dastlabki rasmiy manbaning vaqti muhim ahamiyatga ega, shunga 
o‘xshash boshqa aktlarning ham haqiqiyligi uning rasmiy nashri bilan 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги 2012 йил
24 декабрдаги Қонуни (янги таҳрири), 35-модда. // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 
й., 52-сон, 583-модда. 
92 


bog‘liq bo‘lib, uning nashr qilingan vaqtdan boshlab amalda ekanligini 
aniqlash zarur. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin