shaxslar arizasiga asosan qo‘llaniladi
1
. Bunda normativ hujjatlarning
Konstitutsiyaga mosligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi sud
qarori shaklida qabul qilinadi.
Masalani ko‘rib chiqish vaqtida qonun chiqaruvchi yoki qonun
ostidagi akt Konstitutsiyaviy sud qarorining nashr qilingan vaqti
ko‘rsatilgan holda konstitutsiyaviy emas deb tan olinadi, chunki aynan shu
vaqtdan boshlab, sud qarori kuchga kiradi va shunga muvofiq ravishda,
qonun chiqaruvchi akt (uning qismlari) konstitutsiyaviy yoki
nokonstitutsiyaviy deb tan olinadi. Shu bilan birga, normativ hujjatlarning
konstitutsiyaviy emasligini tan olish boshqa usullar bilan uning ta’sirini
to‘xtatishdan shu bilan farq qiladiki, hujjat Konstitutsiyaviy sud qarori
chiqarilgan vaqtdan emas, balki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, qabul
qilingan kundan boshlab konstitutsiyaviy emas deb topiladi. Bu shuni
bildiradiki, normativ-huquqiy hujjat qaror chiqquncha va qaror chiqqandan
keyingi holatlarda qo‘llashga loyiq emasligini ko‘rsatadi. Chunki, sud va
tergov organlarining barcha dastlabki yechimlari qonunchilik asosida
so‘zsiz qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Normativ-huquqiy hujjatning
yaroqsizligi shuni ham bildiradiki,
JK 13-moddasi 2- va 3-qismlarida
nazarda tutilgan qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi qoida
sudlanayotgan, ayblanayotgan, gumon qilinayotgan shaxsga qulay vaziyat
yaratgandagi hollarda ham qo‘llanilmaydi.
Shuni nazarda tutish kerakki, Konstitutsiyaviy sud qarori e’lon
qilinadigan rasmiy manba belgilab qo‘yilmagan, Konstitutsiyaviy sud
qarori u O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ommaviy axborot vositalari
orqali dastlabki e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Dostları ilə paylaş: