Berilgan muayyan jinoyat tarkibini aniqlash uchun muhim bo‘lgan
oxirgi harakatni sodir etish payti ikki harakatli jinoyat sodir etish vaqti deb
topilishi kerak.
NOTA BENE !
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar jinoyat-huquqiy tahdidni ifodalaydigan
majburiyatlarni uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lgan
harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi.
Birinchi harakat (harakatsizlik) sodir etilgan payt uzoqqa cho‘zilgan
jinoyat sodir etilgan vaqt deb topiladi.
Ayni paytda, uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar sodir etilgan vaqtini
aniqlashda uning ayrim o‘ziga xos tomonlariga e’tibor beriladi: agar uning
ijtimoiy xavfliligi uzoq davom etuvchi jinoyatlarda, masalan, harbiy
xizmat yoki qismni tashlab ketish (JK 287-moddasi) yoki keltirilgan
zararning
umumiy miqdori, masalan, soliq yoki boshqa to‘lovlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlash hollari. Ko‘pincha, agar keltirilgan zarar muddati
yoki summasi ko‘paysa, jinoyat sodir etish vaqti yangi muddatning o‘tishi
yoki yangi qonun endigina kuchga kirgandan so‘ng hali ilgarigi
yetkazilgan katta zarar muddati tugamay turib yana yangidan katta zarar
yetkazish bilan o‘tgan vaqtdan tan olinadi. Agar muddat yangi qonun bilan
qisqartirilsa, jinoyatni tan olish uchun eski muddatning o‘tishi yoki ilgarigi
keltirilgan zarar miqdori yangi muddatni yoki to‘liq o‘tashi kerak yoxud
yetkazilgan yangi zarar miqdori yangi qonun kuchga kirgandan boshlab
hisobga olinadi.
Takroriylikni tashkil qiluvchi oxirgi yoki og‘irlashtiruvchi belgi
hisoblangan qilmish sodir etilishi
takroran jinoyat sodir etish,
shuningdek,
og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar sodir bo‘lgan vaqt deb
topiladi.
Agar ijtimoiy xavfli qilmish
ishtirokchilikda sodir etilgan bo‘lsa, u
holda har bir ishtirokchining bu qilmishga qo‘shilgan vaqti hisobga
olinadi. Bunday hollarda jinoyatni sodir etish
faqatgina shu guruhning
sodir etgan jinoyatinigina emas, balki bu guruhdagi har bir ishtirokchining
97
amalga oshirgan xatti-harakatlardagi ishtiroklaridan boshlab hisoblanadi.
Shuning uchun, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar vaqtini aniqlashda
bajaruvchidan tashqari, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilarning ham har
bir harakati nazardan chetda qolmaydi.
Shunday qilib, agar ishtirokchilikda yangi qonun kuchga kirgunga
qadar jinoyat sodir etilsa, aybdor ilgarigi
jinoyat qonunchiligi bilan
ayblanadi. Bunda jinoiy tarkib ishni haqiqatan ham butunlay amalga
oshirganligi yoki yangi qonun kuchga kirgandan keyin amalga oshirganligi
muhim ahamiyatga ega. Masalan, aybdor yangi qonun kuchga kirgunga
qadar o‘g‘rilik qilish uchun guruh tashkil qilgan, haqiqiy o‘g‘rilik esa
qonun kuchga kirgandan so‘ng bajarilgan. Bunda, jinoyat
sodir etish
paytini
JK 13-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan qoidaga muvofiq
aniqlanib, tashkilotchi eski qonun bo‘yicha javobgar bo‘lib, bajaruvchilar
esa yangi qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Bu masalaning ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning barcha
ishtirokchilar uchun tamom bo‘lish vaqti bajaruvchi tomonidan jinoyatni
sodir etish vaqtining hisoblanishiga asoslangan boshqacha yechimi odillik
prinsipiga mos kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: