Ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular
yangi normativ ko‘rsatmalarga zid bo‘lsa
yoxud yangi hujjat bilan
to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin
rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilmagan hollarda
1
(masalan,
qonun hujjati tartibga solishi lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning
yo‘qolishi) hujjat o‘z kuchini yo‘qotadi.
Qonun hujjatini bekor qilish uning kuchini yo‘qotishdan shunisi
bilan farq qiladiki, keyingi shunga o‘xshash munosabatlarni boshqaradigan
ikkinchi hujjatni qabul qilishdan iborat. Bunday hollarda normativ-
huquqiy hujjat so‘zsiz maxsus farmoyish bilan nufuzli
davlat organlari
tomonidan (yuridik rasman bekor qilish deb ataladi) normativ-huquqiy
hujjat shaklida bekor qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatning bekor qilinishi yoki kuchini yo‘qotish
vaqti yangi normativ ko‘rsatmalarning yoki vakolatli davlat organlarining
maxsus farmoyishi kuchga kirgan vaqtdan boshlab tan olinadi.
Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash qonunning vaqt bo‘yicha amal
qilishining zaruriy belgisi hisoblanib, uni aniqlash qoidalari
JK 13-
moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan. Mazkur norma
qoidalariga muvofiq,
jinoyat sodir etish vaqti jinoyat tarkibi turiga qarab aniqlanadi:
–
moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoyat sodir etish vaqti ijtimoiy
xavfli oqibat yuzaga kelgan vaqt hisoblanadi (masalan, o‘lim kelib
chiqishi);
–
formal tarkibli jinoyatlarda jinoyat sodir etish vaqti kelib
chiqadigan oqibatdan qat’i nazar qilmish sodir etilgan vaqt bilan
belgilanadi (jumladan, qalbaki pul tayyorlash).
Shu taxlitda, jinoyat sodir etish vaqti qilmishning obyektiv mezonidan
kelib chiqib, xususan, jinoiy javobgarlikka
tortish asoslari, ya’ni JK 16-
moddasida ta’kidlanganidek, jinoyat tarkibi mavjudligidan kelib chiqib
aniqlanadi. Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishini aniqlash uchun jinoyat
sodir etishning butun jarayoni (boshidan oxirigacha) emas, balki faqatgina
jinoyatning tugagan vaqti, ya’ni qonun bo‘yicha
jinoiy deb hisoblangan
barcha xatti-harakatlar yakunlanganligi ahamiyatga ega.
1
Қаранг.: Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 24 декабрдаги «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
тўғрисида»ги 342-сонли Қонуни. (янги тахрирдаги )» //" Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатлари
тўплами", 2012 й., 52-сон, 36-б
95
Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlashda tergov va sud organlari asosiy
diqqat-e’tiborni uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlarni, ikkita
harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatlarni, takroran sodir etilgan jinoyatlarni,
shuningdek, ishtirokchilikdagi jinoyatlarni tergov qilishga
qaratishlari
kerak.
Sodir etilgan jinoyatlar vaqti, odatda,
JK 13-moddasi 1-qismi asosida
aniqlanib, unga muvofiq, qilmish jinoyat tarkibining barcha belgilariga ega
bo‘lgan payt jinoyat tamom bo‘lgan vaqt deb hisoblanadi. Bundan kelib
chiqib, jinoyatni sodir etish vaqti Jinoyat kodeksining Maxsus qismidagi
jinoyat tarkibi tuzilishiga bog‘liq, jumladan, davomli jinoyatlarni
kvalifikatsiya qilish uni tashkil qiluvchi oxirgi qilmish sodir etilganda
amalda bo‘lgan qonunga asoslanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: