Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan 
yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga 
qaytish kuchiga ega. 
Qilmishning jinoiyligini bekor qilish 
deganda, uni 
dekriminalizatsiyalash, ya’ni jinoiy jazolanuvchi qilmishlarni ma’muriy, 

Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги «Жиноий жазоларнинг 
либераллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг Жиноят, Жиноят-процессуал 
кодекслари ҳамда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартишлар ва қўшимчалар киритиш 
ҳақида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини амалга киритиш тартиби тўғрисида»ги 254–II-сон Қонуни, 6, 
23-
бандлари // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 й., 9–10-сон, 165-модда.
2
Ўша жойда. 
100 


intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik turlariga o‘tkazish tushuniladi. 
Masalan, dekriminalizatsiya, Jinoyat kodeksining 187-moddasini Jinoyat 
kodeksidan chiqarib tashlash, ya’ni xaridor yoki buyurtmachilarni aldash 
uchun javobgarlikdagi kabi. 
Ilgari amalda bo‘lgan jinoyat-huquqiy normada jinoyat tarkibi belgisi 
sifatida nazarda tutilmagan yangi belgining nazarda tutilishi qilmishning 
jinoiyligini bekor qiladigan holat sifatida ko‘riladi. Bunday yangi 
belgilarning qo‘shilishi, jinoiy javobgarlikning torayishini anglatadi, 
chunki mazkur belgining bo‘lmasligi eski qonun amalda bo‘lgan vaqtda 
sodir etilgan qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligini bekor qiladi. 
Bunday dekriminalizatsiya, ko‘pincha, aybdor ma’muriy javobgarlikka 
tortilgandan keyin qaytadan jinoiy qilmish sodir etish hollarida mavjud 
bo‘lishi mumkin. 
Aynan o‘xshash qilmishlari uchun aybdorga yengilroq jazo tayinlash 
imkonini beradigan normalar jazoni yengillashtiruvchi qonunlarga 
kiradi. 
Ularga quyidagi normalarni kiritish mumkin: 
– ilgarigi jazo turini yengilroq jazoga almashtirish; 
– sanksiyadan bir yoki bir necha asosiy yoki qo‘shimcha jazolarni 
chiqarib tashlash; 
– asosiy yoki qo‘shimcha jazoning eng ko‘p yoki eng kam miqdorini 
pasaytirish; 
– asosiy jazoni o‘zgartirmasdan zaruriy qo‘shimcha jazoga 
fakultativlik xususiyatini berish; 
– modda sanksiyasiga yengilroq muqobil jazo kiritish; 
– moddiy zarar qoplangan hollarda mahkumga ozodlikni cheklash va 
ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llamaslik, ya’ni uni jamiyatdan 
ajratmasdan jazo tayinlashni nazarda tutadi. 
Jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshirish faqat jazolashnigina emas, 
balki boshqa huquqiy oqibat, asoratlarni ham o‘z ichiga oladi va bu bilan 
bog‘liq bo‘lgan Kodeks yordamida aniqlanadigan orqaga qaytish kuchi 
ham shunday qoidalarga ega bo‘ladiki, jinoyat sodir etgan shaxsning 
huquqiy ahvolini biror-bir tarzda yaxshilashi mumkin bo‘ladi. Jinoyat 
sodir etgan shaxs huquqiy ahvolining yaxshilanishi uning darajasi 
101 


(maqomi)ga turli tomonlardan daxldordir, xususan, uning ahvoli 
yaxshilanishini jinoyatlar klassifikatsiyasining o‘zgarishi deb e’tirof etish, 
jazoni o‘tashning aniq muddatlarini kamaytirish, shaxsga yengilroq jazo 
qo‘llab, uni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishgacha yetib 
boradi. Aybdorning huquqiy ahvolini yaxshilashda me’yor sifatida Jinoyat 
kodeksining 66
1
-moddasida ko‘rsatilgan jabrlanuvchi va boshqa 
tomonlarning yarashuvi bilan javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatini 
berish ko‘zda tutiladi. 
Shaxsning huquqiy ahvolini yaxshilashda normaning barcha 
variantlarini ko‘rib chiqishning imkoni yo‘q, chunki bu Kodeksda barcha 
umumiy qoidalarda bayon etilgan. Huquqni qo‘llovchi organlar har bir 
aniq holatlarda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy ahvoli qonun 
normalari tufayli yaxshilanyaptimi yoki yo‘qmi kuzatib boradi. 
Jinoyat qonuni jinoyat sodir etgan shaxsning ahvolini boshqacha 
tarzda yomonlashtirsa yoki jinoiy xatti-harakatlarini aniqlab jazoni 
kuchaytirsa, mazkur qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, agar qonun o‘z xarakteriga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan 
holatlarga zid bo‘lsa, uni kuchga kirgunga qadar amaliyotda qo‘llash 
mumkin emas. 
Huquqni qo‘llash amaliyotida muayyan bir qiyinchiliklar sodir 
bo‘lishi ham mumkin, bunda qonun normasi jazoning eng ko‘p miqdorini 
pasaytirsa va shu bilan birga, uning eng kamini oshirsa, bunga ba’zan 
yangi qonunda jinoyatning yangi maxsus tarkibining ishlab chiqilgani 
sabab bo‘ladi. Bunday paytda yuqorida eslatilgan jinoiy xatti-harakat 
holati javobgarlikning umumiy me’yori sifatida qabul qilinadi. 
Agar yangi qonun ta’sirida jazoning eng ko‘pi pasaysa va ayni bir 
paytda uning kamining ko‘tarilish holati sodir bo‘lsa, huquqni qo‘llovchi 
organlar ishni oydinlashtiruvchi aniq belgi-xususiyatlarni hisobga olib, 
sanksiyaga qiyosan olgan holda, shunday qonunni tanlab olmoqlari 
zarurki, unda aybdorga nisbatan imkon qadar yengil jazo belgilangan 
bo‘lsin. Xususan, agar aybdorga qattiq jazo tayinlangan bo‘lsa, u holda 
yangi qonunni qo‘llash zarur. Biroq, huquqni qo‘llovchi organlar muayyan 
holatdan kelib chiqib jazoni yengillashtirish zarur degan xulosaga kelsa, 
unda ilgarigi qonun bo‘yicha ish tutishga to‘g‘ri keladi. 
102 


Bunday vaziyat shu bilan izohlanadiki, bir tomondan, sud hech 
qanday holatda qonunda ko‘rsatilganidan qattiqroq jazo tayin etolmaydi, 
ayni bir paytda qonunda belgilangan eng yengil jazoni tayinlash yoki 
boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat 
kodeksining 57-moddasiga muvofiq, jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
darajasini jiddiy kamaytiruvchi quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: 
ma’naviy zararning yo‘q bo‘lganligi yoki moddiy zararning to‘liq 
qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining og‘ir kasalligi, ularning 
mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa 
boquvchisi yo‘qligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi, 
jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq-
atvori va h.k
1
.
Agar qabul qilingan qonun jinoyatning yangi, maxsus tarkibini 
shakllantirgan bo‘lib, dastlabki o‘xshash jinoiy xatti-harakatlar ko‘proq 
umumiy normalar ta’siri ostida qolib, jinoiy javobgarlikni kuchaytirsa, bu 
holda sanksiya bilan umumiy va maxsus normalarni o‘zaro qiyoslash 
kerak. Agar xatti-harakatlarning umumiy normadan ajratib olingan jinoiy 
xatti-harakat uchun berilgan sanksiya yangi qonun sanksiyasidan yengilroq 
bo‘lsa, bunday qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin