-
NН
3
: СО
2
molyar nisbati
1.4- rasm. Ammiak ortiqcha miqdoriniig karbamidning chiqishiga ta’siri (bu xolda o’rtacha 185-
195°С 18,5-32 МПа va to’ldirish darajasi 0,7 sm3) Ortikcha ammiakni
siklga qaytarish yoki
boshqa maqsadlarda, ya’ni ammoniy nitrat ishlab chiqarishga yuborish rejalashtiriladi (bunda 1 t
karbamid ishlab chiqarishdagi ortiqcha ammiakdan 5-8 t ammoniy nitrat olish mumkin).
1.2. Karbamid ishlab chiqarish usullari.
Karbamid sintezi natijasida suv, karbamid, ammoniy karbamat va ammoniy karbonatlari
suyuqlanmasi va ortikcha ammiak hosil bo’ladi. Ammoniy karbamati va karbonatlarini
termik
parchalash hamda ammiak va karbonat angidridni ajratish uchun suyuqlanmani distillyatsiya
qilinadi. Olingan karbamidning suvli eritmasi qattiq mahsulotga aylantiriladi.
Ammiak va karbonat angidridning karbamidga o’tishi muofiq ravishda 50% va 70% dan
oshmaydi. Shuning uchun karbamid ishlab chiqarish faqatgina sintez sharoitlar (xarorat, bosim,
NН
3
:С0
2
nisbati) bilangina farqanmay,
balki suyuqlanma distillyatsiyasi gazlari bo’lmish
ammiak va karbonat angidridni tutib qolish va ishlatish usullari bilan ham farqlanadi.
Yuqori quvvatli ammiakli selitra ishlab chiqarish bilan uyg’unlashgan kichik
karbamid
ishlab chiqarish korxonalarida distillyatsiya gazlari karbamid sintezi
jarayoniga qaytarilmagan
xolda ochiq sxemada ishlaydi. Bunday xolda distillyatsiya jarayoni bir bosqichda o’tkaziladi va
gazlar aralashmasidagi ammiakning barcha qismi nitrat kislotasi bilan absorbsiyalanadi.
Xozirgi zamon yuqori quvvatli takomillashgan karbamid ishlab chiqarish korxonalari
yopik, (tutashgan) sxemada ishlaydi va bunda barcha distillyatsiya mahsulotlari karbamid
sinteziga qaytariladi. Bunday sxemalarning takomillash agregatlar quvvatini oshirish va jarayon
energiyasi zaxirasidan unumli foydalanish yo’lidan bormokda.
Distillyatsiya gazlarini retsirkulyatsiyasi (siklga qaytarish) turli
usullar bilan amalga
oshiriladi: 1) gaz retsikli — distillyatsiya mahsulotlari gaz xolida qaytariladi;
2)
qisman yoki to’la suyuq xoldagi retsikl — siklga suyuq ammiak yoki ammoniy
karbonat tuzlarining eritmalari (suspenziyalari) qaytariladi.
Ammiak va karbonat angdridni to’g’ridan-to’g’ri siklga qaytarish ancha mushkuldir.
Chunki qattiq xolatdagi ammoniy karbamat hosil bo’lishini oldini olish maqsadida aralashma
yuqori xaroratda (reaktordagi ishchi bosimiga) siqilishi kerak. Buning
natijasida kompressorlar
kuchli korroziyaga uchraydi. Shuning uchun gazlarni selektiv absorbentlar bilan ajratib olinadi.
Absorberda gazlarni karbamid nitrat eritmasi bilan yuvish natijasida ammiakni tutib qolinadi.
Gazlar aralashmasi tarkibida qolgan СО
2
siklga qaytariladi. Absorbatni desorberda regeneratsiya
qilinganda ammiak ajralib chiqadi va siklga qaytariladi. Absorbent sifatida monoetanolamin
NH
2
CH
2
CH
2
OH ishlatilganda esa, distillyatsiya gazi tarkibidagi СО
2
tutib
qolinadi, ammiakni
esa suyuqlantirilib siklga qaytariladi. Absorberdan chiqayotgan absorbatni qizdirish natijasida
СО
2
ajratib olinadi va siklga qaytariladi. Regenerat esa yana absorberga qaytariladi.
Suyuqlik retsiklli jarayonlar amalda ko’proq tarqalgandir. Bunda distillyatsiya gazlari
suvga yuttirilib, hosil bo’lgan ammoniy karbonat tuzlarining konsentrlangan eritmasi karbamid
sinteziga qaytariladi.
Eng takomillashgan usulda suyuqlanma distillyatsiyasi, ya’ni ammoniy karbamatning
parchalanishi va ammiakni xaydash sintez bosimi NН
3
yoki СО
2
oqimi
bosim ostida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: