Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим


Texnik shartlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish ketma-ketligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə21/26
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106245
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
5 ТМХЛ Амалий услубий 1

Texnik shartlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish ketma-ketligi

Hujjatlar jamlanmasi to‘laligi tekshiriladi. Ekspertizaga texnik shartlar bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim. -Ishlab chiqishga texnik topshiriq va texnik topshiriq metrologik ekspertizadan o‘tkazish (agar u o‘tkazilgan bo‘lsa) natijalarini aks ettiruvchi hujjat;
- Mahsulot (buyumning) tuzilishi, tarkibi va harakat prinsipini o‘rganib chiqishga imkon beruvchi hujjatlar,chizmalar, ekspluatasiya hujjatlari va boshqalar;
- Mahsulotni metrologik xizmat bilan ta'minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar: texnik yoki xomaki loyihaga loyiha topshirig‘i, sinovdan o‘tkazish uslublari attestasiyasi materiallari va (yoki) o‘lchashlarni bajarish uslublari attestasiyasi materiallari va boshqalar;
- Ushbu bosqichda ishlab chiqilgan sinovdvn o‘tkazish uslublari va dasturlari loyihalari.
Texnik shartlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishga taqdim qilinadigan aniq ro‘yxati metrologik ekspertiza o‘tkazishni tashkil qilimsh va o‘tkazish tartibini tartibga soluvchi tarmoq me'yoriy- texnik hujjatlarida belgilab beriladi. Hujjatlar jamlanmasi to‘liq bo‘lmaganda ekspertizaga qabul qilinmaydi (yoki tanbex beriladi).

  1. Metrologik ekspertiza o‘tkazish paytida zarur bo‘ladigan me'yoriy texnik hujjatlar tanlab olinadi:

-GOST 2.114-70 standarti yoki u asosida ishlab chiqilgan, tarmoq yoki korxonada texnik shartlar tuzilishi, mazmunli va ifodalanishiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni tartibga soluvchi me'yoriy texnik hujjatlar;
-Mahsulotga (texnik shartlarga, texnik talablarga, qabul qilib olish qoidalariga, sinovlvr o‘tkazish uslublariga) standartlar;
-Mahsulotni nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan o‘lchov vositalariga (SI) me'yoriy-texnik hujjatlar (texnik talablar yoki texnik shartlar standartlari, ekspluatasiya hujjatlari);
-Texnik shartlarda yo‘llanmalar berilgan, mahsulot yoki uning sinovlvriga nisbatan qo‘yiladigan talablarga taaluqli boshqa me'yoriy-texnik hujjatlar.
Bunda ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi, texnik shartlarda ko‘rsatilmagan, lekin ularga yo‘llanmalar berish maqsadga muvofiq bo‘lgan me'yoriy-texnik hujjatlar aniqlanadi.

  1. Texnik topo‘iriqni meirologik ekspertizadan o‘tkazish paytida qilingan takliflar va tanbehlar xisobi tekshiriladi. Agar texnik topshiriq ekspertizasi o‘tkazilmagan bo‘lsa, quyida sanab o‘tiladiganlar bilan birga, texnik topshiriq ekspertizasi mazmunini tashkil qiluvchi sovollar ham ko‘rib chiqiladi.

  2. Metrologik ekspertiza ko‘rib chiqiladigan ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘limlarning borligi tekshiriladi. “Asbob uskunalar ro‘yxati” (o‘lchov vositalari, sinovdvn o‘tkazish vositalari va shunga o‘xshash) ilovasi bo‘lmaganda, uni texnik shartlarga kiritishni taklif qilish maqsadga muvofiqdir.

Zarur bo‘limlar bo‘lmaganda yoki hujjatning rasmiylashtirilishi qoniqarsiz ahvolda bo‘lganda, texnik shartlar to‘ldirish uchun qaytariladi.

  1. Texnik shartlarning bo‘limlari bo‘yicha metrologik ekspertiza o ‘tkaziladi.

Kirish qismini ko‘rib chiqishda:
Mahsulotning ishlatilish o‘rni ifodalanishining to‘laligi, xususan mahsulotning ishlatilish o‘rni ma'riflanishining texnik topshiriqqa muvofiqligi, mahsulotning ta'riflab berilgan ishlatilish urni bilan mahsulotga nisbatan “Texnik talablar” bo‘limida keltirilgan texnik talablar o‘rtasida qarama-qarshiliklar yo‘qligi tekshiriladi. Kelishmovchiliklar bo‘lgan holatda yoki kirish qismidagi mahsulotntng ishlatilish o‘rni ta'rafiga, yoki texnik talablar nomenklaturasiga tuzatishlar kiritish taklif qilinadi: mahsulotni ekspluatasiya qilish shartlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning to‘laligi baholanadi.
Bunday ma'lumotlarning yo‘qligi yoki noaniq ko‘rsatmalar (Masalan: blok A12 buyumning tarkibida tanlash uchun mo‘jallangan) o‘lchanayotgan parametrlar nomenklaturasi optimalligini baholashni qiyinlashtirdi.
Texnik shartlarning kirish qismida o‘lchov vositalari aynan qaysi vazifalarini bajararishiga mujallanganligi (o‘lchash uchun. qayta ishlab chiqarish uchun, qayta shakllantirish uchun, qayd qilish uchun) ko‘rsatilishi lozim.
Texnik shartlarda ko‘pincha o‘lchov vositasi qaysi vazifani bajarish uchun mujallanganligi noto‘gri ko‘rsatiladi. Masalan: “Mayak” tizimi 1-3mm kenglikdagi tirkishlari o‘lchash uchun mo‘ljallangan deya yozilgan. Aslida esa bu tizim qayta shakllantiruvchi hisoblanadi: uning kirish qismiga o‘lchami haqidagi ma'lumot kelib tushadi, chiqishda esa elektr signali beriladi.
Buyumning quyidagi mo‘ljallanish ta'rifi taklif qilinadi. ”... ”Mayak” tizimi 1-3 mm kenglikdagi tirqishlar o‘lchami haqidagi ma'lumotni mos keluvchi elektr signaliga qayta shakillantirish uchun mo‘ljallangan”.
Texnik talablar“ bo‘limini ko‘rib chiqishda texnik shartlar talablarining standart talablariga, shu jumladan ushbu mahsulot uchun tarqatilgan tarmoq standartlariga muvofiqligi tekshiriladi. (Masalan: “Mayak” tizimi uchun texnik shartlarda ko‘rsatilgan to‘g‘ri chiziqli yuklamaga nisbatan qo‘yiladigan talablar tarmoq standartiga shu guruh buyumlari uchun belgilangan talablarga mos kelmaydi).
Texnik shartlarning texnik topshiriq talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Texnik shartlarda texnik topshiriqning barcha talablari hisobga olingan bo‘lishi lozim, xususan texnik shartlar talablari texnik topshiriq talablaridan past bo‘lmasligi kerak. (Masalan: texnik shartlarda “Mayak” tizimsining og‘irligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar tizimni ishlab chiqishga bo‘lgan texnik topshiriq talablariga mos kelmaydi yoki texnik topshiriqda buyumning sezuvchanligiga nisbatan talab qo‘yiladi texnik shartlar esa chiqish quvvatiga nisbatan talablar belgilangan).
Mahsulotning ishlatilish o‘rniga nisbatan o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasi asoslanganligining muvofiqligi baxolanadi. Bunda xususan o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasida asoslar borligi tekshirilishi lozim (asoslar texnik topshiriqda, ilmiy-madqiqot ishlari bo‘yicha hisobotda, metrologik xizmat ta'minoti to‘g‘risidagi ma'lumotnoma va boshqa hujjatlarda keltiriladi). Asoslar bo‘lmagan hollarda ishlab chiqishning keyingi bosqichida ularni tuzib chiqish taklif qilinadi.
Bajarilmasligi mahsulotning ishlatilish o‘rniga va me'yoriy- texnik hujjatlarga nomuvofiqlikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yetishmayotgan texnik talablar aniqlanadi. Texnik shartlarda bu nam yoki uning tarkibiy qismlarining ularga o‘z vazifalarini bajarishda muhim ta'sir ko‘rsatadigan barcha parametrlar bo‘yicha talablar tartibga solinishi lozim. Agar mahsulotning chiqish parametrlarniga erishish yoki tayyorlashning texnologik jarayoniga nisbatan yoki materiallarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya qilishni talab qilsa, unda bu talablar texnik shartlarga kiritilishi lozim. (Masalan, “Polikarbonat smolasi” texnik shartlarida “Texnik talablar bo‘limiga “uzilish paytidagi nisbiy uzayish”, “chizilishdagi taranglik moduli” kabi tushunchalar kiritilmagan). Bundan tashqari bu texnik shartlarga materialnin atmosfera va namga barqarorligi, shuningdek, issiqlik, turg‘unlik va yemirilish temperaturasiga nisbatan talablar kiritilishi lozim. Ko‘rsatilgan ma'lumotlar buyumni ishlab chiquvchilarga ekspluatasiya shartlarini to‘g‘ri belgilash uchun, texnologlarga esa jismni qo‘yish jarayonini to‘g‘ri va xavfsiz tarzda o‘tkazish uchun zarur bo‘ladi.
Qo‘shimcha nazorat qilinuvchi parametrlarning kiritilishi faqatgina buyumnin texnik holatini nazorat qilish ishonchliligini oshirish zarurati bilan emas, balki nazorat uslubi va buzilgan elementni qidirishni soddalashtirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Nazorat qilinishi majburiy bo‘lmagan talablar aniqlab olinadi. Amalda mahsulot sifatiga ta'sir ko‘rsatmaydigan parametrlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar oshiqcha hisoblanadi.
Mahsulot sifatiga ta'sir ko‘rsatadigan, lekin bajarilishi texnik shartlarda ko‘zda tutilgan, shu mahsulotning boshqa parametrlarini, uning tarkibiy qismlarini, tayyorlashning texnologik jarayonlarini yoki materiallarini nazorat qilish bilan ta'minlanadigan talablar ham oshiqcha hisoblanadi.
Misollar: Ruporli antennaga texnik shartlarda yo‘naltirilganlik diagrammasiga nisbatan talablar ko‘rsatilgan. Yo‘naltirilganlik diagrammasini o‘lchash juda mehnattalab nazorat o‘lchov operasiyasini bajarishdan iborat. Agar ruporli antennaning talab qilinayotgan yo‘naltirilganlik diagrammasi uning geometrik o‘lchamlari bilan aniqlanishini va uning tayyorlanish sifati va aniqligiga bog‘liq bo‘lishini xisobga olsak, yo‘naltirilganlik diagrammasini o‘lchash maqsadga muvofiq emas. Ruporli antennaning sifatini tekshirish uchun antennaga kirishning turuvchi to‘lqin koeffisentini o‘lchash yetarli.
Metall yordamida armaturalangan poliamid begunok texnik shartlarida quyidagilar yozilgan, .... GOST 2.789-79 bo‘yicha armaturalovchi sim ichki yuzasining g‘adir-budirlik parametri Raq0,32...”.
Begunok tayyorlashda sim qo‘shimcha mexanik ishlovlarsiz qo‘llanilishi va ko‘rsatilgan g‘adir-budirlik avvaldan davlat standarti bilan tartibga solinganligi sababli bu talab texnik shartlardan chiqarib tashlanishi zarur.
Texnik talablar qo‘yiladigan parametrlarni nomlanishining to‘g‘ri ekanligi baholanadi (Masalan magnit induksiyasini o‘lchash o‘rniga texnik shartlarda “magnit maydoni” ni, elektr maydoni kuchlanganligini o‘lchash o‘rnida esa -“elektr maydoni” ni o‘lchash taklif qilinadi.
Texnik talablar, ularning nazoratga yaroqliligini ifodalashda tuzatishlarga zarurat yo‘qligi aniqlanadi.
O‘lchanadigan parametrlar yozilish shakillarining to‘g‘riligi, o‘lchashlar aniqligi me'yorlari yoki nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar mavjudligi, o‘lchashlar aniqligi me'yorlarini asoslash uchun boshlang‘ich hisoblanadigan sinovdan o‘tkazish aniqligi nazorat qilinadi. Agar qaysidir me'yorlar yoki talablar boshqa me'yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan bo‘lsa, u holda texnik shartlarda ularga yo‘llanmalar bo‘lishi lozim.
Misol: texnik shartlarda vaqt doimiysiga talablar keltirilgan, aylanashlar chastotasi esa berilmagan. Me'yoriy texnik hujjatlarda esa vaqt doimiysi ma'lum bir chastotada ko‘rsatilishi lozim. Texnik shartlarda to‘ldirishlar kiritish zarur.
Parametrlar ko‘pincha yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlarni ko‘rsatmastan beriladi (masalan, blokdan chiqishdagi kuchlanish 27 V bo‘lishi lozim) yoki qo‘yiladigan og‘ishlar qiymati asossiz ravishda oshirib ko‘rsatiladi.
Misollar: Begunok to‘lqin lampasi uchun ikkilamchi oziqlantirish manbasiga texnik shartlarda cho‘g‘lanish kuchlanishiga talablar keltirilgan, bunga, u- (6.30±0,02) V bo‘lishi lozim. Bu yo‘l qo‘yiladigan og‘ish diapazonini kengaytirish tavvsiya qilinadi, chunki lampa pasportida bu kuchlanish ±1% xatolik bilan ulchanishi lozim deb ko‘rsatilgan, biroq bu talabni bajarishga imkoniyat beruvchi o‘lchov vositalari mavjud emas.
Lentali mashinalar uchun rezina muftaga texnik shartlarda “... muftaning yon yuzasi hosil qiluvchiga perpendikulyar ravishda bo‘lishi lozim” deb yozilgan.
Materiallning qovushqoqligi, o‘lchash qalinligining qiymati (1.2 dan 1.5mm gacha) ni hisobga oladigan bo‘lsak, tan olish kerakki seriali ishlab chiqarish sharoitida bunday o‘lchashlarni o‘tkazish favqulodda qiyin bo‘ladi.
Bu bandni texnik shartlardan chiqarib tashlash, uni chizmaga ko‘chirib o‘tkazish va “texnologik jihatdan ta'minlansin” degan qo‘shimcha kiritish tavsiya qilinadi.
Buyum tarkibida o‘lchash vositalari elementlari bor bo‘lsa, ulardan foydalanish mumkinligini tekshiriladi, ular haqidagi ma'lumotlarning to‘laligini baholanadi, shuningdek, ularni tekshiruvdan imkoniyatlari belgilanadi.
Xavfsizlik talablari” bo‘limini ko‘rib chiqishda mahsulotni ekspluatasiya qilish paytida xavfsizlikni ta'minlash uchun yetarli bo‘lgan talablar to‘laligini tekshirish, zarur o‘lchov vositalari va o‘lchash uslublari bilan ta'minlanganlikni baholash lozim. Buyumda xavfsizlik talablariga rioya qilish bo‘yicha tegishli yozuvlar va belgilar bo‘lishi ko‘zda tutilishi zarur. “qabul qilib olish qoidalari” bo‘limini ko‘rib chiqishda bo‘limning to‘laligi baholanadi GOST 2. 114-70 ga muvofiq bo‘limda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim.


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin