Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим


- AMALIY MASHG‘ULOT FIZIKAVIY KATTALIKLAR VA ULARNING NOMLARINI, ATAMA VA TA'RIFLARINI TO‘G‘RILIGINI TEKShIRISh



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə18/26
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106245
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
5 ТМХЛ Амалий услубий 1

7- AMALIY MASHG‘ULOT FIZIKAVIY KATTALIKLAR VA ULARNING NOMLARINI, ATAMA VA TA'RIFLARINI TO‘G‘RILIGINI TEKShIRISh.
Reja:

  1. Metrologiya soxasida atamalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar.

  2. Fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish.



UMUMIY MA’LUMOTLAR
Ilmiy va texnik atamalarning mazmuni, ular zamirida turgan buyumlar, voqea hodisalar haqidagi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, yangi atamalar paydo bo‘ladi, ba'zi birlari esa yo‘qolib ketadi.
Hatto bitta tilda gaplashuvchi mutaxassislar orasida ham atamalarning xarakteri bilan bog‘lik bo‘lgan qiyinchiliklar o‘zaro muloqotlar paytida mavjud bo‘ladi, chunki atamalarda u yoki bu turdagi haqiqiylik voqea xodisalarga o‘ziga xos yondashuv yuzaga keladi. Bitta atamaning o‘zi turlicha qabul qilish va tajriba natijasida mutaxassislarda voqea - xodisa jarayoni to‘g‘risida o‘zining tasavvurini uyg‘otishi mumkin, bu esa ko‘pincha u yoki bu tushunchalarni turlicha talqin qilishga sabab bo‘ladi. Shu sababdan ham o‘zaro tushunmovchiliklarni bartaraf qilish maqsadida atamalarni tartibga solish va standartlashtirish amalga oshiriladi. Standartlashtirishning asosiy maksadi - Davlat standarti tomonidan ilmiy texnik atamalarni standartlashtirish bo‘yicha zamonaviy qoidalarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, bir xil ma'noda tushunilishi lozim bo‘lgan va bir - biriga zid bo‘lmagan atamalarni me'yoriy hujjatlarda belgilab berishdan iborat.
Metrologiya sohasida atamalarning asosini tashkil qiluvchi standart GOST 16263-70. Davlat o‘lchovlar tizimi (O‘zDst). Metrologiya ta'riflar va atamalarni o‘z ichiga oladi va quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi: Metrologiya, fizikaviy kattaliklar, fizikaviy kattaliklar birliklari, o‘lchovlar, o‘lchov vositalari turlari, o‘lchov vositalarining parametrlari va o‘ziga xos xususiyatlari, o‘lchash xatoliklari, o‘lchov vositalarining xatoliklari, etalonlar va namunaviy o‘lchov vositalari, metrologiya xizmatiga oid tushunchalar.
Shuni ko‘rsatib o‘tish lozimki GOST 16263-70 metrologik ta'minot “o‘lchashlar sifati”, “avtomatik o‘lchov vositalari”, “o‘lchash - hisoblash majmuasi”, “o‘lchash - boshqarish tizimi” va boshqa shu kabi zamonaviy tushunchalarni o‘z ichiga olmaydi. “O‘lchash”, o‘lchov vositalari va boshqa shu kabi tushunchalar ham qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. “O‘lchashlar paytida kuzatish” kabi bazi bir atamalar eskirdi va ulardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Ushbu standart tavsiyanoma xarakterga ega bo‘lsada metrologiya faoliyatida ijobiy rol o‘ynadi. Bir qancha direktiv hujjatlar, shu jumladan metrologik xizmat bilan ta'minlash bo‘yicha Davlat Standartlari GOST 16263-70 atamalaridan foydalanadi. Ushbu standart atamalaridan foydalanib o‘lchashning boshqa sohalarida ham ta'riflar va atamalarni belgilab beruvchi boshqa bir qator standartlar ham ishlab chiqilgan.
Metrologik atamalarning to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida ekspert GOST 16263-70 dan tashqari metrologik ta'minot va o‘lchash texnikasi sohasidagi tushunchalar va atamalarni tartibga soluvchi boshqa standartlardan ham foydalanishi zarur. Masalan: GOST 8.362-79 “Davlat o‘lchashlar tizimi qoplamalar qalinligini o‘lchash. Ta'riflar va atamalar”, GOST. 8.271-77 “Davlat o‘lchashlar tizimi. Bosimni o‘lchash vositalari. Ta'riflar va atamalar” va hokazo.
Texnik hujjatlarni metrologik ekspertadan o‘tkazish paytida bitta tushuncha uchun ma'nosi bir-biriga yakin (sinonim) bo‘lgan turli ilmiy texnik atamalar qo‘llanilmasligiga, shuningdek, o‘zbek tilidagi turli xil ma'nodagi so‘zlar va atamalar mavjud bo‘lganda boshqa xorijiy so‘zlar va atamalarning qo‘llanilmasligiga, o‘zbek tili orfagrafiyasi va punktuasiyasi, shuningdek, bunga muvofiq boshqa standartlarda belgilab qo‘yilganlardan tashqari so‘zlarning qisqartirilmasligiga e'tibor qaratish lozim.
Texnik hujjatlarda standartlashtirilgan atamalarni standartlashtirilmagan atamalar bilan almashtirmaslik lozim.



No to‘g‘ri




O‘lchov o‘tkazish




Uzunlik o‘lchovini o‘tkazish




Uzunlikni tekshirish




Ulchagich




Tezlik kattaligi




120 km G’ soat




Granula kattaligi mm.




O‘lchash birligi Tezlik razmeri mG’s




Aniqlik ±0,1 mm Aniqlik ± 2 %




O‘lchash xatoligi ± 1 % O‘lchash to‘g‘riligi Nostandart o‘lchov vositalari (SI)




Standartlashtirilmaydigan o‘lchov vositalari Mikrometrni etalon bo‘yicha rostlaydilar (etalon detal bo‘yicha)




O‘lchov vositasi




ko‘rsatkichlarini kalibrovka




To‘g‘ri




O‘lchash




Uzunlikni o‘lchash O‘lchash vositasi Tezlik 120 kmG’soat yoki tezlik qiymati 120 kmG’soat




Granula o‘lchamligi, mm. Fizikaviy kattalik birligi




(Birlikni o‘lchash emas,




fizikaviy kattalik birlikka ega bo‘ladi). Tezlik birligi mG’s




( Tezlik o‘lchamligi LT-1 )




Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalari ( SI ) Mikrometrni rostlashda
o‘lchov sifatida attestasiyadan o ‘tkazilgan detaldan foydalaniladi.

Atamalarni turlicha talqin qilish ulardan foydalanishda ularning turli xil ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi. Masalan “detektor” atamasida bir xolatda “Nurlanishni qabul qiluvchi” tushunilsa, ikkinchi bir holatda “Yutilgan nurlanish quvvatini signal yo‘nalishiga qayta shakllantirish” tushuniladi, aslida esa optik - akustik qayta shakllantiruvchidir. “O‘lchash qurulmasi” atamasida o‘lchash paytida foydalaniladigan moslama ko‘zda tutiladi. GOST 16263-70 ga muvofiq esa o‘lchash qurilmasi deganda o‘lchash asbobi va qayta shakllantiruvchining jamlanmasi tushuniladi “Zararli, putir etkazuvchi signal” atamasi o‘rniga “Xalaqit beruvchilar” atamasidan, “ko‘zdan kechirish” atamasi o‘rniga “vizual” atamasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Metrologik o‘lchashlarni tartibga soluvchi texnik hujjatlarda “O‘lchashlarni bajarish usuli” atamasi o‘rniga “Anikdash usuli”, “Topish usuli”, “Taxlil qilish usuli” va boshka shu kabi atamalardan foydalaniladi.


Turlicha talqin qilish extimoli mavjud bo‘lgan o‘ziga xos maxsus atamalar matnda birinchi bor uchrashidayoq tushuncha berilishi yoki tariflab berilishi lozim.

  1. Fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish

Fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish paytida kattalik nomlanishining obyektning shunga mos keluvchi xususiyatlarini turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘ymaydigan darajada to‘g‘ri ifodalanishini, kattaliklar nomlanishining me'yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilganlariga muvofiqligini belgilash zarur.
O‘lchashlarni rejalashtirish chog‘ida va ularning natijalarini to‘g‘ri izohlash uchun o‘lchash obyektining qabul kilingan fizik modeli katta ahamiyatga ega. O‘lchanadigan kattalik sifatida modelining ushbu o‘lchov maqsadlariga ko‘proq mos keladigan va o‘lchanayotgan kattalikning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan parametri tanlab olinishi lozim. Agar o‘lchanadigan kattalikning nomlanishi bir qiymati bo‘lmasa, unda o‘lchanadigan kattalikni aniqlab olish zarur. Masalan: suyuqlik sarfini o‘lchash paytida uning qay yo‘sinda sarflanishi - og‘irlik bo‘yichami yoki hajm bo‘yicha sarfni o‘lchash lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Agar o‘lchanayotgan kattalik makonining alohida nuqtalarida har xil qiymatga ega bo‘lsa, u holda makonning aniq bir muayyan sohasi ko‘rsatiladi, masalan; havoning xonadagi temperaturasini o‘lchash.
O‘lchanayotgan kattalikni qat'iy tartibda aniqlash obyektining real o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Masalan; valning diametrini o‘lchashda to‘g‘ri dumaloq silindr uning modeli hisoblanadi. Val uzinasiga ham kundalangiga ham ma'lum bir chetga og‘ishlarga ega bo‘ladi (yuzasi bo‘ylab). Bunday holatda valning o‘rtacha diametri yoki uning qirqma bo‘yicha val yuzasidagi nuktalar orasidagi eng katta masofa o‘lchanadigan kattalik hisoblanadi.
O‘lchanadigan kattalik obyektining har xil holatida, har xil qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Mashinasozlikda odatda detallarning chiziqli o‘lchamlarini o‘lchash 20°C temperaturada amalga oshiriladi. Agar o‘lchashlar boshqa temperaturada amalga oshirilsa, u holda natijalar formulalar yordamida 20°C temperaturaga keltirilib, qayta hisoblab chiqiladi.
Fizikaviy kattalikning nomlanishi obyektning u aks ettirayotgan xususiyatlarining mohiyatini yoki voqea-hodisa va jarayonlarning parametrini aniq va bir qiymatda aks ettirilishi lozim. Har bir fizikaviy kattalik uchun bitta atama qo‘llaniladi. Fizikaviy kattaliklarning GOST 8.417, RX 50-160- 79 ga yoki fanlar akademiyasining ilmiy texnik atamalar qo‘mitasining tavsiyalariga va qabul qilingan atamalar bo‘yicha standartlarga kiritilgan nomlanishidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Kattaliklarning fizikaviy ma'nosi birliklarni tanlashga bog‘liq bo‘lib qolmasligi uchun kattaliklarni birliklarini eslatishga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

Noto‘g‘ri


Zichlik - hajm birligidagi og‘irlik bilan aniqlanadigan
kattalikdir.
To‘g‘ri Zichlik modda og‘irligining u egallab turgan hajmiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik
Aylanishlar soni”, “Bir minutdagi aylanishlar soni”, “Bir sekunddagi aylanishlar soni” atamalarini qo‘llamaslik lozim. Vaqtda burchak o‘zgarishi tezligini ta'riflash uchun (agar foydalanish nuqtai-nazaridan jismning hamma holati vaqtda bir xil baholansa), “Burchak tezligi” atamasini qo‘llash lozim. Agar vaqtida aylanishlar sikli sonining tezligi o‘zgarishi nazarda tutilayotgan bo‘lsa (bunda uni bo‘laklarga ajratilmasa) “aylanishlar chastotasi” atamasi qo‘llaniladi.
Hajm” atamasi jism yoki modda tomonidan band qilinadigan kenglikni ta'riflash uchun qo‘llaniladi. Idish “hajmi” deganda kenglikning idish tashqi yuzasi bilan chegaralab olingan hajmi tushuniladi. “Sig‘diruvchanlik” atamasi apparat yoki idishning ichki kengligini tariflaydi. Apparat yoki idishlarning ichki kengligini tariflashda “sig‘im” atamasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalar bo‘lgan “zichlik” va “solishtirma og‘irlik” tushunchalariga bir xil nisbat berish mumkin emas. Solishtirma og‘irlik, og‘irlikning hajmga nisbati bilan, yani tortish kuchining hajmga nisbati bilan aniqlanadi va shunga muvofiq erkin tushish tezlanishiga bog‘lik bo‘ladi. Solishtirma og‘irlik zichlikning erkin tushish tezlanishiga xosilasi sifatida ifodalanishi mumkin.
Har qanday zarracha uchun modda miqdori birligi sifatida molning kiritilishi moddaning og‘irligini belgilash uchun yangi atama - “molyar og‘irlik” atamasini kiritishga majbur qiladi. Bu tushuncha har qanday zarrachaga taalluqlidir, chunki molyar og‘irlik avvalgidek gramm - molga son qiymati bo‘yicha teng, lekin avvalgi kattalikdan o‘lchamligi bilan farqlanadi.
Masalan: Na ON ning gramm moli 40gr ga teng bo‘lgan, endi esa og‘irligi 40 gramm (molga teng).
Moddaning quyuqligi ko‘p yillar davomida og‘irlik hajm birligida (quyuqlikda) (gramm-molG’l, mg-ekvivalentG’l va shu kabilar) ifodalanib keladi. SI xalqaro birliklar tizimi birliklariga o‘tish quyuqlik tushunchasi aniqroq talqin berish imkonini yaratdi. Modda quyuqligi - og‘irlikning yoki tizimdagi ushbu modda miqdorining shu tizim hajmiga nisbatidir. Shunday qilib, quyuqlik foizlarda ifodalanishi mumkin emas. Foizli ifodalashga, moddaning og‘irlik, molyar yoki hajmiy xissasi haqida gap ketganda, tizimda moddaning nisbiy tarkibini ko‘rib chiqish paytida ruxsat beriladi.
Texnik hujjatlarda fizik kattaliklar (ramziy) belgilar bilan belgilanadi. Ammo ularni belgilashda yagona talablarni belgilab beruvchi me'yoriy hujjatlarnining uzi yo‘q. Bitta kattalikning o‘zi uchun turli xil belgilar qo‘llanilishi yoki bitta belgining o‘zi turli xil kattaliklarni belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin. Masalan, “R” belgisidan - og‘irlik va elektr quvvatini belgilashda foydalaniladi. Texnik hujjatlarda ko‘pgina kutilmagan, o‘zboshimchalik bilan ishlatilgan belgilar ko‘plab uchraydi, bu esa ularni tushunib olishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Hatto bitta tizim - Davlat o‘lchovlar tizimi (GSI) standartlarida ham o‘lchanadigan kattaliklarni belgilashda nomuvofiqliklar mavjud. Bitta hujjatning o‘zida o‘lchanadigan kattalikni turlicha talqin kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun fizikaviy kattaliklarni belgilashda bitta belgi qo‘llanilishi lozim.
Fizik kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘ri qo‘llanilgani tekshirish chog‘ida GOST 8.417-81. “O‘lchashlarning birligini ta'minlash davlat tizimi. Fizik kattaliklar birliklari” Davlat standartlariga asoslanish zarur. Bu standartda SI birliklari, shuningdek SI birliklari bilan bir qatorda qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladigan fizik kattaliklar birliklari qonunlashtirib qo‘yilgan. Fizika bo‘limlari bo‘yicha xalqaro tizim birliklarining mufassalroq ro‘yxati, shuningdek, ularni joriy qilish va qo‘llanilish tartibi RD 50-160-70 da keltirilgan. Ionlashtiruvchi nurlanishlar sohasida fizikaviy kattaliklar birliklarini hamjihatlikda joriy qilish va qo‘llash tartibini RX 50-454-84, kuch, bosim, va issiqlik - fizikaviy o‘lchashlarni amalga oshirish sohasida birliklarning xalqaro tizimiga o‘tish tartibini MI 221 -80 belgilab beradi.
Metrologik ekspertiza o‘tkazish paytida ekspert - metrolog tarmoqda qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan. Fizik kattaliklar birliklari ro‘yhatini belgilovchi boshqa me'yoriy texnik hujjatlarga ham asoslanishi mumkin. Masalan, MU 6-30-18-81 “Uslubiy ko‘rsatmalar. Fizikaviy kattaliklar birliklarining kimyo sanoatida va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llanilishi”, SI 528 - 80 “Qurilishda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan fizikaviy kattaliklar birliklari ro‘yxati”.
SI ning joriy qilinishi munosabati bilan fizikaviy -kattaliklar qiymatlarini qayta hisoblashga bo‘lgan ehtiyoj yuzaga keladi. Qayta hisoblash kaeffisentini turlicha darajada yaxlitlash qayta hisoblash xatoligiga ta'sir qiladi. Qayta hisoblash kaeffisentining qiymati talab qilinadigan aniqlikka bog‘lik ravishda optimal bo‘lishi lozim. Mm. suv ustuni birligida o‘lchanadigan bosim xatoligi ±0.5% deb taxmin qilamiz. Qayta hisoblash kaeffisenti 9.80605 ga teng (aniq). 9.8 qiymatgacha yaxlitlashni qo‘llash bilan xatolik 0.07%, 10.0
qiymatgacha yaxlitlashni qo‘llash bilan esa xatolik 1.97% ni tashkil qiladi. Bosim xatoligi ±0.5% bo‘lganligi sababli koeffisentni 10.0 qiymatigacha yaxlitlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, koeffisentni 9.8 qiymatgacha yaxlitlashni bemalol qo‘llash mumkin - chunki bu yaxlitlashni qo‘llash hisobiga aniqlanadigan xatolik (0.07%) bosimni aniqlashdagi xatolikdan sezilarli darajada kamdir.
Texnik hujjatlarda fizikaviy kattaliklar birliklarini qo‘llashda birliklarning nomlanishi va belgilanishini yozishda ma'lum qoidalarga asoslanish lozim.
Maydon va hajm birliklarini nomlashda “kvadrat” va “kub” sifatdoshlari qo‘llaniladi. Masalan; kvadrat metr, kub millimetr. Bu sifatdoshlar maydon va hajm birligi boshqa kattalik birligining xosilasiga kirgan holatda ham qo‘llaniladi: sekundiga kub metr (hajmiy sarf birligi), kvadrat metrga kulon (elektr qo‘zg‘aluvchanlik birligi).
Agar uzunlikning ikkinchi yoki uchunchi darajasi o‘zida maydon yoki hajm haqidagi tasavvurni bera olmasa, unda birlik nomlaridagi “kvadrat” va “kub” so‘zlari o‘rniga “kvadratda” yoki “ikkinchi darajada”, “kubda” yoki “uchunchi darajada” ifodalari qo‘llanilishi lozim. Masalan; sekundiga kilogrammmetr kvadratda (momendagi harakat miqdori birligi), metr uchunchi darajada
(yalpoq jism qarshiligi momentining birligi).
Mahrajda joylashgan birliklar nomlanishi xuddi tezlanish birligi - sekundda metr kvadratda, kinematik qovushqoqlik - sekundda kvadrat metr, elektr maydon kuchlanganligi - metrda volt nomlanishlari kabi “da” qo‘shimchasi bilan yoziladi. Vaktning birinchi darajasiga bog‘lik bo‘lgan, jarayonning sodir bo‘lish tezligini xarakterlovchi kattaliklar birliklari bundan mustasno. Bunday holatda maxrajda joylashgan vaqt birligining nomi xuddi tezlik birligi - sekundiga metr, burchak tezligi- sekundiga radian nomlanishlariga o‘xshash ravishda “ga” qo‘shimchasi bilan yoziladi.
Hosila hosil qiluvchi birliklar nomlari xuddi nyuton - metr; amper - kvadrat metr nomlanishlariga o‘xshash ravishda yozish paytida chiziqcha (defis) bilan bog‘lanadi.
Birlik hosilasi sifatida tarkib topgan, xosilaviy birliklarning nomlarini turlashda faqat oxirgi nomlanish va unga taalluqli bulgan “kvadrat va kub” sifatdoshlari o‘zgaradi. Masalan; kuch momenti besh nyuton — metrga teng, magnit momenti uch amper - kvadrat metrga teng.
Maxrajga ega bo‘lgan birliklar nomlarini turlashda faqat sifat o‘zgaradi. Masalan: tezlanish sekundiga besh metr kvadratga teng, solishtirma issiqlik sig‘diruvchanlik kilogramm - kelvinda undan to‘rt joulga teng.
Kattaliklar qiymatlarini yozish uchun birliklar belgilarini harflar yoki maxsus belgilar bilan qo‘llash nazarda tutilgan (...°,...’,..."). bunda harfli belgilashning ikki turi joriy qilingan: xalqaro va ruscha. Bosma nashrlarda yoki xalqaro, yoki ruscha belgilashlarga yo‘l qo‘yiladi. Bitta nashrning o‘zida bir paytda belgilashning har ikkala turidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Birliklar belgilari to‘g‘ri shriftda bosilishi lozim. Birliklar belgilari sonli qiymatdan keyin qo‘llaniladi va ular bilan bir qatorga yoziladi. Nuqta qisqarish belgisi sifatida belgilashda qo‘yilmaydi. Olimlar sharafiga atalgan belgilar bosma harflar bilan (sarlovhada bosh harflar bilan) yoziladi.
Sonning oxirgi raqami bilan birlik belgisi orasida oraliq qolishi shart. Masalan: 100 kvt, 80%, 20°C kabi.
Kattalikning sonli qiymatida unli kasr bo‘lganda birlik belgisi hamma sonlardan keyin joylashtiriladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin