¤збекистон республикаси олий ва ¤рта


Avvalgi bahyani tashlash jarayoni



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə26/37
tarix02.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#123802
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
¤збекистон республикаси олий ва ¤рта (2)

Avvalgi bahyani tashlash jarayoni


Baxya hosil qilishda bu operatsiyani vazifasi, avvalgi bahya halqalarini halqailuvchilardan tashlash va bu bilan keyingi operatsiyada bahyani tortish uchun bo’sh qo’yish.
Halqani tashlash uchun halqa iluvchi orqaga boshlang`ich holatiga qaytishi kerak. Chunki bu vaqtda igna halqailuvchini g`ovakchasiga va chokka ketayotgan ip orasidagi oraliqqa kirishini davom etadi. Hlqailuvchi orqvgv qaytish vaqtida ignani sindirib qo’ymasligi uchun halqani tashlashdan oldin quyidagi hol sodir bo’ladi: yopiq tipdagi bahya hosil qiluvchi mashinalarda, halqailuvchini ko’tarilishi; ochiq tipdagi bahya hosil qiluvchi mashinalarda halqailuvchini birlamchi ko’ndalang siljishi 5.1.9. - a, b, v rasmlarda ignani oxirigi halqasini halqailuvchini halqasiga tashlash jarayoni ko’rsatilgan.
Tashlash vaqtida, mashinani bahya hosil qiluvchi a’zolarida osilib turgan halqalarni bir oz bo’shatish kerak. Bu esa o’z navbatida ularni traektoriyasiga mos kelgan harakatni ta’minlaydi. Masalan 5.1.9.,a - rasmdan ko’rinib turibdiki uch ipli overlok bahyada chap tomonga, ya’ni boshlang`ich holatiga qaytayotgan halqailuvchi halqasini tashlayotgan vaqtda, unda osilib turgan halqa tarangligini bir oz bo’shatadi. Chunki halqa tashlash vaqtida mato oldinga siljiydi. Halqailuvchilar esa u tarafga harakatlanmaydilar. Shu tufayli halqailuvchilarda osilib turgan hvlqalar buralib kengayadi. Shu sababli, halqailuvchining yo’g`onlashgan boshchasi ilinmasdan halqadan chiqib ketadi.
Mato qancha ko’p silijisa, halqailuvchilarda osilib turgan halqalar shuncha ko’p buraladi va halqailuvchi halqalardan shuncha oson chiqadi.



Rasm. 5.1.9. Avvalgi bahyani tashlash jarayoni


      1. Bahyani tortish jarayoni


Bu jarayonda avvalgi bahyani tashlangan halqalari kichraytiriladi va kerakli taranglikka keltiriladi.
Tortish har bir halqa uchun bajariladi. Baxyani tortish darajasi uni tuzilishiga, iplarni tarangligiga bog`liq bo’ladi. Bahyani tortishni ikki usulda bajarish mumkin.
Birinchi usulda tortish-mato orasidan ignani harakati, avvalgi bahyani tashlangan halqasidan ipni tortib olish va uni yana igna bilan kiritilayotgan halqaga berish orqali sodir bo’ladi.
Ikkinchi usulda bahyani tortish ignani matodan chiqishi, hamda ip tortuvchi bilan ipni tortish evaziga amalga oshiriladi.
Bir ipli zanjir bahyali va ikki ipli vintsimon halqailuvchili kettel mashinalaridan tashqari, trikotaj buyumlarini tikish uchun qo’llaniladigan halqali bahya tikuv mashinalarini deyarli hammasida bahyani tortish birinchi usul bo’yicha bajariladi.
Birinchi usul bo’yicha bahya tortishni bajarilishida (Rasm 5.1.10.), keyingi tortilmagan bahya tomonidan kelayotgan igna ipi F1 ni tarangligi, g`altak tomonidan kelayotgan va igna ko’zchasidan o’tgan F ip tarangligidan kichik bo’lishi zarur.
F ip tarangligini Eyler formulasi orqali ifodalash mumkin: F = F2* eμα
Bunda: e-natural logarifm asosi (e = 2,71) α - ignani ip bilan qamrab olish burchagi; μ- ipni ignaga ishqalanish koeffitsenti;
F2- g`altak tushish paytidan va igna ko’zchasiga ipga tushgan barcha tarangliklar yig`indisi.
F2 ip tarangligi kattaligi, to’xtatuvchi va ip yo’naltiruvchi moslamalardan ipni o’tish vaqtida hosil bo’ladigan Fm1 taranglikdan hamda ipni igna g`ovakchasi tubiga ishqalanishdan hosil bo’ladigan Fp1 taranglikdan yig`iladi, ya’ni F1 = Fp+ Fm1+ Fp1 bo’ladi.

Rasm. 5.1.10. Bahyani tortish jarayoni

Bahya tortish F1< F < F2 * eμα tengsizlik tugamaguncha sodir bo’ladi, uni oshmasligi uchun ip qalinligi igna g`ovakchasini kengligidan katta bo’lmasligi kerak. Tortishi kuchaygan sari bahyani F1 kattaligi oshadi va F kattalikdan o’tib ketishi mumkin. Bu holda ip to’xtatuvchi moslamalardan hosil qilinadigan to’xtatishlarni engib o’tib g`altakdan beriladi. Ipni to’xtatish darajasini o’zgartirib F taranglik kattalikni o’zgartirish mumkin.


Trikotaj-tikuv mashinalarda ikkita asosiy to’xtatuvchi moslamalar qo’llaniladi; likopchasimon va rolikli. Lipokchasimon to’xtatuvchida ip prujina bilan bir-biriga qisilgan ikkita likopchalar orasidan o’tadi. Likopchalarni qisish darajasi prujinaga ta’sir qiluvchi gayka bilan sozlanadi. Bu, to’xtatuvchining kamchiligi likopchalar orasidan ipni qalinlashgan joylari va tugunchalarini o’tishi qiyinlashadi.
Rolikli to’xtatuvchida sterjenda bo’sh o’rnatilgan rolikni ip aylanib o’tadi. Bu sterjenga rolikni xarakatsiz shaybaga qisuvchi prujina kiygizilgan. Prudina bosim ta’sirini o’zgartirib, ya’ni gaykani bo’shatib yoki qotirib ipni tarangligini o’zgartirish mumkin. Chunki ip tomonidan rolikni aylantirish uchun ko’p yoki
kuch talab qilinadi. Shuni hisobga olish kerakki, har doim ipni tarangligi uni pishiqligidan katta bo’lmasligi kerak. Ipni eng kichik pishiqligi tikuv mashinasida choklarni pishiqligi va iplarni tarangligidan kelib chiqqan holda o’rnatiladi. Igna ipi pishiqligi 500 gr. va halqa iluvchi ipiniki esa 300 gr. dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi.

    1. Yüklə 1,36 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin