207
4-bob. TIJORAT BANKLARI OPERATSIYALARI
4.1. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
[121].
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan opera-
tsiyalar
banklarning
passiv operatsiyalari
deyiladi. Passiv operatsiyalar
yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv
hisob raqamidagi
pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Tijorat banklari passiv opera-
tsiyalar yordamida kreditlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini
tashkil qiladi.
Passiv operatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin (27-chizma).
27-chizma. Passiv operatsiyalar.
Birinchi, ikkinchi operatsiyalar
tufayli bankning
o‘z mablag‘lari
yuzaga kelsa, so‘nggi ikki operatsiya tufayli bankning
jalb qilingan
resurslari
yuzaga keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lari tarkibiga:
bankning
ustav kapitali;
bankning zaxira kapitali;
maxsus fondlar;
moddiy rag‘batlantirish fondi;
bankning taqsimlanmagan foydasi;
boshqa har xil tashkil qilingan fondlar kiradi.
Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o‘z
Passiv
operatsiyalar
Qimmatli qo-
g‘ozlarni muo-
malaga
chiqa-
rish yo‘li bilan
resurslarni
yig‘ish
Foyda hisobidan
har
xil fondlarni
tashkil qilish yoki
fondlar summasini
oshirish
Boshqa kre-
ditorlarning
mablag‘larini
jalb
qilish
Depozit op-
eratsiyala-rini
amalga
oshirish
Bankning
o‘z mablag‘lari
Jalb qilingan mablag‘lar
208
mablag‘lariga to‘g‘ri keladi.
Jalb qilingan mablag‘lar
tijorat banklari kredit resurslarining
asosiy qismini tashkil qiladi. Bular:
depozitlar;
kontokorrent;
korrespondent schyotlaridagi mablag‘lardir.
Dostları ilə paylaş: