10-BOB. BANK REYTINGI VA UNI ANIQLASH USULLARI 10.1. Bank reytingini aniqlash usullari [299] . XX asr oxirida har bir sohada o‘z yetakchilarini bilish istagi
kuchaydi. Eng yaxshi korxona, eng yaxshi bank, eng yaxshi mutaxassis,
eng rivojlangan tuman, viloyat, mamlakat va hokazolar.
O‘z o‘rnini aniqlab olishga harakat qilish biznesga ham xos. Bu
sohada ham dastlabki o‘nta eng yirik bank, ishonchlilar orasida eng
ishonchli sug‘urta agentliklari, dunyoning yuzta eng yirik korxonasi va
boshqalar aniqlanmoqda. Reyting bo‘lmasa, na butun amaliy hayotni, na
shaxsiy hayotni tasavvur qilish mumkin. Chunki «Kimga qarab ish tutish
kerak, kim bilan bitim tuzsa bo‘ladi, mening ishonchli sherigim kim?»
degan muammolarga duch kelamiz.
Reyting – bu muayyan obyekt yoki subyekt to‘g‘risidagi natijaviy
baho bo‘lib, qaror qabul qilish bo‘yicha g‘oyat muhim vosita hisob-lana-
di. Chunki u, aytaylik, bankirga bankning taraqqiy etish yo‘nalishini,
ishbilarmonlikning jonlanishini, demak, foyda olish imkoniyatlarini ham
hech shubhasiz ko‘rsatib beradi. Shuningdek, reyting tizimi:
banklar faoliyatini xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlar
asosida qiyosiy tahlil qilishda;
mazkur bankning moliyaviy bozordagi o‘rnini, nufuzini, shuning-
dek, muammoli banklarni aniqlashda;
banklar taraqqiyotidagi mayl (tendensiya)larni kuzatish, umum-
lashtiruvchi va xususiy ko‘rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilishda;
banklar samaradorligiga baho berishda juda ham zarur.
Barcha manfaatdor tomonlarning xohish va istaklarini inobatga
oluvchi reyting usuli yordamida aholi omonatlari qayerlarda ko‘proq,
qaysi banklarda qanday foizlarda joylashtirilyapti, depozitlar bo‘yicha
ahvol qanday, sertifikat va aksiyalarning sotib olinishi qay darajada kabi
savollarga ham javob olish mumkin.
[300] . Xalqaro amaliyotda bank reytinglarini baholashning juda
ko‘p turlari mavjud. Ular ichida quyidagi ikki usul eng ko‘p tarqalgan:
miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali baholash;
sifat ko‘rsatkichlari orqali baholash.