63-jadval. «CAMEL» omillari tavsifi № Omillar Izoh 1 2
3
1. “C”
(Capital
adequency)
Kapitalning yetarliligi , ya’ni bankning o‘z
mijozlarini kafolatlash uchun zarur bo‘lgan xususiy
sarmoyasi miqdori. Etarli sarmoyaga ega bo‘lgan banklar
jiddiy zarar ko‘rgan taqdirda ham mijozlar o‘z pullaridan
ajrab qolishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
2. “A”
(Asset
quality)
Aktivlar sifati. Bu omil aktivlarning darajasini va
balansdan tashqari moddalarni, shuningdek, gumonli
aktivlar va zararlarni tasniflash asosida muammoli
qarzlarning moliyaviy ta’sirini aniqlaydi.
3. “M”
(Management
quality)
Bankni boshqaruv sifati. Bu ko‘rsatkichni tahlil
qilish yordamida ish samaradorligi, bank siyosati, qonun
va yo‘riqnomalarga amal qilish darajasi baholanadi. Va
shu asosda bank siyosatining qay darajada maqsadga
muvofiq shakllantirilganligi, uning yozma ravishda
belgilangan tartibda hujjatlashtirilganligi va unga rioya
qilinganligi aniqlanadi. Shu sababli menejment sifatini
tahlil etish eng oxirida amalga oshiriladi.
4. “E”
(Earning
record)
Bankning daromadlilik darajasi. Bu bankning
kelgusida o‘sishi uchun yetarli bo‘lishi nuqtayi nazaridan
uning daromadi yoki foydasini tavsiflovchi omil –
ko‘rsatkichdir.
5. “L”
(Liquidity)
Bankning likvidlik darajasi. Bu bankning oddiy va
kutilmagan majburiyatlarni yo‘qotishlarsiz bajara olish
uchun zarur darajada mablag‘ bilan ta’minlanganligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichdir.
[303] . Banklar faoliyati va ishonchliligini baholashni «CAMEL»
reyting tizimi misolida ko‘rib chiqamiz. Unga binoan banklar 5 ball
bo‘yicha baholanadi. Nazoratdan o‘tgan bankka har bir komponent
bo‘yicha alohida reyting bahosi berilib, so‘ngra barcha faoliyat bo‘yicha
umumiy reyting bahosi asosida baholanadi. Reyting bahosining eng
yuqori darajasi 1 ko‘rsatkichi bilan belgilanib, bunda qaysi
komponentda bunday baho berilsa, demak u