Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   354
Bank iwi

xalqaro me’yorlarga
to‘liq 
javob berish darajasida tashkil etilganligidan dalolat beradi. 
 
 
2000-yil oxirida ana shunday xalqaro baho o‘zbek banklaridan yana 
Bunday banklar bir yarim yilda bir marta
tekshiriladi. 


476
biri (TIF Milliy bankidan so‘ng) ikkinchi bo‘lib - «Paxtabank»ka berildi. 
Jahonning 95 dan ortiq mamlakatidagi mingdan ziyod mashhur bank-
moliya institutlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishga ixtisoslashgan eng 
yirik reyting agentligi – «Tomson Faynenshial Benk Votch» kompani-
yasi xulosasiga ko‘ra, xalqaro miqyosda o‘z mavqeyini egallayotgan 
aksiyadorlik tijorat «Paxtabank» O‘zbekistonning yirik va moliyaviy 
barqaror banki ekanligi tan olinib, unga xalqaro reyting bahosi berildi. 
U o‘z aktivlari bo‘yicha respublika banklari orasida ikkinchi, ustav 
kapital miqdori bo‘yicha esa uchinchi o‘rinni egalladi. Bank 
respublikada 13 ta viloyat boshqarmasi, 184 ta tuman bo‘limlari hamda 
400 dan ziyod minibanklardan iborat strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
keng tarmoqli tizimga ega. Shuningdek, ko‘p sonli intiluvchan, iqtidorli 
hamda etuk mutaxassislardan iborat bank jamoasining ko‘p yillik, ulkan 
va boy tajribaga egaligi ta’kidlab o‘tilgan. 
 
Ayni paytda ushbu reyting kompaniyasi tomonidan bank 
faoliyatining har bir jabhasi atroflicha tahlil qilinib, munosib ravishda 
LC-2 hamda JC-C/D reyting ko‘rsatkichlari bilan baholandi. 
LC-2 ko‘rsatkichi – baholashda ikkinchi eng yuqori kategoriya 
hisoblanib, asosiy mablag‘ va foizlarni o‘z vaqtida qaytarish qobiliyati 
kuchli bo‘lganda beriladigan bahodir. Respublikamizda «Paxtabank» 
ushbu reytingga (TIF Milliy bankidan so‘ng) ikkinchi bo‘lib erishdi. 
Bankka JC-C/D reyting bahosining berilishi esa shuni anglatadiki, u 
o‘z aktivlari sifatini yaxshiligi hamda barqaror muvozanatlashtirilgan 
balansi bilan keng omma ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lmoqda. 
Shunisi e’tiborga molikki, «Paxtabank»ka berilgan bunday reyting 
baholari, avvalambor, uning: 
istiqbolini belgilashda; 
xorijiy sarmoyalarni yanada faolroq jalb etishda; 
xalqaro bank-moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik 
munosabatlarni o‘rnatish borasida zaruriy shart-sharoitlar, yangi 
imkoniyatlar yaratib beradi. 
Qolaversa, bank mavqeyining respublika ichida va uning 
tashqarisida yanada yuksalganidan, jahon moliya olamida ulkan 
yutuqlarini munosib namoyon etganidan dalolat beradi. 
Bank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar 
hamjamiyati a’zoligiga qabul qilingan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 
xizmat ko‘rsatuvchi eng nufuzli banklardan biri ekanligi jahon moliya 
olami tomonidan ham e’tirof etildi. Jumladan, moliya muassasasining 


477
1998-yildayoq qishloq va qishloq xo‘jaligini kreditlovchi Osiyo-Tinch 
ummoni assotsiatsiyasi (APRAKA)ga a’zo bo‘lib kirganligining o‘ziyoq 
uning jahon bank tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallab borayotgan-
ligini ko‘rsatuvchi dalildir. Osiyo va Tinch ummoni mintaqasidagi 21 
mamlakatning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi 57 ta bank va moliya 
institutlaridan iborat jahondagi salohiyatli va nufuzli moliya 
institutlaridan biri hisoblanuvchi ushbu
 
Assotsiatsiya qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishning moliyaviy tamoyillarini rejalashtirishni rag‘batlanti-
rish, qishloq va qishloq xo‘jaligini moliyalash va kreditlash sohasidagi 
davlatlararo tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, tarmoqqa moliyaviy 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha axborotlarni o‘zaro muntazam ayirboshlash 
va ularni amaliyotga joriy etishni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil 
etilgan. 
«Paxtabank»ning jahon bank hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi 
yil sayin chuqurlashib borayotganiga yana bir misol uning qishloq 
xo‘jaligini kreditlash xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ga a’zo 
bo‘lganligidir. Ushbu nufuzli tashkilot Ikkinchi jahon urushi 
tugaganidan so‘ng G‘arbiy Yyevropaning bir guruh qishloq xo‘jalik va 
kooperativ banklari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, o‘zining 
hozirgi ko‘rinishida 1989-yilda ta’sis etilgan. Hozirgi paytda, qishloq 
xo‘jaligi sohasida kreditlar beruvchi yoki uni olishga ko‘maklashuvchi 
jahonning barcha qit’alaridan 36 davlatning qishloq xo‘jalik 
yo‘nalishidagi 165 ta banklari hamda moliya tashkilotlari, shuningdek, 
faoliyat maqsadi
 
qishloq xo‘jalik kreditini rivojlantirish yoki uni 
o‘rganishdan iborat bo‘lgan mintaqaviy, milliy yoki xalqaro tashkilotlar 
KIKA a’zolari sanaladi. Ular sirasiga Fransiyaning «Kredi Agrikol», 
Niderlandiyaning «Rabobank», Germaniyaning «Doychegenossenshafts-
bank», Avstriyaning «Rayffayzensentralbank» kabi banklari va boshqa 
yirik hamda taniqli banklar kiradi. «Paxtabank» boshqaruvining raisi 
KIKA Markaziy qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi. 
Odatda, CAMEL reyting tizimida 5 komponentdan bir yoki ikki 
holatda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lish mumkin. Bankrotlikka yaqin, 
ya’ni muammoli banklar deb tan olingan banklar esa 5 yoki 4 ball 
oladilar va ular tez-tez tekshirilib turiladi. To‘g‘ri, 5 holatdan 4 tasida 
ham yuqori ko‘rsatkichga erishish hollari ham yo‘q emas, lekin bitta 
holatda ham yuqori ko‘rsatkichdan past bo‘lgan reyting bahosiga ega 
bo‘lganda umumiy reyting bahosi yuqori bo‘lmaydi. Respublika bank 
tizimida umumiy reyting bahosining eng ko‘pi 2 va 3 ta bo‘lib, bular 


478
«yaxshi» va «qoniqarli» faoliyat yurituvchi banklar qatoriga kiradi. 
Shunday qilib, bank faoliyatini baholashning «CAMEL» tizimi: 
bank faoliyatini oydinlashtirishga yordam beradi; 
bank hisobotlarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi; 
obyektni xalqaro audit kiritilishiga tayyorlaydi. 
 
Ushbu afzalliklar umumlashib, eng oliy maqsad, ya’ni bankni 
bankrotlikdan saqlab qoladi va shu orqali jismoniy hamda yuridik 
shaxslarning omonatlari, depozitlarining behudaga sarflanib ketishining 
oldini oladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin