Miqdoriy ko‘rsatkichlar
orqali baholash usuli asosan banklar
faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilib, ularga
quyidagilar kiradi:
aktivlar summasi;
472
depozitlar;
kreditlar;
o‘z kapitalining summasi;
daromad summasi.
Bu ko‘rsatkichlar orqali banklar faoliyati ommalashtiriladi.
Baholashning ommaviy axborot vositalari yordamida ikkinchi turi
sifat ko‘rsatkichlari
bo‘lib, ular bankning ishonchlilik darajasini
ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar turkumiga quyidagilar kiradi:
kapitalning yetarliligi;
aktivlar sifati;
daromadlilik darajasi;
bank likvidligi.
Chet el mamlakatlarida bank ishonchliligi hukumat tomonidan
nazorat qilinadi. Banklar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha bir qator
me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi nazoratda bo‘ladi.
[301]
. Jahon amaliyotida tijorat banklari faoliyatini baholashning bir
necha tizimi mavjud. Masalan, qator mamlakatlarda riskni baholash va
diagnostika uchun bir nechta tizimlardan foydalaniladi. Ularning ayrim-
lari mavjud muammolarni aniqlab bersa, ayrimlari joriy tavakkal-
chiliklar asosida kelgusida ehtimoliy yondashuvlar haqida ma’lumot
olish imkonini beradi.
Umuman bunday tizimlar quyidagi vazifalarni hal etadi:
kredit tashkilotlarini inspeksiya va masofadan monitoring
doirasida bir tizimga keltirilgan tarzda rasman baholash;
banklarni va muammolar mavjud bo‘lgan yoki paydo bo‘lishi
mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni identifikatsiya qilish;
nazorat idoralari resurslarini maqbul taqsimlash uchun
tekshiruvlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
nazorat organining o‘z vaqtida ish boshlashini uyushtirish.
62-jadvalda turli rivojlangan mamlakatlarda foydalanilayotgan
tizimlarni keltiramiz.
Tizimlar quyidagi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi:
tekshiruvlarning chuqurligi va davriyligi;
hisobotlar xususiyati;
boshqa haqqoniy manbalardan foydalana olish imkoniyatining
mavjudligi;
o‘tgan davrlardagi tanazzullar va bankrotlik holatlari haqidagi
statistik axborotlar;
|