62-jadval.
Erta diagnostika va riskni baholash
21F1
)
Mamlakat
Nazorat
organi
Tizim
Tizim joriy
qilingan yil
Tizim toifasi
Fransiya
Bank
komissiyasi
ORAP 1997
Masofadan
monitoring (MM)
Germaniya
Federal
nazorat organi
BAKIS 1997
Moliya
koeffitsiyentlari va
guruhlab tahlil
qilish tizimi
Italiya Italiya
banki
PATROL 1933
MM, baholashning
reyting tizimi
Niderlandiya
Niderlandiya
banki
RAST 1999
Riskni baholashning
yalpi tizimi
Angliya
Moliya
xizmatlarini
boshqarish
RATE 1998
Riskni baholashning
yalpi tizimi
AQSh
Barcha
nazorat
organlari
CAMELS
1978
Tekshiruv natijalari
bo‘yicha joyida
reyting berish.
texnik ta’minot darajasi;
pul va inson omili.
Xalqaro hisob-kitoblar bankida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra
diagnostika tizimini shakliy belgilariga qarab to‘rtta keng toifalarga
ajratish mumkin:
banklarni baholashning reyting tizimi;
moliyaviy koeffitsiyentlar va guruhlab tahlil qilish tizimlari;
bank riskini baholashning yalpi tizimlari;
statistik modellar.
Qator tizimlardan foydalanish, hech bo‘lmasa, ulardan bittasining
muammoli bankni aniqlab berishi ehtimolini oshiradi. Tizimlar sifatini
baholashda asosan kompyuter yordamida amalga oshiradilar. Ularning
ayrimlarida ekspert xulosalar asosiy o‘rin tutsa, boshqalarida kompyuter
dasturlarining hisob-kitoblari ustunlik qiladi.
[302]
. Reyting asosan, bankning yillik faoliyati natijalari asosida
beriladi. Banklarni baholash (audit)ning bugungi kunda xalqaro
amaliyotda o‘rin olgan usullaridan biri «CAMEL» reyting tizimidir.
1978 yilda AQSh banklaridan biri bo‘lgan «Sheshunoff Bank» ning
1)
Qarang: BPK, 2001, 12-son, 14-bet
474
ekspertlari bank faoliyatini quyidagi 7 guruh omillar asosida tahlil qilish
va baholash uslubini ishlab chiqdilar:
bankning o‘sishi (rivojlanishi);
bankning kategoriyasi (bank faoliyatining ma’lum guruhga
kirishi);
risk darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga investitsiyalar;
bankning ishonchliligi (uning «kapital» mavqeyi);
muammoli kreditlar summasi va tendensiyalari;
daromad manbalari, boshqa banklarga nisbatan umumiy
foydalilik;
yirik «beqaror» majburiyatlar bo‘yicha bankning darajasi.
Bank mutaxassislari ushbu omillarning barchasini muhim deb
bilgan holda, ulardan oxirgi 5 tasi (4, 7-chilari) ga alohida e’tibor
beradilar va ularning bosh harflari birlashtirilib «CAMEL» - omillar deb
yuritila boshlandi.
Shunday qilib, banklar faoliyatini baholashning «CAMEL» reyting
tizimiga asos solindi. Ushbu baholash uslubiga ko‘ra omillar
quyidagicha tavsiflanadi ( 63-jadval).
Ushbu besh tarkibiy qism aniqlangach, bankning yakuniy umumiy
reytingini belgilash imkoni tug‘iladi.
«CAMEL» reyting tizimining asosiy jihatlari quyidagilarda
ko‘rinadi:
«CAMEL» tizimi, ko‘proq masofaviy nazoratga asoslangan
yevropacha usuldan farqli o‘laroq, joyida tekshirishga asoslangan
bo‘lganligi sababli, banklarni tashqi audit qilishda juda ham qo‘l keladi.
Mazkur tizim AQSh tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishda
qo‘llaniladigan andozalashtirilgan reyting tizimi bo‘lib, aniq va
mukammal bo‘lganligi sababli, foydalanish uchun qulaydir.
Ushbu tizim orqali tijorat banklari moliyaviy mustahkamligining
asosiy komponentlari:
– kapitalning yetarliligi (S);
– aktivlar sifati (A);
– bank menejmenti (M);
– daromadlilik (E);
– likvidlik (L) tahlil etilishi natijasida bankning moliyaviy
mustahkamligini har tomonlama to‘laqonli tahlil qilish va baholash
mumkin.
|