Plyuralizm - olamning asosida ko‘p narsalar yotishi haqidagi g‘oyalarni ilgari suruvchi ta'limot.
Idealizm - olam va odamning yaralishi, yashashi va rivojlanish xususiyatlari, borliq hamda yo‘qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb bilish, mutlaqlashtirishdir.
Materializm - olam va odam, borliqning yashashi, rivojlanishi masalalarida modda (materiya) va uning xossalarini, mutlaqlashtirishdir.
Teizm - ilohiylikni mutlaqlashtirish.
Ateizm - dahriylikni mutlaqlashtirish.
Muayyan tarixiy davrlarda milliy asosdagi diniy mafkuralar davlat ideologiyasi darajasiga ko‘tarilgan. Zamonlar o‘tishi bilan ularning ayrimlari o‘z mavqyeini yo‘qotgan, lekin millat ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida saqlanib qolgan.
Ammo idealizm va materializm o‘rtasidagi bahs-munozara hamda ularni murosaga keltirishga intiluvchi dualizm g‘oyalari qadim zamonlardan buyon davom etib kelmoqda.
Hudo va ilohiy qadriyatlarni mutlaq rad etuvchi ateizm va aynan ana shu haqiqatlarni mutlaqlashtiruvchi teizm o‘rtasidagi bahs-munozara ham uzoq tarixga ega.
Olam va odamning yaralishi, borliqning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq hamda yo‘qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb bilish, mutlaqlashtirish idealizmning asosini tashkil qiladi.
Undan farq qiladigan materializm aynan ana shu masalalarda modda (materiya) va uning xossalarini ustuvor deb bilish, mutlaqlashtirish asosida shakllangan.
Muayyan tarixiy davrlarda ba'zi mafkuralar davlat ideologiyasi darajasiga ko‘tarilgan. Zamonlar o‘tishi bilan ularning ayrimlari o‘z mavqyeini yo‘qotgan, lekin millat ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida saqlanib qolgan. Xalq ulardan quvvat olgan, ma'naviy oziqlangan, ular orqali o‘z qadriyatlarini saqlagan.
Shu bilan birga bir-biridan farq qiladigan mafkuralar o‘rtasidagi bahs-munozara hamda ularni murosaga keltirishga intiluvchi g‘oyalar mavjudligi ham qadim zamonlardan buyon davom etib kelmoqda. Xuddi shunday bir-biridan farq qiladigan, ya'ni xudo va ilohiy qadriyatlarni tamomila rad etuvchi ateizm va aynan shu haqiqatlarni mutlaqlashtiruvchi teizm o‘rtasidagi bahs-munozara ham uzoq tarixga ega. Bu baxs-munozara hozir ham davom etmoqda.
Fashizm misoli g‘oya va mafkura insonparvarlik va taraqqiyot tamoyillarini, xalq taqdiridagi yuksalish zaruratini, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida aks ettirmasa, aksincha, bu intilishlarni rad etsa, mohiyatiga ko‘ra ularga zid bo‘lsa, u jamiyat tanazzuliga sabab bo‘lishini yaqqol ko‘rsatadi.
O‘z tarixini, asosan XIX asrdan boshlagan ana shunday mafkuralardan biri - sinfiy antogonizm g‘oyalarni mutloqlash-tirgan va hokimiyatni qurol kuchi bilan egallab olgan sobiq kommunistik tuzum mafkurasi edi. Sinfiy kurash g‘oyasi asosiga qurilgan va millionlab kishilar taqdirida mash'um iz qoldirgan bu mafkura jamiyatni bir-biriga zid taraflarga ajratib yubordi. Sinfiy kurash chizig‘i nafaqat ijtimoiy guruh va qatlamlar orqali, hatto oilalar va insonlar ruhiyati orqali ham o‘tkazildi. Oqibatda «grajdanlar urushi»ga nazariy poydevor qo‘yildi. Inson tabiatiga, uning mohiyati va ruhiyatiga zid bo‘lgan birodarkushlik holati yaratildi. O‘g‘il otaga, uka akaga, do‘st o‘z birodariga qo‘l ko‘tarishi yoqlab chiqildi, rag‘batlantirildi. Bular mardlik va sinfiy onglilik namunasi deb talqin etildi. Natijada milliy qadriyatlar toptaldi, millionlab kishilar halok bo‘ldi, butun-butun xalqlar o‘z vatanidan badarg‘a qilindi.
Yovuz g‘oya va unga asoslangan mafkuralarning eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri diniy aqidaparastlikdir. Bunday g‘oyalar muayyan davrlarda Farbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan, odamlarga ko‘pdan-ko‘p qabohatlar keltirgan. Afsuski, bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo‘yayotgan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda, muayyan hududlarni egallab olmoqda. Afsuski, bu g‘oyalar ortidan ergashadiganlar hozir ham bor. Ular bunday g‘oyalarga asoslanib tinch aholiga qarshi terrorchilik, zo‘ravonlik kabi jinoyatlarni amalga oshirmoqdalar, o‘z niyatlarini qabih harakatlar orqali namoyon qilmoqdalar. Keyingi 15 yil ichida aqidaparastlar terrori natijasida 140 ming kishi halok bo‘lgan Jazoir yoki 2001 yil kuzigacha 20 yildan ortiqroq urushni boshidan kechirgan Afg‘oniston bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Xullas, aqidaparstlik, qanday shaklda bo‘lmasin, hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdek xatarli bo‘lib, odamlar boshiga ko‘plab kulfatlar keltirayapti. Hozirgi davrda ham hamma narsani inkor etishga, hyech qanday ijtimoiy me'yor va qonun-qoidalarni tan olmaslikka da'vat etuvchi nigilizm, yoki ko‘p hollarda vatansizlikni mutlaqlashtiradigan kosmopo-litizm kabi mafkuralar turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Bulardan boshqa mafkuraning tarixiy shakllariga quyidagilarni ham kiritish mumkin: