Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Ilmiy g‘oya ilmiy bilishning birinchi shaklidir. Mafkura tushunchasi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə9/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Ilmiy g‘oya ilmiy bilishning birinchi shaklidir.
Mafkura tushunchasi: Jamiyat mafkurasiz bo‘lmaydi. Chunki har bir davlat mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yo‘lini tanlab olar ekan, o‘z taraqqiyot dasturi, qarashi, amalga oshirish tamoyillari, konsepsiyasiga ega bo‘lmasdan o‘z istiqbolini aniq ko‘ra olmaydi.
Har qanday nazariya yoki ta'limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e'tiqodning asosini ham g‘oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi.
O‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo‘llar va vositalar bilan erishmoqchi bo‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.
Mafkura (arab. - fikrlar majmui) - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat, jamiyat yoki davlatning manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.
Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlam-larning mafkurasi turlicha bo‘lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun'iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o‘ta siyosiylashadi, aholini o‘zaro qarama-qarshi qilib qo‘yadi.
Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko‘zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi.
Demak, mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g‘oyalari vositasida emas, shu g‘oyalarga erishish usullari va vositalari, umume'tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo‘ladi. O‘zining mudhish talab-ehtiyojlari va yovuz niyatlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni ko‘zlab harakat etuvchi mafkuralar halokatga mahkumdir.
Mafkuralar, ma'no-mohiyatiga ko‘ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta'limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin