Dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko‘tariladi. Bunga bashariyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom Fazzoliy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko‘rsatgan davr yorqin misol bo‘la oladi.
Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi deb tan olingan pragmatizm, hayot falsafasi bo‘lgan ekzistensializm kabi dunyoviy va diniy g‘oyalardan oziqlangan ta'limotlar misolida ham ko‘zga tashlanmokda.
Ilmiy kashfiyotlarham mafkura rivojiga katta ta'sir o‘tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o‘zgartirmoqda.
Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, Chernobil fojialari, ommaviy qirg‘in qurollari, ekologik halokatlar, ma'naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Shunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkura kerak.
Mafkura funksiyalari: a) baholash;
b) prognoz qilish;
v) bilish tashkil etadi.
Mafkura (g‘oya)ning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Ijtimoiy xarakterda.
Ilmiylik.
Haqqoniylik, hayot bilan bog‘liqlik.
Operativlik.
Ravshanlik, ommabop, emotsionallik.
Kurashchanlik.
Gumanizm.
Ijodiy xarakterda bo‘ladi.
Mafkura: Mustaqil dunyoqarash, erkin fikrlash, siyosiy faollik;
Milliy o‘zlikni anglash. Manbalarga qaraganda o‘zbeklar 3 ming yillikdan faqat 300 yildan oshiqroq davrda mustaqil yashagan.
Tarixiy xotiraga sadoqat.
Milliy qadriyatlarni rivojlantirish.
Milliy mentalitetga ega bo‘lgan xususiyatlarning rivojlanishida ijobiy va salbiy illatlar bor.