«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
Foya va mafkuralarning shakllari. Insoniyat tarixi turli g‘oyalarning ezgulik va yovuzlik, ozodlik va istibdod, ma'rifat va jaholatga xizmat qilgan mafkuralar shaklida namoyon bo‘lganidan dalolat beradi. Foya mafkuraga asos bo‘ladi, mafkura esa muayyan g‘oyani amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ibtidoiy hayot davrida mifologiyaga asoslangan diniy-ilohiy qarashlar asosidagi totemizm, animizm, fetishizm kabi g‘oyaviy tizimlar - mafkura shakllari bo‘lgan. Taraqqiyotning keyingi bosqichlarida milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik singari diniy mafkuralar shakllangan. Yaponlar esa o‘zlarining milliy dini - sintoizmni yaratgan.
Rim imperiyasi shakllangan dastlabki davrda xristianlik dini asta-sekin uning mafkurasiga aylandi. Demak, dastlabki mafkura shakllari quyidagilardan iborat bo‘lgan:
totemizm - indeetslar tilida «uning ruhi», hayvon, o‘simliklarga ishonish;
konfutsiylik - er.avv. 551-479, Xitoy ta'limoti, inson samo qudratiga bog‘liq;
sintoizm - yapoplar milliy dini;
xristianlik - mil.avv. I-III asrlarida Rim jamiyatida yoyilgan.
Olamning vujudga kelishi, mavjudlik qonuniyatlari, uning asosini nima tashkil etgani kabi masalalarni falsafiy talqin etish natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm singari oqimlar vujudga keldi.
Demak, g‘oya va mafkuraning dastlabki shakl va ko‘rinishlari:
Monizm - olamning asosi yagona, bitta deya ta'lim beruvchi yo‘nalish.