Odamzodning paydo bo‘lishi haqida juda ko‘p g‘oyalar ham mavjud:
1. Diniy qarashdagi g‘oya... (Ruhiy olam mavjudligi, uning oldin paydo bo‘l.).
2. Darvin ta'limoti... Bu ta'limot olimlar tomonidan haqiqatdan yiroqligi aytilmoqda.
3. Panspermiya (yerga tiriklik urug‘ining meteoritlar orqali kelgani) g‘oyasi o‘zining juda ko‘p tarafdorlariga ega. Bu qarashni asoslashga urinib bir necha kitoblar yozgan olim Erix fon Deniken o‘z taxminlarini qisqacha shunday bayon qiladi: Bizning yerimizga juda qudratli kelgindilar uchib kelishgan, ular bir juft yovvoyi ikki oyoqlini ushlashib, ular ustidan genetik tajriba o‘tkazishib, keyin o‘z hollariga qoldirishgan. Ulardan tug‘ilgan bolalar odamzod nasliga asos solgan. Shundan keyin kelgindilar bir necha marta yerga tushib, o‘z tajribalariga muayyan o‘zgartirishlar kiritishgan. Aftidan, bu jarayon hozir ham davom etayotir, deydi Erix fon Deniken.
4. Bundan tashqari, yana odamzodning yerda paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ko‘plab taxminlar mavjud. Ularning aksariyatida biz yerliklar ma'lum bir yulduzlardan kelib qolganligimiz «bashorat» qilinadi. Biroq eng oro‘li odamlarning bu boradagi, aytish mumkinki, yakdil xulosalari shunday: Odamzodning yerda paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muammolar hozircha ochiq qolayotir, aslida nima bo‘lgan, e'tirozlarga o‘rin qodirmaydigan aniq javob yo‘q. Izlanishlar esa davom etmoqda. («O‘zAS». 2001 yil 22 iyun).
5. Marksizm ta'limoti. Oldin materiya, keyin inson...
6. Idealistik ta'limot, oldin ruh, keyin materiya paydo bo‘lgan kabi va h.k.
Agar jamiyat taraqqiyotiga «Insoniyat tarixi - g‘oyalar tarixidir» degan tamoyil asosida nazar solinsa, XX asrda bu jihatdan davlatlarning 3 xil yo‘ldan borgan shakli rivojlanishi ma'lum bo‘ladi:
1) Muayyan g‘oya va mafkura mutlaqlashtirilgan (ideologi-zatsiyalashgan) davlatlardir. Bunda biron bir sinf, partiya yoki qatlamga oid mafkura mutlaq hukmronlik darajasiga ko‘tariladi, boshqa mafkura va qarashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zgacha qarashdagi kishilar yo‘q qilinadi, ularga xos g‘oya va mafkuralar ta'qiqlanadi. Sobiq ittifoq, ba'zi sotsialistik lager mamlakatlari va fashizm hukmron bo‘lgan davlatlar bunga misol bo‘ladi.
2) Yuqoridagi holning xalqlar va davlatlar boshiga nihoyatda katta kulfatlar keltirgani, fashizm va kommunizmning mohiyatan bir xil, ammo bir-biriga qarama-qarshi mamlakatlar hayotini butunlay qamrab olgani, oxir-oqibatda 1-2-jahon urushlarni keltirib chiqargani Farbdagi ko‘pgina mamlakatlarni boshqacha yo‘ldan borishga majbur qildi. Bu yo‘l siyosat o‘z yiliga - g‘oya o‘z yo‘liga, mafkura o‘z yo‘liga - davlat o‘z yo‘liga degan qarash (deideologizatsiya) asosida shakllandi. Ammo XX asrning 60-yillari oxirida kelib bu yo‘l ham to‘g‘ri emasligi, g‘oya va mafkurasiz millat, davlat va jamiyat hayoti halokatli bo‘lishi mumkinligi, jamiyatda umumiy bir g‘oyaviy tamoyillar lozimligi aniq bo‘lib qoldi.
3) Demokratiya, fikrlar rang-barangligi, vijdon erkinligi, inson huquqlari ustuvor bo‘lgan jamiyatda qanday qilib umumiy mafkuraviy tamoyillar bo‘lishiga erishish mumkin? degan savollar paydo bo‘ldi. Ana shu savollarga javob tariqasida ilg‘or demokratik davlatlarda g‘oyaviy taraqqiyoning zamonaviy yo‘li - reideologizatsiya tamoyillari asosida hayot kechirishga o‘tildi. Bunda biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilmaydi. Balki davlat bu sohada ham asosiy islohotchi sifatida ish yuritadi. U jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik, mushtarak maqsadlarga erishish uchun boshqa sohalar kabi g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham taraqqiyotning hamma uchun birdek ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy tamoyillariga butun jamiyat miqyosida amal qilishini kafolatlaydi. Bunda davlat mafkurachi emas, balki jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligi, qarashlar rang-barangligi uchun huquqiy-siyosiy kafolatlar, g‘oyaviy asoslar va mafkuraviy imkoniyat doimo mavjud bo‘lishini ta'minlaydi. (Ma'rifat, 2001 yil 18 iyul).
Demak, mafkuralar ma'no-mohiyatiga ko‘ra bunyodkor g‘oyalar va mafkuralar 1) falsafiy, 2) dunyoviy, 3) diniy ta'limotlar asosida yaratiladi. Turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |