2) Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O‘tmishdan qolgan buyuk madaniy boyliklarimiz, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan o‘rganish - bu prinsipning asosiy jihatidir.
Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «Milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «Fuqarolik burchi», «Yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalar ushbu mamlakatning bugungi kunda erishgan yuksak natijalarga poydevor bo‘ldi.
1.5-chizma
Fanni o‘qitishda alohida ahamiyat berish
lozim bo‘lgan jihatlar
Mashg‘ulotlarni olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish
|
|
Ta'lim-tarbiyaning ilg‘or, ta'sirchan vositalaridan, zamonaviy o‘qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish
|
|
|
|
Ta'lim jarayonida tazyiq o‘tkazmasdan ma'rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash ko‘nikmalariga e'tibor qaratish
|
|
Ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirishga, ta'limning eskicha uslublarini qo‘llash natijasida fanning qadr-sizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik
|
|
|
|
Yoshlarda g‘oyalar o‘z ma'no-mohiyatiga ko‘ra bunyodkor yoki vayronkor bo‘lishi haqida hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish
|
|
O‘qituvchi va tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik muhitini shakllantirish
|
|
|
|
Milliy istiqlol g‘oyasining insonparvarlik mohiyatini ko‘rsatish asosida mustaqillik eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa muqaddas burch ekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish
|
|
Mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda hyotiy misollar, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan voqyealar tahlilidan, matbuot materiallaridan keng foydalanish
|
Mafkuraviy mustaqillikka erishish ham taraqqiyotning muhim omillaridan biri. Mustaqillik mafkurasi, milliy uyg‘onish millatning o‘z tarixi va taqdirini chuqur tushunishi, milliy ongi o‘sishi, milliy qadr-qimmatini asrashi, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usi kuchayishi bilan bog‘liqdir. Yuksak milliy ong bo‘lmagan joyda to‘laqonli milliy mustaqillik ham, milliy mafkura ham bo‘lmaydi.
O‘zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o‘z yo‘li respublikani rivojlantirishning milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan quyidagi asosiy o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an'analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi.
Respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat - g‘oyat muhim xususiyatlardan biridir. Aholi tarkibida 60 foizdan ko‘prog‘ini bolalar, o‘smirlar, 25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil qiladi...
Respublikaning yana bir xususiyati - aholi milliy tarkibining o‘ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqyeini egallaydi.
Keyingi o‘n yillar mobaynida ma'lum qadriyatlarga ega bo‘lgan kishilarning mayyan ijtimoiy ongi shakllandi: a) ijtimoiy tenglik kafolatlandi; b) ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan mulkchilik munosa-batlari begonalashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Prezident Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida ta'kidlaganidek, «boshqariladigan iqtisod», «boshqariladigan demokratiya» deb atalmish modellar bizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi3. Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlab berganligi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: |