Foyalarning turlari. Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san'at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivoj-lantiradi. Ma'lum ma'noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.
Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan:
- diniy g‘oyalar; - ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar;
- ilmiy g‘oyalar; - milliy g‘oyalar;
- falsafiy g‘oyalar; - umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.
- badiiy g‘oyalar;
Diniy g‘oyalardeb, har bir diniy ta'limot va oqimning asosini, diniy iymon-e'tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Diniy g‘oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o‘zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya'ni iymon-e'tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi.
Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to‘g‘risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, hindlarning diniy tasavvurlariga ko‘ra, jon ko‘chib yuradi, bu hayotda u insonda bo‘lsa, keyingi hayotda boshqa jonzotga o‘tishi mumkin.
Ilohiy zotlar haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib monoteistik - yakkaxudolik g‘oyasi asosidagi dinlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan.
Yakkaxudolik g‘oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa jahon dinlari - xristianlik va islomda o‘z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi g‘oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan.
Ilmiy g‘oyalar- fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. Ilmiy g‘oyalar - ilm-fan sohasida biron bir sensatsion yangilikni ilgari surish orqali uni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi urinishlar.