3-VARIANT 1. Aholi kategoriyalari: doimiy va mavjud aholi, vaqtincha yashovchilar va vaqtincha yo’qlar. Doimiy va mavjud aholi o’rtasidagi bog’liqlik.6 ball.
2. Asosiy fondlarning balanslari. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari. 6 ball.
1-Misol. Mamlakatda YAIMning nominal qiymati bazis davrida 77750,6 mlrd.so’mni, joriy davrda amalda baholarda 96589,8 mlrd.so’mni va bazis davr bahosida 84137,5 mlrd.so’mni tashkil etgan. 6 ball.
YAIMning qiymati va fizik hajmi indekslari aniqlansin.
4-VARIANT 1. MHT schyotlari tizimi tarkibi, ularni tuzishning umumiy qoidalari. Institutsional sektorlar va MHT.6 ball.
2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy boylik tushunchasi va uni o’rganishning sotsial-iqtisodiy ahamiyati hamda statistikasining vazifalari. Aktiv va passivlar balansi ko’rsatkichlari. Moliyaviy aktivlar, ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar, aholining mulki. 6 ball.
1-Misol. Korxona asosiy kapitali ob’ektining qayta baholash paytidagi to’liq boshlang’ich qiymati 26 mln. so’m, uning qoldiq qiymati esa 18 mln. so’mga teng bo’lgan. Ushbu asosiy kapital ob’ekti umumdavlat tasnifiga ko’ra qayta baholash koeffitsienti (indeksi) 1,15 ga teng bo’lgan asosiy kapitallar guruhiga kiradi. 4 ball.
Asosiy kapital ob’ektining qayta baholash paytidagi to’liq tiklash qiymatini va qoldiq qiymatini aniqlang.
5-VARIANT 1. Aholi - statistik o’rganish ob’ekti sifatida. Aholi statistikasining informatsion ta’minoti: joriy hisob va aholi ro’yxati. 6 ball.
2. Asosiy kapital tushunchasi, ularni tarkibi va baholash turlari (boshlang’ich, qoldiq va tiklash qiymatlari bo’yicha). Asosiy kapitalning eskirishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari. 6 ball.
1-Misol. Mashinasozlik zavodining faoliyati hisobot yilda quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (joriy baholarda, mlrd.so’m): 5 ball.
Joriy yilda sotilgan tayyor mahsulot va yarim fabrikatlar
345
Sanoat xarakteridagi bajarilgan ishlar
64
Barter bo’yicha almashtirilgan tayyor buyumlar va yarim fabrikatlar
17
Korxonaning tsexlari o’rtasida mahsulot etkazish
112
Xodimlarga mehnat haqi sifatida natura shaklida berilgan mahsulotlar
3
Tugallanmagan ishlab chiqarish: - yil boshiga
- yil oxiriga
28
23
Tayyor mahsulotlar zaxirasi: - yil boshiga
- yil oxiriga
54
61
Joriy yilda mahsulotlarning yalpi ishlab chiqarish hajmi aniqlansin.