12-VARIANT 1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy boylik tushunchasi va uni o’rganishning sotsial-iqtisodiy ahamiyati hamda statistikasining vazifalari. Aktiv va passivlar balansi ko’rsatkichlari. Moliyaviy aktivlar, ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar, aholining mulki. 6 ball.
2. Xalq xo’jaligi balansi (XXB) va milliy hisoblar tizimi (MHT) o’rtasidagi farqlari va o’xshashliklari. MHTni yuritish zaruriyati. 6 ball.
1-Misol. Hudud asosiy kapitali hakida quyidagi ma’lumotlar berilgan (mln.so’m): 7 ball. 1. Asosiy kapitalning to’liq boshlang’ich qiymati, yil boshida1958,0 2. Yil boshiga asosiy kapitalning eskirish darajasi,%25,0 3.Yil davomida sotib olingan asosiy kapital 436,6 4.Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning to’likboshlang’ich kiymati218,0 5.Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning qoldik kiymati18,0 6.Yillik amortizatsiya qiymati 195,0 7. Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 3032,6 Asosiy kapitalning holati va harakati ko’rsatkichlarini aniqlang hamda asosiy kapital balansini tuzing. 13-VARIANT 1. Mehnat unumdorligi to’g’risida tushuncha va uni statistik o’rganishning ahamiyati. Mehnat unumdorligining darajasi va dinamikasini aniqlash ko’rsatkichlari.6 ball.
2. Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi. 6 ball.
1-Misol. O’z faoliyatini 10 mayda boshlagan firmaning ishchilari soni ro’yxat bo’yicha 10-21 mayda - 220 kishi, 22-25 mayda - 210 kishi, 26-31 may kunlari - 205 kishidan iborat bo’lgan. Shuningdek, firma ishchilarining ro’yxatdagi o’rtacha soni:iyun oyida210 kishini, III chorakda225, oktyabr oyida245 kishi, noyabroyida 240 kishini, dekabroyida 242 kishini tashkil etgan. 7 ball. Firma ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni may oyiga, II chorakka, 1yarim yillikka, IV chorakka, II yarim yillikka, yil bo’yicha aniqlansin.