Gruntning suvga to’la to’yingan holatdagi zichligi quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:
t = d + n . (2.10)
Loyihalash ishlarida ko’pincha grunt tarkibiy qismlarining yoki tuzilish holatlarining solishtirma og’irliklari ishlatiladi. Bu ko’rsatkichlar mos ravishdagi zichliklarni erkin tushish tezlanishi g = 9,81 m/s2 ga ko’paytirib aniqlanadi. Ushbu ma‘lum qoidaga ko’ra: gruntning solishtirma og’irligi = g; qattiq zarrachalarining solishtirma og’irligi s= gs; skeletining solishtirma og’irligi d = gd; gruntning suvga to’la to’yingan holdagi solishtirma og’irligi t = gt; suvning solishtirma og’irligi = g .
Suvga to’la to’yingan gruntlarning holatini baholashda, grunt skeletining suvdagi muallaq holatiga mos keladigan solishtirma og’irligi, Arximed qonuniga ko’ra quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
d,ef = t - (2.11)
(2.11)-ifodani shuningdek, quyidagi ko’rinishlarda ham yozish mumkin:
d,ef = (s - ) / (1+e) ёки d,ef = (s - ) / (1-n) (2.12)
Sochiluvchan gruntlarning holatini baholashda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadigan va gruntning zichlanish koeffitsienti deb ataladigan ko’rsatkich ham ishlatiladi:
Id = (emax - e) / (emax - emin ) (2.13)
bunda emax, emin – gruntning sochilgan va zichlangan holatiga mos keladigan eng yuqori va eng kam g’ovaklik koeffitsientlari; e - grunting tabiiy holatidagi g’ovaklik koeffitsienti.
Zichlanish koeffitsientining miqdoriga bog’liq holda sochiluvchan gruntlarning quyidagi uch xil holati bir-biridan farqlanadi:
g’ovak holatdagi gruntlar -------------------- 0 ID 0,33
o’rtacha zichlikdagi gruntlar -------------------- 0,33 ID 0,67
zich holatdagi gruntlar ---------------------- 0,67 ID 1
Gruntlarning zichlanish darajasi ularning namligiga ham ko’p jihatdan bog’liqdir. O’zgarmas (standart) zichlovchi ta‘sirlarda grunt skeleti zichligining eng katta qiymatiga ega bo’lish imkoniyatini beradigan namlanish gruntning optimal namligi deyiladi. Bu ko’rsatkichning qiymatlari har bir grunt turi uchun tajribalar yordamida o’rnatiladi. Optimal namlikning qiymatlari mayda zarrachali va changsimon qumlarda 8...14 %; qumoq tuproqda 9...20 %; sog’ tuproqlarda 12...20 %; gil tuproqlarda esa 16...30 % oraliqlarda o’zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |