Nazorat savollari:
1.Gruntlar fizikaviy xossalarining tajribalar yordamida aniqlanadigan asosiy ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
2.Grunt qattiq zarrachalarining zichligi tushunchasi va uni aniqlash usullarini eslang.
3.Gruntning tabiiy holatdagi zichligi va namligi qanday aniqlanadi?
4.Grunt skeletining zichligini aniqlash ifodasini keltirib chiqaring.
5.Gruntning g’ovakligi va g’ovaklik koeffitsienti deganda nimani tushunasiz?
6.Gruntning namlanish darajasi qanday aniqlanadi?
7.Gruntning suvga to’la to’yingan holatdagi zichligini aniqlash ifodasini eslang.
8.Gruntning suvdagi muallaq solishtirma og’irligi qanday aniqlanadi?
9.Sochiluvchan gruntlarning zichlanish koeffitsienti deganda nimani tushunasiz?
10.Sochiluvchan gruntlarning zichlanish koeffitsienti bo’yicha turlarini eslang.
11.Gruntlarning optimal namligi deganda nimani tushunasiz?
3. SUV TA‘SIRIDA BO’LGAN GRUNTLARNING
FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI
Reja:
3.1. Umumiy ma‘lumotlar
3.2. Gruntlarning plastikligi va konsistentsiyasi
3.3. Gruntlarning quyqalanishi va namlik ta‘siridagi deformatsiyalanishi
Adabiyotlar: 6, 7, 8, 9.
3.1. Umumiy ma‘lumotlar
Suv ta‘siridagi inshootlarning poydevorini loyihalashda ularning zaminidagi gruntlarning bir qancha eng muhim fizikaviy-kimyoviy xossalari ham inobatga olinadi. Gruntlarning plastikligi, qovushqoqligi, quyqalanishi, namlik ta‘sirida bo’rtishi va qurish jarayonida hajmining kamayishi shunday xossalar jumlasiga kiradi.
Bu xossalar grunt tarkibining miqdoriy ko’rsatkichlaridan tashqari, qattiq zarrachalarning mineralogik tarkibi, ularning disperslik (maydalanganlik) darajasi, zarrachalar sirtining holati va suvga nisbatan faolligi, tarkibiy qismlarning o’zaro joylashuvi, qattiq zarrachalar, suv va havo orasidagi o’zaro bog’lanish singari bir qancha fizikaviy-kimyoviy omillarga bog’liqdir. Shu sababli, ular fizikaviy-kimyoviy xossalar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |