2.Gilli gruntlarning oquvchanlik va uvalanish chegaralaridagi namliklari haqidagi tushunchangiz va ular qanday aniqlanadi?
3.Gruntlarning plastiklik soni nima?
4.Qumok, sog’ va gil tuproqlarda plastiklik soni qanday chegaralarda o’zgaradi?
5.Gilli gruntlarning konsistentsiya ko’rsatkichi qanday aniqlanadi?
6.Konsistentsiya ko’rsatkichi bo’yicha sog’ va gil tuproqlar qanday holatlarda bo’lishi mumkin?
7.Gruntlarning quykalanishi va kovushkokligi haqida qanday tushunchalarga egasiz?
8.Gruntning namligi uvalanish chegarasidagi namlikdan kichik bo’lsa, u qanday holatda bo’ladi?
9.Gruntning namlik oshishi natijasida bo’rtishi qanday ko’rsatkich bo’yicha baholanadi?
10.Gruntning nisbiy kirishish koeffitsienti qanday aniqlanadi
Reja: 4.1.Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari 4.2.Gruntlarning deformatsiya modulini zichlanish ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlash 4.3.Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi 4.4.Gruntlarning siljishga qarshiligi
Adabiyotlar: 7, 8, 9.
Poydevor zaminidagi gruntlar o’zining xususiy og’irligi va inshootdan uzatiladigan yuklar ta‘sirida, ma‘lum darajada zo’riqgan holatda bo’ladi. Gruntning xususiy og’irligidan hosil bo’ladigan bosim tabiiy bosim deyiladi. Chuqurlik oshgan sayin bu bosimning qiymati ham ortib boradi.
Inshootdan uzatiladigan yuklar zamindagi gruntda qo’shimcha bosimni yuzaga keltiradi. Tabiiy va qo’shimcha bosimlar ta‘sirida grunt qatlamlarida normal() va urinma() kuchlanishlar hosil bo’ladi. Normal kuchlanishlar gruntning zichlanishiga, urinma kuchlanishlar esa grunt qatlamlarining o’zaro siljishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ma‘lumki, grunt zarrachalari tishlashish yoki ishqalanish kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Agar normal va urinma kuchlanishlar zarrachalar orasidagi bog’lanish kuchlaridan katta bo’lsa, zarrachalarning o’zaro siljishi yoki surilishi hisobiga deformatsiyalanish (zichlanish yoki siljish) sodir bo’ladi.
Deformatsiyalanishi bo’yicha gruntlar elastiko-plastik jismlar turiga kiradi. Grunt zarrachalari, ularning sirtidagi bog’langan suv va qamralgan havo elastik deformatsiyalanadi. Plastik (qoldiq) deformatsiyalanish, asosan gruntdagi g’ovaklar hajmining kamayishi hisobiga sodir bo’ladi. Bunda, g’ovaklardagi suv yoki havo pufakchalari qisman yoki butunlay siqib chiqarilishi mumkin.