2. GRUNTLARNING FIZIKAVIY XOSSALARI
Reja:
2.1.Umumiy ma‘lumotlar
2.2.Gruntlar fizikaviy xossalarining asosiy ko’rsatkichlari
2.3.Gruntlar fizikaviy xossalarining hosilaviy ko’rsatkichlari
Adabiyotlar: 7, 8, 9, 11.
2.1. Umumiy ma‘lumotlar
Gruntlarning fizikaviy holatini baholashda tajribalar yordamida aniqlanadigan asosiy va hisoblab topiladigan hosilaviy ko’rsatkichlar ishlatiladi. Qattiq zarrachalarning zichligi, gruntning tabiiy holatdagi (bo’zilmagan tuzilishdagi) zichligi va namligi asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Quruq holatdagi gruntning (grunt skeletining) zichligi, gruntning g’ovakligi, g’ovaklik koeffitsienti, namlanish darajasi va gruntning suvga to’la to’yingan holatdagi zichligi hosilaviy ko’ratkichlarga kiradi. Ular asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha hisoblab topiladi.
2.2. Gruntlar fizikaviy xossalarining
asosiy ko’rsatkichlari
Odatda gruntlar ma‘lum massalarga ega bo’lgan qattiq zarrachalar va suvdan hamda massasi nolga teng bo’lgan havodan tashkil topadi (2.1 – rasm, a). Ba‘zi hollarda havo o’rnini suv egallashi (suvga to’la to’yingan gruntlarda) yoki aksincha, suv o’rnida havo (batamom quritilgan gruntlarda) bo’lishi ham mumkin. Biror-bir sinaladigan namunadagi mineral qattiq zarrachalarning massasi ms, hajmi Vs, gruntdagi g’ovaklar hajmi V0, bu g’ovaklardagi suvning massasi mw bo’lsin. Ushbu tarkibiy qismlarning miqdorlari va nisbatlari gruntning fizikaviy holatini bevosita aniqlab beradi.
Grunt qattiq zarrachalarining zichligi zarrachalar massasini ularning hajmiga bo’lib aniqlanadi:
s = ms/ Vs . (2.1)
Gruntning tabiiy holatdagi zichligi deb grunt namunasi massasining uning hajmiga nisbati tushuniladi:
= ( ms + m)/( Vs + Vo) . (2.2)
2.1 – rasm. Gruntlarning umumiy to’ziliishi (a) va tarkibining shartli (b) sxemalari: 1 – qattiq zarrachalar; 2 – suv; 3 – havo.
Namunadagi suv massasining qattiq zarrachalar massasiga nisbati gruntning namligi deyiladi:
= m / ms . (2.3)
Grunt qattiq zarrachalarining zichligi ularning mineralogik tarkibiga bog’liqdir. Shu sababli, zarrachalarning zichligini aniqlashda, minerallarning suyuqlikda (masalan, suvda) eruvchanlik xususiyatlarini ham inobatga olish lozim. Grunt zarrachalarining zichligi odatda piknometrik usul bo’yicha aniqlanadi. Qum, graviy, shag’al singari sochiluvchan gruntlar zarrachalarining zichligini tezkor usulda baholash uchun Le-Shatele asbobidan ham foydalanish mumkin.
Tajribalarda zarrachalarning hajmi ular tomonidan siqib chiqariladigan suyuqlik hajmi asosida o’rnatiladi. Odatdagi gruntlar zarrachalarining zichligini aniqlashda distillangan suvdan, sho’rlangan yoki minerallari suvda eriydigan gruntlarni sinashda esa kerosin yoki benzindan foydalanish tavsiya etiladi. Zarrachalar hajmini aniqlashda gruntdagi qamralgan havo pufakchalarini chiqazib yuborish uchun, piknometrdagi grunt-suv aralashmasi qaynatilishi (15...20 daqiqa davomida) yoki vakuum ostida ushlab turilishi lozim.
Gruntning namligi va zarrachalarining zichligini aniqlashda mustahkam bog’langan (gigroskopik) suvni grunt tarkibidan haydab chiqazish uchun uni 100... 105o S harorat ostida o’zgarmas massaga ega bo’lguncha quritish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |