Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi. Sof qum, tosh yoki shag’aldan tashkil topgan gruntlarning mustahkamligi, asosan ularning qattiq zarrachalari orasidagi ichki ishqalanish kuchlariga bog’liqdir. Chunki, zarrachalar orasidagi bog’lanish (tishlashish) kuchlari bunday gruntlarda juda kichik va ularning ta‘sirini inobatga olmasa ham bo’ladi. Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi (siljishga qarshiligi) asosan ularning g’ovakligiga bog’liqdir. Sof sochiluvchan gruntlar uchun с = f(p) bog’lanishining grafigi 4.6 – rasm (a) da ko’rsatilgan va uning analitik ko’rinishi quyidagicha:
с = p tg , (4.20)
bu yerda tg = f – ishqalanish koeffitsienti; - ichki ishqalanish burchagi.
(4.20)-bog’lanish 1773-yilda frantsuz olimi Sh.Kulon tomonidan o’rnatilgan bo’lib, siljishga qarshilik va normal kuchlanishlar orasida to’g’ri mutanosiblikni tavsiflovchi ushbu bog’lanish Kulon qonuni deb ataladi.
Sochiluvchan gruntlarning tarkibida ko’pincha, chang va gil singari mayda zarrachalar ham mavjud bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, grunt qattiq zarrachalarining qisman tishlashishiga olib keladi. Agar bunday gruntni sinash natijalari bo’yicha с = f(p) bog’lanishining grafigi qurilsa, u 4.6-rasm(b) dagi kabi ko’rinishga ega bo’ladi. Ushbu bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:
с = p tg + се , (4.21)
bu yerda се – zarrachalar orasidagi bog’lanish miqdorini baholovchi solishtirma tishlashish kuchi.
4.6 – rasm. Gruntlarniing siljishga qarshilik bog’lanishlari: a – sof sochiluvchan gruntlarda; b – chang va gil aralashmali sochiluvchan gruntlarda; с – gilli gruntlarda
Tajribalarning ko’rsatishicha, zarrachalari kuchsiz bog’langan sochiluvchan gruntlarda se ning qiymati asosan ularning g’ovakligiga bog’liqdir. Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi ularning namlanish darajasiga bog’liq emas.
Dostları ilə paylaş: |