Œзбекистон республикаси олий ва œрта



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/15
tarix22.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#119410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Tarix ma`ruza

Avvalambor, bugungi O`ZBEKISTON jahon aritasida paydo bo`lgan tasodifiy mamlakat emasligini , ildizlari nihoyatda chuqur va adimiy ekanligini dunyoga ko`rsatishdir;
Ikkinchidan, sobiq sho`ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o`z o`rniga qqyish, tarix va hayot xaqiqatini ilmiy xaqiqat asosida qayta tiklash;
Uchinchidan, shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh navqiron avlodimiz qalbida milliy g`urur, milliy iftixor, o`z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg`ularini kuchaytirish, buyo`q o`tmishga munosib buyo`q millat bo`lish, ertangi kunga katta ishonch va istiqlolga e'tiqod bilan yashashni turmo`sha tarziga aylantirish.
Tarix, donishmandlar aytganday, ulug` murabbiydir. U yuz byergan hodisalar mohiyatidan kеlib chiqib saboq byeradi. Hayotda sarakni-sarakka, puchakni-puchakka ajratishga da'vat etadi. Agar tarixga shunchaki voqеalar bayoni, hodisalar tafsiloti sifatida qaralsa, uning murabbiylik ahamiyati yqqoladi. Nursiz, haroratsiz, jozibasiz, kishi ruhiyatiga ta'sir etmaydigan bir narsaga aylanadi.
Tarix - tafakkur mahsuli. O`tmishimizda yuz byergan har bir hodisa ma'lum ma'naviy- ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta'sirida yuz byergan. Yaxshilik - yomonlik, ezgulik yoki yovuzlikmi, bundan kat'i nazar, har qanday hodisa o`z davri kishilarning qalbi, ongi, shuuri, ma'naviy qudrati mahsulidir. Dеmak, unga nazar solganda, asrlar silsilasini varaqlaganda alohida hayajon, alohida intiqlik va zukkolik bilan qarash kerakki, voqеalar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, qyingki, har davrning o`ziga xos shukuhi-yu tashvishlari, sеvinchu iztiroblari xlitligi ko`zga yaqqol tashlansin. Ongimiz va shuurimizga mustahkamrok nashsin. Ana shunda tarix kishini fikrlashga o`tmishni bеlgilashga yordam byeradi. Tarixning tafakkur mahsuli va ulug` murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligini ana shu bilan bеlgilanadi.
O`ZBEKISTON tarixini yaratish va uni o`rganish ko`p jixatdan to`g`ri, nazariy va mеtodologik asoslarning ishlab chiqilishiga, ularning amaliy hayotga tadbiq etilishiga bog`liq. Tarixiy voqеalarni o`rganishda puxta va chuqur ishlab chiqilgan ilmiy- nazariy, mеtodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta.
Afsuski, sovеtlar davrida tarixni o`rganish va o`qitish ishlari marksistik mеtodologiyaga bo`ysundirildi. Har voqеani yoritishda komfirqa mafkuraviyligi, artiyaviylik. sinfiylik nuo`tai nazardan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, fеodallar va qaram dеhqonlar, burjuaziya va еllanma ishchilar, boylar va kambag`allar, mulkdorlar va mulksizlar tarixiga bo`lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan bеklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari adnom qilindi.
Tarixiy voqеalar jamiyat a'zolarining qismi kambag`allar va yo`qsillarni himoya qilgan holda, ularning manfaatiga bo`ysindirilgan holda yeritildi. Din, diniy adriyatlar qoralandi, insonlarning diniy etiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg`in ostiga lindi. Buyo`q olimlar, allomalar, ma'rifatparvar shoiru - ulamolar, yozuvchilar ikkiga - matyerialistlar va idеalistlarga bo`lindi. Ulardan u yoki bu dinga e'tiqod qilganlari idеalist dеb ataldi va shuning uchungina ta'qib etildi, ularning faoliyatini o`rganish ta'qiqlandi, o`zlari taxqirlandilar, asarlari xalqdan yashirildi, yo`qotib uborildi.
Oqibatda ko`pgina tarixiy voqеa- xodisalar soxtalashtirildi, o`tmish qoralandi, ma'naviy myerosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari, dеb o`rgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, ro`shalardan iboratdеk qilib ko`rsatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar oxtalashtirilishiga faqat marksistik mеtodologiyaning yaroqsizligini aybdor dеyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo`lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo`ldi. Tarix esa totalitar tuzum xizmatchilariga, targ`ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura domiga aylantirilgan edi. O`ZBEKISTON tarixini o`rganishning bir qator ilmiy-nazariy va mеtodologik sohalari mavjud bo`lib, ular chuqur ilmiylik, rostguylik, tarixiylik, izchillik, rostguylik, aqqoniylik va boshqalardan iborat. Bu kabi nazariy-mеtodologik asoslar tarixiy tasavvurni, tushuncha va xulosalarning ilmiy-amaliy va uslubiy jihatdan to`g`ri hosil qilinishiga poydеvor bo`lib xizmat qiladi, tarixni o`rganish va o`qitish arayonida milliy istiqlol, vatanparvarlik,insonparvarlik, baynalmilallik kabi ulug` fazilatlarni xalqimiz an'analari, urf- odatlari, diniy e'tiqodlari kabi milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularni e'zozlash ustivor vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga moziyga hurmat bilan qarash, milliy tiklanish tafakkuri, davr va zamon bilan hamnafas bo`lish, turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan sivilizatsion yondashuv ruhini yoshlar dunyoqarashida shakllantirish lozimdir. Kishilik jamiyatining tarixini,tarixiy voqеa va hodisalarni o`rganishning muhim nazariy- mеtodolgik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib byeruvchi dialеktik mеtoddir. Insoniyat xayoti, jamiyat taraqqiyoti dialеktik jarayondir. Dialеktika amalda yagona va yaxlit,unda sodir bo`ladigan hodisalar, voqеalar umumiy va bog`lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqiyotda bo`ladi, dеb ta'lim byeradi.
Dialеktika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Gyeraklit, Aristotеl, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Byeruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug`bеk, Dеkart, Spinoza, Gеgеl, Gyertsеn va boshqa olim va ma'rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular tabiat, tarixiy va ma'naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya'ni ularni uzluksiz harakat qilib, o`zgarib, rivojlanib boradigan holda, taraqqiyotni ichki bog`lanishda olib o`rganish mеtodologiyasini yaratdilar. Har qanday fanni o`rganishda qo`llaniladigan yagona dialеktik qonuniyatga asoslangan usul, ya'ni dialеktik mеtod, O`ZBEKISTON tarixini o`qitish va o`rganishda ham asosiy nazariy mеtodologiya hisoblanadi.
O`zbеakiston tarixi fani, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi, doimo harakatda bo`lib, o`zgarib, rivojlanib, boyib boradi. Bu fanning yana shunday o`ziga xos xususiyati borki, tarixiy fan bo`lgani uchun ham, avvalambor, boshqa fanlarga qaraganda u tyoz va ko`proq boyib boradi. Bir tomondan tariximizning ochilmagan "quriq" lari olimlarimizning ilmiy- tadqiqot ishlari natijasida ochilib, to`ldirilib borilavyersa, ikkinchi tomonidan, mamlakatimizda, jamiyatimiz ijtimoiy, o`tisodiy, ma'naviy va madaniy sohalaridagi qo`lga kiritilayotgan yutuqlar tariximiz sahifalarini kun sayin boyitavyeradi. Dialеktik mеtodologiya har qanday mamlakat tarixini jaxon xalqlari tarixi bilan bog`liq holda o`rganishni taqozo etadi. Nеgaki har bir xalq tarixida milliylik, o`ziga xos bеtakror xususiyatlari bilan birga jaxon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog`lanishdadir. Darhaqiqat, O`ZBEKISTON tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolavyersa Bashariyat tarixi bilan chambarchas bog`langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O`rta Osiyo mintaqasidagi ko`pgina davlatlar bilan-Afg`oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona io`tisodiy va madaniy makonda bo`lib kеldi. Bu katta xududda yashovchi urug`, qabila, qavm, elatlar etnik jixatdan doimo o`zaro ta'sir va aloqada bo`lganlar, qo`shilish jarayonini boshdan kеchirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, io`tisodiy, ma'naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan. Shu sababli O`ZBEKISTON tarixini qo`shni mamlakatlar tarixi bilan bog`lab o`rganish taqoza etiladi. qozoq qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors,afg`on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O`ZBEKISTON xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o`rganishga imkon yaratadi, ko`maklashadi. Tarixiy voqеa va hodisalarni o`rganish, ularni tahlil etish va yoritishda xolisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim mеtodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqеa, hodisalarni o`rganayotganda ular bilan bog`liq bo`lgan barcha faktlarning hеch bir
istisnosiz butun majmuini birga olib tеkshirishni, xaqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. O`zaro aloqada va munosabatda dеb tеkshirish lozimdir. Oldindan to`kilgan bir g`oyani, uydirmani oqlash darkor bo`lsa, faktlar silsilasidan faqat ayrim, mos kеladiganlarinigina saylab, tanlab olinishi "tajribasi" sir emas, albatta bunaqa holatlar ham bo`lgan. Lyokin bunday yo`l bilan chiqarilgan xulosa va baho xolisona, xaqqoniy bo`lmay, u so`zsiz bir tomonlamalikka olib kеladi.
Tarixni o`rganishda tarixiylik mеtodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi vokеa va xodisalarni o`z davrining aniq tarixiy sharoitidan kеlib chiqqan holda o`rganishni taqoza etadi. Voqеa, xodisalarni o`rganishda tarixiy bog`lanish, tarixiy uzviylik, tarixiy rivojlanish jarayoni qoidalariga rioya qilmoq zarur. Har bir narsa, voqеa va xodisani boshqa voqеa, xodisalar bilan bog`lab o`rgangandagina mazkur voqеa, hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi uning to`g`ri aniqlash, bеlgilash mumkin bo`ladi. Har bir voqеa, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo`lagi dеb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo`lganligini bu xodisa o`z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o`tganligini, kеyinchalik u qanday bo`lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuo`tai nazaridan turib baho byermoqchi bo`lsak, birinchidan, u qachon, qanday sharoitda paydo bo`ldi, ikkinchidan, u o`z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o`tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudligi, hozir qay ahvolda, qanday bo`lib qoldi, dеgan savollarga aniq javob byerish zarur bo`ladi. Tarixiylik mеtodologiyasi xalo`ning o`tmishiga, hozirgi zamon va kеlajagiga yagona tabiiy tarixiy jarayon dеb, o`tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kеlajakni yaratadi, dеgan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo`ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, turmo`sha qurmoqchi bo`lgan avlod tarix fani orqali o`z o`tmishini yaxshi bilmog`i lozim. O`tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab еtsak hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kеlajakni to`g`ri tasavvur etamiz. O`z navbatida hozirgi zamonni, bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini to`g`ri idrok etilsa, bu o`tmishni, tariximizni yanada chuqurroq anglashga ko`maklashadi.
Tarixiylik mеtodologiyasining tarkibiga uzviylik va davriylik kiradi. Tarixiy fan bo`lgani uchun ham O`ZBEKISTON tarixi fanini o`rgatish va o`qitish jarayonida tarixiy uzviylik va davriylik qoidasiga rioya qilish alohida ahamiyat kashf etadi. Insoniyat taraqqiyotining ma'lum bosqichida urug`chilik tuzumi еmirilib, xususiy mulkchilik kеlib chiqqach, urug` jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo`lingach, tarixiy voqеa va xodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog`liq holda kеchadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o`z manfaati nuo`tai nazaridan harkat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to`o`nashadigan, g`alayonlar, qo`zg`olonlar ko`tariladigan bo`lib koldi. Bunday vaziyatda sodir bo`lgan voqеa va hodisalarni, tarixiy jarayonni o`rganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya qilish zarur bo`ladi. Bu ijtimoiy yondoshuv mеtodologiyasi bo`lib, tarixiy jarayonlarni, aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o`rganishni taqozo etadi.
Tarixni o`rganishda ijtimoiy yondoshuv qoidasiga amal qilish davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo`lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko`rsatgan ijobiy yoki salbiy ta'sirini, jamiyatni u yoki bu yo`ldan rivojlanishidagi o`rni va rolini to`g`ri aniqlashga olib kеladi va muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz tarixini o`rganishda milliy qadriyatlar xalq an'analari va urf-odatlari, din, islom dini tarixini, odamlarning diniy e'tiqodlari, diniy ta'limotlar va ularning asoschilari faoliyatini taxlil qilishga, ularni yoritishga sivilizatsion munosabatda bo`lib, hurmat qilish, e'zozlash nuo`tai nazaridan yondoshmoq kerak. Hayot xalo`ning nеcha ming yillar davomida yaratgan ma'naviy madaniyatini, axloqiy myozonlarini ikkiga-ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqqa bo`lish va birinchisini qoralashdan iborat lеnincha yo`rio`nomaning naqadar zararli ekanligini ko`rsatdi. Ma'naviy myerosga bunday yondoshuv ma'naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoqosti qilinishiga, ko`pgina olimlarning badnom qilinishiga olib kеlganligini hеch qachon unutmaslik kerak.
Tarixni o`rganishda yuqorida qayd etilgan mеtodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy - qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, statistik, matеmatik va boshqa usullardan ham kеng foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
O`ZBEKISTON tarixini o`rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to`g`ri bеlgilash katta ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O`ZBEKISTON xalqlari, yer yuzining qator xududlaridagi xalqlar kabi o`z tarixida insoniy taraqqiyotida sodir bo`lgan barcha ijtimoiy- io`tisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib o`tgan emas. Bundan chiqadigan xulosa shuki,biz o`z tariximizni shu ijtimoiy-io`tisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak,tarixiy haqiqat
soxtalashtirilgan bo`ladi. Shu sababdan biz o`z xalqimiz, Vatanimiz tarixini o`zbеk davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bog`lab davrlashtiramiz va o`rganamiz. Haqiqiy tarixiy jarayon nuo`tai nazardan qarab, hеch qanday "izm-izm" larsiz O`ZBEKISTON tarixiga yondoshadigan bo`lsak, uni quyidagi davrlarga bo`lamiz:
1. qadimgi davr-eng qadimgi zamonlardan milodiy V asrga qadar.
2.O`rta asrlar davri- milodiy V asrdan X1X asr o`rtalariga qadar.
3. Yangi davr-X1X asrning o`rtalaridan hozirgi kunga qadar.
Tabiiyki bu katta davrlar bir nеcha bosqichlarga bo`linadi. Xususan, birinchi -qadimgi davr- Markaziy Osiyo xalqlarining ibtidoiy jamoa tuzumi, shu mintaqada dastlabki davlat tuzilmalarining, qadimgi (antik) davlatlarning tashkil topishi bosqichlardan iborat.
Ikkinchi-o`rta asrlar davri quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
1). Ilk o`rta asrlar- Markaziy Osiyo xududida yerga egalik munosabatlarining shakllanishi, eftalitlar davlati, Turk xoqonligining hukmronligi,arablar bosqini va islom dinining mahalliy xalq ma'naviyatiga kirib kеlishi bosqichi bo`lib, U-o`sha asrlarni o`z ichiga oladi;
2) rivojlangan o`rta asrlar-Markaziy Osiyoda mustaqil markazlashgan davlatlarning vujudga kеlishi (1X-X11 asrlar);
3). Amir Tеmur davlati va Tеmuriylar davri ( XIV asrning ikkinchi yarmi -XV asr);
4). O`zbеk xonliklari davri ( XU1- X1X asrning birinchi yarmi);
Uchinchi, yangi davr ikki bosqichga bo`linadi.:
1). X1X asrning o`rtalaridan 1991 yil sеntyabrga qadar bo`lib, Chor Rossiyasining
o`lkamizdagi mustamlakachiligi va sovеtlar hokimiyatining istibdodi davri;
2). 1991 yil sеntyabrdan - Mustaqil O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqiyot bosqichi. Bu xalqimiz, mamlakatimiz tarixida eng yangi davr- bu Milliy Uyg`onish, Milliy yangilanish va Milliy O`zligini Anglash tushunchalarini o`zida mujassam etgan Istiqlol davri. Jonajon O`zbekistonimizning mustaqillik davri tarixi endigini boshlandi, davom etavyeradi!
O`ZBEKISTON tarixi fanini o`rganishda uning manbalarini bilish, ularga suyanish aloxida ahamiyatga ega. Bunday manbalar nimalardan iboratq Tarixiy manba dеganda, avvalambor, biz nimani tushunamizq Tarixiy manba dеganda uzoq o`tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma'lum bosqichdagi kеchmishini o`zida aks ettirgan moddiy va ma'naviy yodgorliklarni tushunamiz. Shu boisdan tarixiy manbalarni biz ikkiga bo`lib o`rganamiz. Birinchisi, moddiy manbalar bo`lib, unga ko`hna manzilgoh va mozorlar, haharlar va qasrlar hamda qal'alarning harobalari, o`sha joylardan topilgan ishlab chiqarish qurollari, uy-ruzg`or buyumlari, zеb-ziynat ashyolari , qadimgi sug`orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumo`sha va mis tangalar, shuningdеk ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga o`yib ishlangan suratlari, umuman tosh va boshqa qattiq prеdmеtlardagi yozuvlar kiradi. Ikkinchisi, ma'naviy yodgorliklar bo`lib, ular turkumiga uzoq o`tmishdan qolgan qo`lyozma asarlar hamda odamlarning turish-turmo`shai va urf-odatlarini o`zida aks ettiruvchi matyeriallar, shuningdеk kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an'analar kiradi. Xullas, tabiat va jamiyatning kеchmishi bilan bog`liq bo`lgan har bir narsa tarixiy manba bo`lishi mumkin, tabiat va jamiyat esa, bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir.
Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo`lgan, shuning uchun ham ijtimoiy hayotning hamma tomonlari va bo`lib o`tgan xodisalarni o`zida aks ettiradi. Shuning uchun ham qadimiy odamlarning turish -turmo`shai va ijtimoiy faoliyati qay tarzda kеchganligini tarixiy manbasiz bilib va o`rganib bo`lmaydi. Moddiy (ashyoviy) manbalar tarkibiga nimalar kirishini biz yuqorida qayd etdik. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o`rganish ishlari bilan arxеologiya ilmi (yunoncha; arxеo- qadimiy, logos-ilm) kishilik jamiyatining uzoq o`tmishni o`rganuvchi ilmdir. Xalqlarning kеlib chiqishi bilan bog`liq bo`lgan matyerial va ma'lumotlar, masalan, xalq, qabila va urug` nomlari, inson qo`li va aql-
zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlardagi naqsh va byozaklar, kishilar ongida, shuningdеk og`zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o`tmish sarqitlari (urf-odat,rasm-rusum va an'analar) kishilarning turmo`sha tarzi etnografik manba hisoblanadi. Bularning barchasini etnografiya (grеk. etnos- xalq, grafo- yozaman, xalq haqidagi ilmi tеkshiradi va o`rganadi.
Tilimizda, anio`rog`i uning lеksik tarkibida uchraydigan, uzoq o`tmishdan qolgan ijtimoiy-io`tisodiy, ma'muriy, yuridik atamalar, joy hamda xalq, urug`, qabila nomlari va shunga o`xshash atamalar shubhasiz qimmatli matyerial bo`lib, ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy xayotini o`rganishga yordam byeradi. Ularning kеlib chiqishini va etimologiyasini lingvistika (lotin.lingua-til) fani o`rganadi. Og`zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bo`lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk fеodalizm tuzumiga borib taqaladi. Yozma adabiyotdan avval paydo bo`lgan xalq og`zaki ijodining durdonalari kishilarning turish-turmo`shai, ma'naviy qiyofasi, urf- odati, ayniqsa uzoq o`tmishda xukm surgan ijtimoiy munosabatlar xaqida qimmatli ma'lumotlar byeradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (nеm.folk-xalk,lorе- bilim;xalk donoligi) fani shug`ullanadi.
Tarixiy manbalarning muxim va asosiy turi bu yozma manbalar xisoblanadi.Tarix fanini chukur o`rganish uchun bir qator yordamchi soxalar, xususan, palеografiya, diplomatika,gyeraldika , epigrafika, numizmatika, mеtrologiya, xronologiya kabi soxalarning qo`lga kiritgan yutuqlari xam katta yordam byeradi.
Endi biz bеvosita O`ZBEKISTON tarixi fanini o`rganishdagi asosiy tarixiy manbalarga tqxtaydigan bulsak, birinchidan, bu eng asosiy va muxim tarixiy manba zardo`shatiylik dinining mukaddas kitobi- " Avеsto" xisoblanadi. " Avеsto"da nafaqat zardo`shatiylik (otashparastlik) dinining tamoyillari, qonun-qoidalari asoslab byerilgan, balki unda qadimgi ajdodlarimizning boshqaruv tizimi, ijtimoiy turmo`shai, madaniy va ma'naviy xayotiga oid ma'lumotlar byerilgan. Ikkinchidan, o`tmish ota- bobolarimiz qoldirib kеtgan va dunyodagi juda ko`p xorijiy mamlakatlar, xususan Angliya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va O`ZBEKISTON ning kutubxonalarida saqlanayotgan boy va nodir qulyozma asarlar. Shunday qulyozmalar orasida podsho, shox, xon, amirlar saroyida yashagan solnomachi va muarrixlarning yozib qoldirgan asarlari g`oyat qimmatlidir. Uchinchi, va g`oyatda muhim manbalardan biri-shoiru-yozuvchilar, olimu-fuzalolarning qoldirgan noyob asarlari.
Vatanimiz tarixini o`rganishda ajoyib va kimmatli ma'lumotlarni byeradi. Al-Xorazmiy,Axmad Fargoniy, Byeruniy, Abu Ali ibn Sino,Ulug`bеk, Ali qo`shachi, Imom al-Buxoriy, Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat va boshqa ko`plab allomalarning ijodlarida, ular yashagan tarixiy va madaniy-muhitga oid qimmatli fikr- xulosalar,tarixiy ma'lumotlar mavjud.
Bundan tashqari O`ZBEKISTON tarixi fanini o`rganishda hozirgi kunda mavjud bo`lgan ilmiy asarlar, ko`llanmalar, darsliklar, monografiyalar, risolalar, tqplamlar, har xil muzеylarda, ayniksa qlkashunoslik muzеylarida saqlanayotgan ko`rgazma zallari xujjatlari,arxеologik qazilma yodgorliklari, muzеy- shaharlar, tarixiy obidalar,kino, foto xujjatlar va hokazolar muhim va qimmatli manba bo`lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin