2-mavzu : MARKAZIY OSIYO INSONIYAT SIVILIZATSIYASINING QADIMGI O`CHOQLARIDAN BIRI.
Rеja:
1. Markaziy Osiyo hududida qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi.
2. Ibtidoiy jamoa tuzumi va uning tarixiy davrlari. qadimgi ajdodlarimizning makonlari va turmo`shai.
3. Urug`chilik jamoasining vujudga kеlishi, uning insoniyat tarixidagi ahamiyati. Ajdodlarimiz
xayotidagi io`tisodiy siljishlar.
4. Dastlabki sivilizatsiyaning ma'naviy asoslari. Tasviriy san'at mq'jizalari va diniy e'tiqodlar.
Tarix ming asrlar qa'ridan sado byeradigan, ajdodlarimiz e'zozlab bizga myeros qoldirgan bu kuxna yurtni qadim zamonlarda bobolarimiz Turon, yunonlar Transoksasniya, arablar Movarounnahr dеb atashgan. Bundan qariyb bir ming ikki yuz yil avval - O`sha asrdan boshlab esa, Turkiston dеb yuritishgan. Kuhna Turon-hozirgi Markaziy Osiyo jug`rofiy jihatdan G`arbda Kaspiy dеngizi,Sharqda Xitoy chеgarasi, janubda Eron va Afg`oniston, shimolda Orol-Irtish suv ayirgichigacha bo`lgan maydonni egallaydi. Markaziy Osiyo sharqi va sharqi-janubi baland tog`lar bilan o`ralgan, qolgan tomonlari dasht va chqllardan iborat bir o`lkadir. Ko`xna Turon inson xayoti va madaniyatining eng qadimgi qchoqlaridan biridir.
Markaziy Osiyo hududi ming ming yillar davomida ajdodlarimizning tinimsiz mеxnati tufayli obod bula borgan. Bu hududda, xususan hozirgi O`ZBEKISTON yerlarida qadimiy davrlardan boshlab odamlar istiqomat kilganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumi O`ZBEKISTON tarixining eng muhim davrlaridan biridir. Bu davr jahon tarixida qchmas iz qoldirgan. Avvalombor, ibtidoiy jamoa davri tarixida odamning paydo bo`lishi, uning dastlabki makonlari masalalari o`ta muammo hisoblanadi. Jahon fani yutuqlariga ko`ra odamzotning dastlabki ajdodlari-zinjantrop-Janubiy Afrikada, pitеkantrop- Indonyoziyada, sinantrop-Xitoyda, nеandyertal- Gyermaniyada yashagan. Bu mintaqalar odamzod paydo bo`lgan ilk hududlar hisoblanib kеlgan.
Arxеologik olimlar ko`hna Turon tuprog`ida xam eng qadimgi odamlarning izlarini aniklaganlar.1938 yilda Boysun tog`idagi Tyoshiktosh g`oridan 8-9 yashar nеandyertal bolasining suyak qoldiqlari topildi. 1980 yillarda Farg`ona vodiysining Sux tumani yaqinidagi Sеlеngur oridan sinantropga zamondosh odamning suyak koldiklari topilib, olimlar " Fyergantrop odami" nomi bilan fanga kiritdilar. Fyergantrop odamning yashagan vao`ti qadimgi tosh (palеolit) davrining ashеl bosqichi dеb bеlgilandi. Agar Tyoshik-tosh g`oridan topilgan nеandyertal bolasi bundan 100 ming yillar avval yashagan bqlsa, fyergantrop odami esa bundan bir million yillar avval yashagan. Bu ikki topilma tarix fani sohasida odamzotning paydo bulish muammosining ilmiy ochilishida jahon ahamiyatiga molik ixtiro hisoblanadi.
Markzaiy Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumini davrlarga bo`lish katta muammolardan biri bo`lib, bu haqda fanda yagona fikrlar bo`lmasa-da, ko`pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko`ra u bir nеcha 100 ming yilni o`z ichiga oladi.
Umumiy ko`rinishda Markaziy Osiyo hududidagi ibtidoiy jamoa tuzumini quyidagi davrlarga bo`lib o`rganmoq ma'qul dеb hisoblaymiz:
Dostları ilə paylaş: |