Ўзбекистон республикаси олий ва


e) Cheklangan resurslardan foydalanish tartibi an’ana va urf-odatlar, udumlar asosida belgilanadigan iqtisod. Masala va mashqlar



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə11/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

e) Cheklangan resurslardan foydalanish tartibi an’ana va urf-odatlar, udumlar asosida belgilanadigan iqtisod.


Masala va mashqlar:
1. Aytaylik, xususiy firma tovar partiyasini sotib olishga qaror qildi. Tovar sotib olish uchun shartnoma tuzish maqsadida menejer avvaldan potentsial sotuvchilarni topish, tovar bahosi, tovarni sotish, olib keltirish sharti, haq to’lash xaqida axborot to’plashga kirishdi.
Xalqaro telefonda gaplashishlar va telegrammalar uchun 1 mln. so’m sarfladi. Tovarlarni ko’rib kelish uchun transport xarajatlari 500 ming so’m, undan tashqari firma faoliyatining ishonchliligini tekshirish va shartnoma tuzish uchun yuridik xizmat ko’rsatuvchi firmaga 500 ming to’landi.
Oxir oqibat bitim tuzildi. Sotib oluvchi firma tovarlar partiyasi uchun 20 mln. so’m avvaldan haq to’ladi. Sotib oluvchi firmaning transaktsion xarajatlarni aniqlang va baholang. Qanday sharoitda transaktsion xarajatlar jamiyatda katta miqdorda va unchalik ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etadi, ko’rsating?

2. Beshinchisi ortiqcha.


Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Ulardan qaysi biri shu guruh uchun ortiqcha va nima sababdan ko’rsating.
Tushunchalar: Tadbirkorlik imkoniyatining kengayishi, iqtisodiyotni davlat va bozor mexanizmi orqali boshqarilishi, mamlakat miqyosida barcha tarmoqlar uchun rejalar ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotni xususiy va davlat sektori tomonidan yaratilishi, manfaatlarning rag’batlantirilishi.
T/N
1. Markazdan rejalashtiriladigan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, jamiyat uchun ham, an’anaviy jamiyat uchun ham, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat uchun ham umumiy iqtisodiy muammo bor:
2. «Nima ishlab chiqarish» muammosi faqat resurslar cheklanganligi tufayli kelib chiqqani sababli faqat xususiy biznes uchun xarakterli.
3. «Qanday ishlab chiqarish kerak?» muammosi mehnatga layoqatli aholisi ko’p bo’lgan mamlakatlar uchun xos emas.
4. «Kim uchun ishlab chiqarish» muammosi markazdan rejalashtiriladigan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan jamiyat uchun xos emas.
5. Iqtisodiyotni tartibga solishni tahlil qilib, mashhur iqtisodchi R. Kouz iqtisodiy nazariyaga transaktsion xarajatlar degan tushunchani kiritdi.
6. Iqtisodiyotning tizim sifatida rivojlanishida bir-biriga qarama-qarshi ikki tendentsiya amal qiladi.


Testlar



  1. Quyidagilardan qaysi biriga ierarxik boshqarish xos emas?

    1. «O’zdeuavto» korporatsiyasi doirasida avtomabil ishlab chiqarish;

b) oilada oila a’zolarining uy yumushlarini bajarishi;
v) fermer xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish;
g) Toshkent Moliya institutida kafedraning faoliyatini boshqarish;
d) Yaponiya milliy iqtisodiyoti miqyosida avtomobil ishlab chiqarish.

2. Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi birini transaktsion xarajat-larga qo’shmagan bo’lar edingiz?



  1. tijorat menejeri uchun uyali telefon sotib olindi;

b) shartnoma tuzmoqchi bo’lgan korxonaning moliyaviy ahvoli xaqida ma’lumotlar to’plash;
v) bitim tuzilganini tasdiqlash uchun notariusga xizmat xaqi to’lash;
g) bitim tuzayotgan korxona egasiga o’z mahsulotingizdan sovg’a qil-dingiz;
d) tuzilgan bitimni sherigingiz qanday bajarayotganini nazorat qilin-gani uchun haq to’ladingiz.

3. Qachonki iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman Hukumat tomoni-dan echilar ekan, bunday iqtisodiyot …



  1. markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;

b) bozor iqtisodiyoti;
v) natural xo’jalik;
g) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot.

4. Barcha iqtisodiy tizimlarda fundamental muammolar: nima, qanday, qancha, kim uchun? mikro va makro darajada echiladi. Quyidagilardan qaysi biri mikro darajada echiladi?



  1. to’la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?

b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
v) inflyatsiyadan qanday qutilish mumkin?
g) iqtisodiy o’sishni qanday rag’batlantirish mumkin?
d) yalpi daromad va yalpi xarajatlarni qanday muvozanatga keltirish mumkin?

5. Rivojlanish bosqichlariga tsivilizatsion yondashuvning asoschisi kim?



  1. Alfred Marshall;

b) Uolter Rostou;
v) Ronald Kouz;
g) Artur Pigu;
d) Karl Marks.

6. Tsivilizatsion yondashuv bo’yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo’linib, u quyidagilardan iborat:



  1. o’tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, kommunistik jamiyat;

b) an’anaviy jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, feodalizm, indus-trial jamiyat, kommunistik jamiyat;
v) an’anaviy jamiyat, kuldorlik, industrial jamiyatga o’tish, indus-trial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
g) an’anaviy jamiyat, o’tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
d) an’anaviy jamiyat, o’tkinchi jamiyat, kommunistik jamiyat, indus-trial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati.

7. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni almashinish sabablarini for-matsion yondashuvda qanday izohlanadi?



  1. ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelishi;

b) ishlab chiqarish texnologik usulining o’zgarishi;
v) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelmasligi;
g) resurslarning cheklanganligi bilan ehtiyojlar cheksizligi o’rtasi-dagi ziddiyat;
d) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ustqurmaning mos kelmasligi

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin