Ўзбекистон республикаси олий ва


T/N 1T; 2N; 3N, 4N; 5T; 6T. Testlar



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə13/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

T/N
1T; 2N; 3N, 4N; 5T; 6T.
Testlar:
1d); 2a); 3g); 4b); 5b); 6g); 7v).
4-mavzu. Iqtisodiy faoliyat va uning samaradorligi


Asosiy tushunchalar



1. Ishlab chiqarish funktsiyasi
2. Ishlab chiqarish
3. Iqtisodiy faoliyat
4. Iste’mol
5. Izokvanta
6. Iqtisodiy samaradorlik

7. Me’yoriy mahsulot
8. Ayirboshlash
9. Taqsimot
10. O’rtacha mahsulot
11.Me’yoriy unumdorlik (daro-mad)ning pasayish qonuni.

a) Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish jarayoni;


b) Ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish, ehtiyojni qondirish jarayoni;
v) Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni hayot kechirish, tirikchilikni ta’minlashning vosita va usullari majmui;
g) Bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish omillarining turli variantlarda birlashuvini ifodalovchi nuqtalarning geometrik o’rnini ko’rsatuvchi egri chiziq;
d) Ishlab chiqarish omillarining har qanday to’plami bilan shu omillar yordamida maksimal imkoniyat darajasida mahsulot ishlab chiqarish Hajmi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi funktsiya;
e) Qo’shimcha bir birlik har qanday o’zgaruvchi omil evaziga yaratilgan umumiy mahsulot (TR) hajmini o’zgarishi tushuniladi. Masalan, MP= TP/ L;
yo) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida resurslarni, ishlab chiqarish omillarining egalari o’rtasida esa yaratilgan mahsulotni taqsimlanishini ifodalaydi;
j) Ma’lum miqdordagi ne’matlarni bir sub’ektdan boshqa sub’ekt ixtiyoriga o’tish jarayoni;
z) Bir omilning o’zgarishi va qolganlarini o’zgarmagani Holda ma’lum chegaradan so’ng har bir qo’shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum(daromad) olib kelishini ifodalaydi.
i) Iqtisodiy xarajatlar evaziga erishilgan ishlab chiqarish natijasi, yaratilgan mahsulot.
y) Ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot(TR)ning o’zgaruvchi ishlab chiqarish omillariga nisbatini ifodalaydi. Masalan, AR=TR/ L

Masala va mashqlar:


1. Boshqa omillar o’zgarmagani holda mehnat miqdori, ya’ni ishchilar sonining o’sishiga qarab, natura shaklidagi me’yoriy mahsulot quyidagicha o’zgargan





Ishchilar soni, kishi

Mahsulot miqdori. dona

1
2
3
4
5
6

200
300
350
380
390
395

Natura shaklida me’yoriy mahsulotni hisoblang. Raqamlar nimani ko’rsatadi, izohlang.


Agar mahsulot narxi 4000 so’m bo’lsa, ish haqi darajasi 60000 so’m bo’lsa, tadbirkor maksimal darajada nechta ishchini yollashi mumkin?
Agarda uning mahsulotlariga talab kamayib, narxini 2200 so’mga tushirishga majbur bo’lsachi? U bu miqdorni qanday ko’rsatgich orqali aniqlaydi?
2. «Vaqt-pul» iborasi AQSh prezidenti Benjamin Franklinga tegishli. Bu fikrga nisbatan o’z nuqtai nazaringizni izohlang
3. Yagona o’zgaruvchi omil mehnat, qolgan omillar doimiy. Mehnat omilining o’zgarishiga ko’ra ishlab chiqarilgan mahsulot soni quyidagicha o’zgargan.



Ishchilar soni, kishi

0

1

2

3

4

5

6

Ishlab chiqarilgan
mahsulot, dona

0

40

90

126

150

165

180

a) Me’yoriy mahsulot nechanchi ishchini qabul qilingandan so’ng qisqarishni boshlaydi ?


b) Oxirgi yollangan oltinchi ishchining me’yoriy mahsulotini hisoblang?
v) O’rtacha mahsulot nechanchi ishchini yollaganda maksimal darajaga etadi?

4. Oltinchisi ortiqcha.


Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Ulardan qaysi biri ortiqcha va nima sababdan ko’rsating.
Tushunchalar: ish haqi, foiz, amortizatsiya, divident, foyda, renta.
T/N

  1. Toindustrial davrda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish ustun bo’lgan.

  2. Postindustrial davrda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ustun bo’lgan.

  3. Ishlab chiqarish omillarini jalb qilish nuqtai nazaridan vaqtni qisqa va uzoq muddatlarga ajratish shart emas. Bu bilan hech nima o’zgarmaydi.

  4. Ishlab chiqarish funktsiyasi bu ishlab chiqarishning formulada ifodalangan modeli.

  5. Bozor iqtisodiyotida resurslarning taqsimlanishi bozor mexanizmi orqali amalga oshadi.

  6. Bozor iqtisodiyotida daromad omillarning mahsulotdagi hissasiga qarab emas, balki belgilangan reja asosida taqsimlanadi.

  7. Iste’mol ishlab chiqarish natijalaridan qanday maqsadda foydalanishiga ko’ra ikki turga ajratiladi.

  8. Omillarning ma’lum nisbatda birikishi deganda, har qanday mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum bir miqdorda er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omilini talab qilishi tushuniladi. Aynan tadbirkor qolgan uch omilni eng optimal variantini topishi jihatidan boshqalardan ajralib turadi.

  9. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish faqat tadbirkorlarga ko’proq foyda olish uchun zarur. Uning jamiyat uchun zaruriyati yo’q.

  10. Ishlab chiqarish funktsiyasining ahamiyati shundaki, u omillarning birlashuvi imkoniyatlarini muqobil variantlari borligini ko’rsatadi.

  11. Ixtiyoriy ayirboshlashdan odamlar doimo yutishadi.

  12. Bir omil o’zgarib, boshqa omillar o’zgarmaganda yaratilgan qo’shimcha mahsulot shu ishlab chiqarish omili uchun me’yoriy mahsulot bo’ladi degan fikr, mazmuni jihatidan qo’shimcha jalb qilingan resurs evaziga (boshqa-lari o’zgarmagani holda) olingan mahsulot me’yoriy mahsulot bo’ladi degan fikrdan farq qilmaydi.




Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin