— iqtisodiyotning dastlabki sferasi — qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi;
— aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band;
— asosan qo’l mehnatiga tayaniladi;
— mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi;
— aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos.
Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya) ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi.
II. Industrial bosqich xususiyatlari:
— iqtisodiyotda asosiy rolni mashinalashgan sanoat ishlab chiqarishi o’ynaydi;
— sanoat boshqa muhim tarmoqlar (qishloq xo’jaligi, qurilish, transport)ni ham qayta qurishga olib keladi;
— aholining asosiy qismi industrial tarmoqda band bo’ladi;
— mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro’y berib, ko’plab yangi tarmoqlar vujudga keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil qilishning murakkab shakli — tovar ishlab chiqarish rivojlanadi;
— aholi urbanizatsiya (urbahis — shahar)si ro’y beradi.
Aholining asosiy qismi shaharlarda yashay boshlaydi;
— ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun yo’l ochadi.
III. Postindustrial bosqich xususiyatlari:
— iqtisodiyotning muhim sferasi — xizmat ko’rsatish niHoyatda tez rivojlanadi. Unda ishlovchilarning 50-70% band bo’ladi;
— fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Fan yutuqlari natijasida ishlab chiqarishda, tabiatda mavjud bo’lmagan mahsulotlar yaratiladi;
— xo’jalikning barcha tarmoqlarida va maishiy maqsadlarda infor-matika va Hozirgi zamon Hisoblash texnikasi yutuqlaridan keng foydala-niladi. Jismoniy va aqliy mehnatni ham avtomatlashtirish kuchayadi;
— korxonalarda ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassis-larning roli tezlik bilan oshib boradi;
— barcha turdagi resurslarni iqtisod qiladigan, mahsulotni yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyaga o’tish amalga oshadi;
— barcha kishilarning eng zarur ehtiyojlarini to’la qondirishni ta’minlash, yuqori darajadagi ehtiyojlarni kengaytirish imkoniyatlariga ega bo’linadi.