Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə18/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

Masala va mashqlar

1. Sentyabr oyida davlat korxonalarida 25 ming kishi ishlab 19,5 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. hususiy kichik korxonalarda 22 ming kishi band bo’lib, 17,5 mln. so’mlik mahsulot yaratildi. Chet elliklar bilan birgalikda tashkil etilgan qo’shma korxonalarda esa 24 ming kishi band bo’lgani holda 30,5 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi.


O’rtacha har bir ishlovchiga to’g’ri keladigan mahsulot miqdorini (mehnat unumdorligini) hisoblang. Mehnat unumdorligi nuqtai nazaridan qaysi mulk shakli samarali ekanligini aniqlang. Sizningcha buni sababi nimada, izohlang.

2. Qo’shningiz ekkan baqaterak tezda o’sib, sizning qulupnay ekkan eringizga soya sola boshladi. Siz kelishmovchilik vaziyatini hal qilish uchun qanday chora qo’llagan bo’lar edingiz. Mulk huquqi nuqtai nazaridan qaysi biri eng ratsional hisoblanadi?


a) mahalliy sudga murojaat qilasiz;
b) mahalla oqsoqoliga murojaat qilasiz;
v) bildirmaygina baqaterakni eydigan hashorot to’la idishni tashlaysiz;
g) qo’shni bilan teragini qirqsa, tovon tariqasida 2 chelak qulupnay berishga kelishasiz;
d) qulupnay etishtirishga «bor-e deb, qo’l siltaysiz»

3. Nima sababdan madaniyatli kishi tsivilizatsiyalashgan dunyoda birov-ning narsasini o’g’irlamaydi?


a) jinoyat qilgani uchun jazolanishdan qo’rqadi;
b) jamiyatdagi urf-odatlarga bo’ysunadi;
v) bunga uning ichki axloqiy qarashlari yo’l bermaydi;
v) kelajakda amaldor bo’lish imkoni yo’qotiladi

4. Quyidagi keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilib aytingchi, amalga oshirilgan faoliyat tufayli «mulk huquqi» dastasining qaysi bir elementi realizatsiya qilinadi?


a) Fermer er uchastkasini ijaraga oldi, unda bug’doy etishtirib, davlatga sotdi.
b) Erkinjon “Neksiya” avtomobilini sotib oldi va unda dala hovlisiga qatnab turibdi.
v) Korxona o’zining tsexi binosini boshqa firmaga ijaraga berdi.
g) Tadbirkor Odiljon boshqa tadbirkordan uncha katta bo’lmagan ikkita xonani sotib oldi. Bitta xonani buzib, ikkinchisini kengaytirib, ta’mirladi.
d) Xo’jalik sudi tadbirkor Rahimovdan ishlatib turgan uskunasini qarzini to’lamagani uchun, qarz evaziga olib qo’yishga qaror qildi.
e) Fuqaro Akbarova o’zi yashab turgan uyini o’g’illariga vasiyat qildi.
j) Davlat korxonasi birovning bog’idan avtomobil yo’li o’tkazdi. Bunda uning egasiga qirqilgan daraxtlar uchun kompensatsiya to’lanmadi.
z) Avtomobilning egasi undan foydalanmay, avtostoyankaga qo’yib qo’ygan. O’rtoqlari undan avtomobilidan foydalanishga ruxsat so’rashsa bermadi.
i) Uyidagi mulkini o’g’irlab ketishgani uchun fuqaro militsiyaga murojaat qildi.
k) Sud korxonani tozalanmagan oqavasini anhorga tashlagani uchun jarima soldi.
l) Fuqaro mulk qilib olgan er uchastkasiga ishlov berdi. Kelajakda uni sotmoqchi emas.

5. Quyidagi jadval raqamlariga e’tibor bering. Unda mamlakatimizda 2002-2003 yillarda iqtisodiyotni erkinlashtirishni chuqurlashtirishni amalga oshirish jarayoni aks etgan. Berilgan raqamlar asosida tashkil etidgan nodavlat korxonalari hajmida aktsionerlik jamiyatlari, xususiy korxonalar va boshqa turdagi korxonalar ulushini hisoblang.


Undan qanday xulosa chiqarish mumkin? Mulkchilik nuqtai nazaridan qarasak, korxona maqomi mahsulot ishlab chiqarish turlarini tanlashda rol o’ynaydimi? Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bilan xususiylashtirishni farqi bormi? Iqtisodiyotni erkinlashtirishnichi?

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin