Ўзбекистон республикаси олий ва


Xususiylashtirish jarayonida tashkil qilingan



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə19/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

Xususiylashtirish jarayonida tashkil qilingan
nodavlat korxonalari soni (dona)



Davrlar

Jami tashkil
qilindi

Shu jumladan

Aktsiyadorlik jamiyatlari

Xususiy korxonalar

Boshqa shakllardagi korxonalar

02/I

268

26

211

31

02/II

331

45

249

37

02/III

481

86

287

108

02/IV

720

66

505

149

03/I

301

19

255

27

03/II

342

5

301

36

03/III

332

19

160

153

03/IV

477

32

265

180

Manba: O’zR Davlat mulk qo’mitasi.

6. Buyuk allomalardan biri Pifagor avlodlarga vasiyatomuz xitob qilgan ekan: «Ey, xaloyiq! Qonunga ega bo’lishdan oldin axloqli bo’ling, chunki axloq – inson o’ylab topgan ilk qonun». Siz bu fikrga nima deysiz?


7. Oltinchisi ortiqcha.
Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Ulardan qaysi biri ortiqcha va nima sababdan ko’rsating.
Tushunchalar: tikuvchilik tsexi joylashgan bino, stanok, aktsiya, yuk mashinasi, oilaning o’zi foydalanayotgan uy anjomlari, kichik korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom ashyo.
T/N
1. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
2. Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarni buzmasligi kerak.
3. Er, er osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
4. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos bo’lgan mulk shakli bor. Bu shaxsiy mulk.
5. Klassik iqtisod maktab vakillari iqtisodiy nazariyaga «Mulk huquqi dastasi» tushunchasini kiritishdi.
6. Iqtisodiy manfaatlar kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning sa’y-harakatini, intilishini, tanlovini belgilovchi kuchdir.
7. Mulkni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi doirasida manfaatlar: shaxsiy, oilaviy, jamoa, jamiyat manfaatlari sifatida yuzaga chiqadi.


Testlar
1. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qaysi mulk shakli eng ko’p tarqalgan hisoblanadi?
a) aktsionerlik jamiyati;
b) kooperativ;
v) individual va xususiy mulk;
g) jamoa;
d) qo’shma korxonalar

2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish natijalari …


a) resurslar kimning mulki ekanligiga ko’ra;
b) mehnat omili tomonidan;
v) moddiy resurs egalari tomonidan;
g) menejerlar tomonidan;
d) davlat tomonidan o’zlashtiriladi.

3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu …


a) davlat mulkini fuqarolarga sotish;
b) davlat mulkini imtiyozli bo’lib berish;
v) davlat mulkini nodavlat mulk va xo’jalik yuritish shakllariga aylantirish;
g) davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish;
d) davlat mulkini yuridik shaxslarga sotish.

4. Manfaatlarning bir tomondan ob’ektivligiga sabab, …


a) Har bir kishining inson sifatida ehtiyoji mavjudligi;
b) ehtiyojlarning ob’ektivligi va uni qondirish zaruriyati;
v) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning umumiyligi;
g) kishilarning manfaati mos kelishi zaruriyati;
d) shaxsiy, guruh, umumjamiyat manfaatlari mavjudligi.

5. Manfaatlarning ikkinchi tomondan sub’ektivligiga sabab, …


a) insonni shaxs, mulk egasi sifatida manfaatlari mavjudligi;
b) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning mavjudligi;
v) sub’ektning shaxsiy, oila, jamoa, jamiyat manfaatlarini mujassamlashtirishi;
g) manfaat doimo ikki sub’ektga tegishli;
d) manfaat Har bir insonning o’zida mujassamlashgan.
6. Aktsionerlik jamiyatida mulk egalari kim?
a) jamiyatning prezidenti;
b) boshqaruv a’zolari;
v) nazorat kengashi;
g) aktsionerlar;
d) ijrochi direktor va menejerlar.



Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin