Testlar:
1. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillari unumdorligi pasayib borishi qonuni amal qiladi. U holda iqtisodiy o’sish qanday tarzda ta’minlanadi?
a) borgan sari kamroq resurslar talab qilinadi;
b) qo’shimcha resurslarning o’sishi ishlab chiqarish umumiy hajmini
ko’paytirmay, balki kamaytiradi;
v) qo’shimcha resurslar zarur, lekin ularning narxi ortib boradi;
g) borgan sari ko’proq resurslar talab qilinadi, ularni tejab ishla-
tish yo’llari topiladi;
d) resurslarni tejab-tergab ishlatish yo’llari topiladi.
2. Industrial bosqich quyidagi qaysi asosiy xususiyati bilan boshqa bosqichlardan ajralib turadi?
a) iqtisodiyotda asosiy rolni mashinalashgan sanoat ishlab chiqarishi
o’ynashi;
b) xizmat ko’rsatish nihoyatda tez rivojlanishi;
v) moddiy ishlab chiqarish ustunligi;
g) qishloq xo’jaligi ustun bo’lishi;
d) nomoddiy ishlab chiqarish ustunligi.
3. Boylik faqat moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi deb ta’kidlash nimaga olib keladi?
a) xizmatlar ko’rsatishni nazar-pisand qilmaslikka, bu sferaning rivojlanishini sekinlashtirishga;
b) ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga;
v) aholini to’la bandligini ta’minlashga;
g) moddiy ishlab chiqarishda xarajatlarni pasaytirishga;
d) resurslarni tarmoqlar o’rtasida optimal tarzda taqsimlanishiga olib keladi.
4. Ishlab chiqarishning to’rt omili er, kapital, mehnat, tadbirkorlik evaziga muvofiq ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini uning egasi qaysi ketma-ketlik shaklida oladi?
a) er rentasi, ish haqi, foiz-divident, foyda;
b) er rentasi, foiz-divident, foyda, ish haqi;
v) er rentasi, foiz-divident, ish haqi, foyda;
g) foiz-divident, foyda, ish haqi, er rentasi;
d) foyda, er rentasi, ish haqi, foyda-divident.
5. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu …
a) ishlab chiqarish natijalarini mehnat xarajatlariga nisbati;
b) ishlab chiqarish natijalarini kapital sarflariga nisbati;
v) ishlab chiqarish natijalarini er omiliga nisbati;
g) ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ni sarflangan xarajatlarga nisbati;
d) erga va kapitalga qilingan xarajatlar natijasidir.
6. Naflilikni pasayib borishi qonunining amal qilishini izohlashga quyidagilardan qaysi biri to’g’ri kelmaydi?
a) universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi;
b) uning amal qilishi doirasi cheklangan bo’lib, eng avvalo, kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishli;
v) qisqa muddatli davrga xos;
g) ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi;
d) naflilikni baholovchi yagona o’lchov yo’q.
7. F.Kene, A.Smit va Rikardolardan farqli ravishda A. Marshall boylikka:
a) ijtimoiy zaruriy mehnat natijasi deb;
b) moddiy ishlab chiqarish natijasi deb;
v) qishloq xo’jaligida yaratilgan moddiy ishlab chiqarishgan mahsulot deb;
g) savdo-sotiq natijasi deb;
d) inson ehtiyojlarini to’laroq qondirishi nuqtai nazaridan qarash to’g’-riroq bo’lardi, deb ta’kidlaydi.
8. Izokvanta:
a) mahsulotning umumiy hajmi egri chizig’ini;
b) ishlab chiqarish funktsiyasini;
v) mavjud resurslar evaziga turli hajmda mahsulot ishlab chiqarishni;
g) o’rtacha mahsulot egri chizig’ini;
d) me’yoriy mahsulot egri chizig’ini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |