4. Topqirlik mashqi. Katakchalarga mos ravishda iqtisodiy tushunchalarning harfini joylashtiring.
1 ) insonning biron-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan ne’mat;
2) raqobatlashuvchi tomonlar;
3) sotuvchi va xaridorning tovar, ish, xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash munosabati, ya’ni oldi-sotdi aloqalari va ularni ma’lum bir tartib asosida amalga oshiriladigan joy.
4) Er va boshqa tabiiy resurslar keltiradigan daromad;
5) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xo’jalik va moliyaviy operatsiyalarining to’g’ri yuritilishi, ularni qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlarga mosligi, talabga javob berishini tekshirish va qonunda belgilangan boshqa xizmatlar ko’rsatishni o’rganadigan fan;
6) pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojni bozorda namoyon bo’lishi
yoki to’lov qobiliyatiga ega ehtiyoj;
7) savdo-sotiq ishlari, tovarlar narxi kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlpshga xizmat qiluvchi tijorat muassasasi;
8) biror ish yuzasidan keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, oziq-ovqat va h.k;
9) ayirboshlash, olish-sotish bilan bog’liq muomala, savdo-sotiqdan tushgan pul, oldi-sotdi jarayonida narx ustida tortishuv, qiyishuv;
10) er egasiga mahsulot shaklida to’lanadigan renta;
11) biror narsa yoki kishi Haqida boshqalarni ishontirib, mas’uliyatni o’z zimmasiga oluvchi, kafolat beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
12) biror narsaning cheklangan normasi, foydalanish uchun belgilangan muayyan miqdor;
T/N Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi:
mehnat taqsimoti va uning chuqurlashuvi;
ishlab chiqaruvchilarni mulk egasi sifatida iqtisodiy alohidalashuvi sabab bo’ladi.
Tovar ikki xossaga ega:
biror-bir ehtiyojni qondirish;
ayirboshlash.
Naflilikni yagona o’lchov bilan o’lchash mumkin.
Me’yoriy naflilikni pasayib borish qonuni universal qonun. U barcha ne’matlar uchun ham umumiy.
Xaridor o’z pulini ratsional sarflash uchun shunday yo’l tanlaydiki, natijada eng yuqori naf olishga erishadi.
Testlar
1. Quyidagilardan qaysi biri noiqtisodiy ne’mat hisoblanadi?
a) Harbiy kema;
b) teatr, kontsert zali;
v) bilim, malaka;
g) quyosh nuri;
d) ko’prik, yo’l;
2. Buyuk Aristotel har xil iste’mol qiymatlari, ya’ni tovarlarni ayirboshlash uchun nima bo’lish kerak deydi:
tenglik bo’lishi, tenglik bo’lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo’lishi kerak;
b) tovar miqdorini o’lchashni bilish kerak;
v) Har xil tovarlarni ayirboshlash uchun miqdor jihatidan umumiy o’lchov birligini topish kerak;
g) ayirboshlash uchun narxni adolatli bo’lishini ta’minlash kerak;
d) tovarlarni ayirboshlash uchun ularning nafliligini tengligini ta’minlash kerak.
Qaysi nazariyada tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o’lchanadi deyiladi?
marjinal nazariyasida;
b) klassik nazariyasida;
v) ratsionalistik nazariyasida;
g) institutsional nazariyasida;
d) neoliberalizm nazariyasida.
Qaysi nazariyada tovarning qiymati uning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi?
marjinal nazariyada;
b) klassik nazariyada;
v) ratsionalistik nazariyada;
g) institutsional nazariyada;
d) neoliberalizm nazariyada;
Naflilikni pasayib borishi qonunini amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri to’g’ri kelmaydi?
qonunning amal qilishi qisqa muddatli davrga xos;
b) universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi;
v) amal qilish doirasi cheklangan bo’lib, shaxsiy extiyojni qondira-digan, eng avvalo kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xiz-matlarga tegishliligi;
g) ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi;
d) naflilikni baholovchi yagona o’lchov, ko’rsatkich yo’q;
Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati …
a) undagi oltin miqdori;
b) narxlar darajasi;
v) mutloq likvidliligi;
g) muomaladagi pul miqdori;
d) mamlakatning oltin zahirasi bilan o’lchanadi.
7. Pul agregatlari, bu …
likvidlik darajasi turlicha bo’lgan barcha pul turlarini muayyan nisbatlardagi yaxlit massasi;
b) naqd pullar va elektron pullarning ma’lum nisbatdagi pul massasi;
v) cheklar, qimmatli qogozlar kompleksi;
g) naqd bo’lmagan pullarning ma’lum nisbatdagi massasi;
d) naqd pullar va qimmatli qorozlarning ma’lum nisbatdagi massasi
8. Demonitizatsiya deganda …
qog’oz pullarning qadrsizlanishi;
b) pulni yaroqsiz holga kelishi;
v) qogoz pulni erkin ravishda oltinga almashtirish;
g) pulning baho masshtabini almashtirish;
d) oltinning pul funktsiyasini bajarishini to’xtatilishi tushuniladi.