Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə30/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

2-tarqatma material

Bozorning funktsiyalari


Chizmadagi bo’sh kataklarni to’ldiring.


3-tarqatma material


Ijtimoiy infratuzilmani rivojlanishi

Yillar, choraklar

Ishga tushirildi

Qurilgan tarmoqlar

Turar joy ming.
kv. m.

Maktablar, o’quvchi o’rinlari

Akademik litseylar, o’quvchi o’rinlari

Kasb-hunar kollejlari o’quvchi o’rinlari

Kasalxona, o’rin-joylari

Poliklinikalarga tashrif buyuruv-chilar soni

Suv quvurlari,
km.

Gaz quvurlari,
km.

02/I

1116,5

352

600

7050

-

200

303,5

511,2

02/I-II

3783,7

5243

1200

9950

80

2905

1044,5

1730,2

02/I-III

6178,1

11674

2250

59155

80

9940

1521,4

2994,0

02/I-IV

7572,0

18932

5175

86610

300

16845

1960,6

3380,2

03/I

1131,4

1430

-

-

-

340

282,2

506,1

03/I-II

3436,3

4553

-

12600

160

8260

1352,4

2090,8

03/I-III

5466,4

14172

2725

62660

160

8260

1352,4

2090,8

03/I-IV

6739,7

22127

4375

94190

160

15460

1747,5

2982,9

Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi
Jadvalni keyingi yillar ma’lumotlari bilan to’ldiring. Ularni taqqoslab xulosalar chiqaring.
Javoblar:
Asosiy tayanch tushunchalar:
J 1b); 2v); 3a); 4d; 5g; 6j); 7yo); 8e); 9z);
Masala va mashqlar:
1. Bozorning vujudga kelishining asosiy ikki shart-sharoiti bu - ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi.
2. Birinchi bozorning bir kunlik savdo oboroti 120 mln so’mlik, ikkinchisiniki esa 139,5 mln so’mlik, oylik savdo oboroti muvofiq ravishda birinchi bozorni 3120 mln so’mlik, ikkinchi bozorniki 3627 mln so’m. Ikkinchi bozorda savdo o’rinlari 100 taga kam bo’lishiga qaramay ko’proq oldi-sotti qilingan. Ikkinchi bozorning hajmi katta.
3. a), yo), i) – uy xo’jaligi
b), v), d), j), z) – firma, korxona
g), e) – davlat (hukumat)
y), k) – moliyaviy institut
4. a, g, e, j – bozor faoliyati
b, v, d – nobozor faoliyati
5. a) 1,3,4,6,9,13.
b) 2,5,8,11,12,14,16.
v) 7,10,15.
6. 1) Bozor tuzilishi, 2) Bozor muvozanati, 3) Bozor infratuzilmasi 4) Bozor (aralash) iqtisodiyoti, 5) Bozor segmenti.


T/N
1T; 2N; 3T; 4T; 5T; 6N; 7N; 8T; 9T; 10T; 11N; 12N;


Testlar
Javob: 1g, 2d, 3a, 4b, 5b, 6g, 7v, 8a.


10-mavzu. Talab, taklif va iste’molchi tanlovi nazariyasi. Bozor muvozanati


Asosiy tushunchalar



1. Talab.
2. Talab egri chizig’i
3. Talab qonuni.
4. Talab elastikligi
5. Me’yoriy naflilik
6. Taklif
7. Taklif egri chizig’i

8. Taklif qonuni
9. Taklif elastikligi
10. Talab va taklif muvozanati
11.Bir-birini to’ldiruvchi tovarlar
12. Talab o’zgarishi
13. Talab miqdorining o’zgarishi
14. Bozor muvozanati

a) Narxning o’zgarishi ishlab chiqaruvchi(sotuvchi)larga qanday ta’sir qilishi, ya’ni ularning reaktsiyasini ifodalovchi ko’rsatkich.


b) Pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojni bozorda namoyon bo’lishi yoki to’lov qobiliyatiga ega ehtiyoj.
v) Tovar narxlari bilan talab miqdorini teskari nisbatda sabab oqibatli funktsional bog’lanishi.
g) Ma’lum bir vaqt mobaynida turli narxlar bo’yicha xaridorlarni sotib olishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini grafik orqali ifodalanishi.
d) Xaridorga narxning o’zgarishi qanday ta’sir qilishini, ya’ni narxning 1%ga o’zgarishi sotib olinadigan tovar miqdorini qanchaga o’zgarishini ifodalovchi iqtisodiy ko’rsatkich.
e) Iste’molchining tovar yoki xizmatni qo’shimcha birligidan ko’rgan nafi, ya’ni umumiy nafga qo’shilgan nafni bildiradi.
yo) Ma’lum bir vaqt mobaynida turlicha narxlar bo’yicha sotuvchilarning sotishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini grafikda ifodalanishi.
j) Bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar.
z) Narxlar bilan sotiladigan tovarlar miqdorini to’g’ridan-to’g’ri sabab- oqibatli, funktsional bog’lanishi.
i) Talab va taklifni miqdor va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi.
y) Tovarlar juftligida birini narxining o’sishi ikkinchisiga talabni kamayishiga olib keladigan tovarlar.
k) Talab miqdori (hajmi)ning o’zgarishi, talab egri chizig’i bo’yicha narxning o’zgarishiga qarab siljishi.
l) Talab egri chizig’ining narxdan boshqa bir yoki bir necha diterminantlar o’zgarishi natijasida siljishi.
m) haridor sotib olmoqchi bo’lgan tovar miqdori bilan sotiladigan tovar miqdorining tengligi.

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin