Testlar
1. Ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashuvi,
a) muvozanat bahosining o’sishiga;
b) taklif egri chizig’ining chapga siljishiga;
v) taklif egri chizig’ining o’ngga siljishiga;
g) talab egri chizig’ining o’ngga siljishiga;
d) talab egri chizig’ining chapga siljishiga olib keladi
2. Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko’zlangan muddatga nisbatan avvalroq yuqori narx belgilashga majbur bo’lishdi, u holda ...
a) talab qisqaradi;
b) talab ortadi;
v) taklif kamayadi;
g) taklif ortadi;
d) talab o’zgarmaydi.
3. Aytaylik, qurg’oqchilik sababli bug’doy taklifi kamaydi. Agarda bug’doy non tayyorlash uchun asosiy xom ashyo bo’lsa iste’molchilar nonning o’rniga kartoshka iste’molini ko’paytirishlari mumkinligi kutilsa, u holda bug’doy narxi
a) ortadi, non taklifi ortadi, kartoshkaga talab ortadi;
b) ortadi, non taklifi pasayadi, kartoshkaga talab esa o’sadi;
v) ortadi, non taklifi pasayadi, kartoshkaga talab kamayadi;
g) tushadi, non taklifi ortadi, kartoshkaga talab o’sadi;
d) tushadi, non taklifi pasayadi, kartoshkaga talab o’sadi.
4. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri odamlarni biron narsa olish va Haq to’lash qobiliyatlarini ifodalaydi.
a) ehtiyoj;
b) o’zini ko’rsatish;
v) zaruriyat:
g) xohish;
d) talab.
5. Odamlarni mahsulotlarni qo’shimcha ravishda arzon sotib olishga tayyorligi, nisbatan …
a) o’rinbosish effektida;
b) me’yoriy naflikning pasayishida;
v) daromad effektida;
g) taklif qonunida;
d) T. Veblen effektida to’laroq ifodalanadi.
6. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda bo’ladi, agar …
a) talab taklifga teng bo’lsa;
b) narx xarajatlar plyus foydaga teng bo’lsa;
v) texnologiya darajasi sekinlik bilan o’zgarsa;
g) talab hajmi taklif hajmiga teng bo’lsa;
d) tovarlar sifati talabga javob bersa.
7. Agar tovarga taklif va talab ortsa u holda …
a) tovarning umumiy miqdori ortadi;
b) narx ko’tariladi;
v) narx barqaror bo’ladi;
g) jamiyatni faravonligi oshadi
d) tovarlarning umumiy miqdori kamayadi.
8. Agar tovar narxi talab egri chizig’i bilan taklif egri chizig’i kesishgan nuqtadan past bo’lsa, u holda:
a) ortiqcha miqdorda tovarlar hosil bo’ladi;
b) tovar taqchilligi yuz beradi;
v) xom ashyo ortiqchaligi;
g) xom ashyo etishmovchiligi kelib chiqadi;
d) resurslar narxi ko’tariladi.
9. Talab va taklifning narxni tartibga solishdagi rolini tushuntirish uchun:
a) tovar bozorini;
b) resurslar bozorini;
v) valyuta bozorini;
g) Har qanday bozorni;
d) xizmatlar bozorini
misol qilib ko’rsatish mumkin
10. Agar ikki tovar bir-birini o’rnini bossa, u holda birining narxi-ning o’sishi:
a) ikkinchi tovarga talabning pasayishiga;
b) ikkinchi tovarga talabni o’zgarmasligiga;
v) ikkinchi tovarga talab hajmining ortishiga;
g) ikkinchi tovarga talab hajmining pasayishiga;
d) ikkinchi tovarga talabni ortishiga olib keladi.
11. Tovarning narxi 1,5 ming so’mdan 2 ming so’mga ko’tarildi, talab hajmi esa 1000 dan 900 donaga tushdi, deylik. U holda narxga nisbatan talab elastikligi … teng.
a) 3,00;
b) 2,71;
v) 0,37;
g) 0,33;
d) 1,5;
12. Qaysi holatda bahoga nisbatan talab elastikligi yuqori bo’ladi?
a) birinchi darajali zarur tovarlarga nisbatan zeb-ziynat buyumlariga;
b) iste’molchilar mazkur tovardan eng samarali foydalanishsa;
v) tovar ishlab chiqarish uchun muqobil xarajatlar ko’p bo’lsa;
g) iste’molchiga tovar shuncha kam zarur bo’lsa;
d) zeb-ziynat buyumlariga nisbatan eng zarur tovarlarga.
13. Tovar taklifining qisqarishi nimaga olib keladi?
a) o’zaro o’rin bosuvchi tovarlarga talabning ortishiga;
b) agar bahoga ko’ra tovarga talab elastik bo’lsa, umumiy tushumni ortishiga;
v) agar daromadga ko’ra tovar talab noelastik bo’lsa, umumiy tushumning ortishiga;
g) bu tovarga talabni ortishiga;
d) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlarga talabni ortishiga olib keladi.
14. Agar tovarning bahosi 1%ga tushishi unga bo’lgan talabni 2%ga ortishiga olib kelsa, u holda talab:
a) noelastik;
b) elastik;
v) yagona elastik;
g) mutlaq noelastik;
d) mutlaq elastik bo’ladi.
15. Agar narx 5%ga pasaysa, umumiy taklif hajmini 8%ga qisqarishiga olib keladi, u holda taklif:
a) noelastik;
b) yagona elastik;
v) elastik;
g) mutlaq elastik;
d) mutlaq noelastik.
16. Har qanday tovar miqdori bir xil baho bo’yicha sotilsa, u holda bunday tovarga talab:
a) mutlaq noelastik;
b) mutlaq elastik;
v) elastik;
g) noelastik;
d) yagona elastik.
17. Taklif qonuni, narxlarning o’sishi, boshqa sharoit (omillar) o’zgarmagani holda ...
a) taklifning o’sishida;
b) taklifning kamayishida;
v) taklif hajmining o’sishida;
g) taklif hajmining kamayishida;
d) taklifning o’zgarmasligida namoyon bo’ladi.
18. Talab qonuni …
a) taklifni talabga nisbatan ko’pligi narxning pasayishini;
b) agar iste’molchilarning daromadi ortsa, tovarlarni ko’proq sotib
olishini;
v) talab egri chizig’ini odatda musbat tomonga og’ishini;
g) tovar bahosi tushganda, sotib olish rejalashtirilgan tovarlar Hajmi ortishini;
d) tovar bahosi ko’tarilganda taklifning kamayishini taqozo qiladi.
19. Mahsulotning narxini tushishiga sabab bo’lishi mumkin:
a) xususiy tadbirkorlikka soliqlarning ortishi;
b) iste’molchilar daromadining ortishi;
v) bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar narxining o’sishi;
g) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar narxining tushishi;
d) ishlab chiqarish resurslari narxining tushishi.
Tarqatma materiallardan namunalar
Dostları ilə paylaş: |