TN
1N; 2N; 3T; 4N; 5N; 6T; 7N; 8T; 9T; 10N (1250 ming so’m);
Testlar
1v); 2g); 3a); 4g); 5g); 6b); 7b); 8d); 9v); 10v); 11g); 12d); 13v); 14a); 15g);
13-mavzu. Mehnat va ish haqining tashkil topishi
Asosiy tayanch tushunchalar
1. Mehnat munosabatlari
2. Mehnat
3. Ish haqi
4. Nominal ish haqi
|
5. Real ish haki
6. Insoniy kapital
7. Jamoa bitimi
8. Yagona tarif setkasi
|
a) Insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, energiyasini sarflab, jamiyat tomonidan tan olingan natijaga erishishga qaratilgan maqsadli faoliyatidir.
b) Mehnat omilidan foydalanish jarayonida yuzaga chiqadigan munosabatlardir.
v) Pul shaklidagi ish xaqi.
g) Mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va taklifning muvozanat bahosidir.
d) Odamlar yillar davomida to’plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo’lib, uni egasidan ajratib bo’lmaydi.
e) Pul shaklida olingan ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdorida ifodalanishi.
yo) Mehnat haqi bo’yicha milliy iqtisodiyotda band bo’lganlarni mehnat razryadi va ular bo’yicha tarif koeffitsienti. Har bir razryadga muvofiq gorizontal razryadlar ham bo’lishi ko’zda tutilgan.
j) Ishchi-xizmatchilar jamoasi bilan firmalar o’rtasida tuzilgan shartnoma.
Masala va mashqlar.
1. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarida minimal ish haqi miqdori quyidagicha (AQSh dollarida)
Germaniya
31,8
|
Shveytsariya
28,3
|
Gollandiya
23,3
|
Frantsiya
19,3
|
Italiya
18,0
|
Hozirgi paytda Germaniya sanoatida o’rtacha ish haqi darajasi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni, Shveytsariya esa uchinchi o’rinni egallaydi.
Jadval ma’lumotlari asosida boshqa mamlakatlarning Germaniyaga nisbatan o’rtacha soatlik ish xaqi darajasini Hisoblang. Agar bu ko’rsatkichni O’zbekiston bilan taqqoslasak kanday xulosa chiqarish mumkin?
Ish haqini xohlaganimizcha ko’tara olamizmi? U nimalarga bog’liq. Bu borada hukumatimiz qanday chora-tadbirlar ko’rayapti? Faqat nominal ish haqiga qarab turmush darajasi haqida xulosa chiqarish mumkinmi?
2. O’zbekistonda tarmoqlar bo’yicha mehnat haqi quyidagicha (o’rtacha respublika darajasiga nisbatan, %da)
|
1990
|
1995
|
2000
|
Milliy iqtisodiyotda jumladan:
|
100
|
100
|
100
|
Sanoat
|
108
|
159
|
192
|
Qishloq xo’jaligi
|
107
|
70
|
50
|
Qurilish
|
131
|
175
|
158
|
Transport
|
115
|
159
|
172
|
Aloqa
|
157
|
168
|
216
|
Savdo
|
84
|
58
|
70
|
Kommunal xo’jalik
|
76
|
101
|
120
|
Xalq ta’limi
|
81
|
72
|
87
|
Kredit, sug’urta
|
149
|
198
|
215
|
Jadvalni 2005 yil ma’lumotlari bilan to’ldiring. Ularni taqqoslang, bunday tabaqalanishni sabablari nimada deb o’ylaysiz, ko’rsating.
3. Kuyidagilarga diqqat qiling.
O’zbekistonda turli mulk shakllariga ko’ra mehnat haqining tabaqalanishi (o’rtacha respublika darajasiga nisbatan %da)
|
1995
|
2000
|
Milliy iqtisodiyotda o’rtacha
jumladan:
|
100
|
100
|
1. Davlat mulkchiligiga asoslangan korxonalar, tashkilotlarda
|
114,9
|
120,1
|
2.Nodavlat mulkchiligiga asoslan-gan korxonalarda, undan:
a) xususiy individual mulkchilik
b) aktsionerlik mulkchilik
v) qo’shma korxonalarda
g) kooperativ mulkchilik
d) jamoa mulkchiligi
e) ijara korxonalar
j) ijtimoiy tashkilotlar mulki
|
86,6
69,4
121,5
165,8
108,9
69,3
104,7
75,9
|
86,0
65,3
142,2
269
50,1
41,4
63,6
127,8
|
Jadvalda 2005 yil ma’lumotlarini keltiring. Ulardan qanday xulosa chiqarish mumkin, izohlang. Nima sababdan ish xaqi qo’shma korxonalarda eng yuqori darajada. Fikringizni asoslang.
4. AQShda ish haqi va maosh 4005 mlrd. dollarni, renta 28 mlrd. dollarni, protsent 407 mlrd dollarni, xususiy tadbirkorlarning daromadi esa 473 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ularning umumiy daromadga nisbatan ulushini Hisoblang.
O’zbekistonda hozirgi paytda ish haqi aholining umumiy daromadlarining deyarli 13 qismini tashkil etadi. Ularni taqqoslang. Ish xaqining ulushi yuqoriligi nimani ko’rsatadi, izohlang.
5. Firma ishchilarni raqobat asosida ishga qabul qiladi. Agar bir dona mahsulotning bozordagi narxi 5500 so’m bo’lsa, firma nechta ishchini ishga qabul qiladi? Ћisoblang, jadvalni to’ldiring va javobingizni izohlang.
Ishchilar soni
|
Mahsulot hajmi,
dona
|
Mehnat haqiga xarajatlar, ming so’m
|
Me’yoriy mahsulot, ming so’m
|
0
|
0
|
|
|
1
|
15
|
30
|
|
2
|
35
|
60
|
|
3
|
50
|
90
|
|
4
|
60
|
120
|
|
5
|
66
|
150
|
|
6
|
67
|
180
|
|
7
|
68
|
210
|
|
8
|
69
|
240
|
|
9
|
70
|
270
|
|
10
|
71
|
300
|
|
7. AQShda bilim olish uchun sarflangan xarajatlar, so’ngra olinadigan daromadlar o’rtasidagi bog’lanish quyidagicha: o’rta ta’limga nisbatan bilim olish muddatini 2 baravar ko’payishi, o’qishni tugatgach daromadni 5 martaga ko’payishiga olib keladi.
Bu fikrni tahlil qiling va quyidagi savollarni: «Inson kapitali» nima? Inson kapitaliga investitsiya deganda nimani tushunasiz? Izohlang.
8. Odiljonning oldida ikki yo’l bor. To’rt yil davomida birjada etakchi mutaxassis bo’lib ishlab yiliga 720 ming so’m daromad topish. Ikkinchisi - bir yil «Bank va moliya akademiyasi»da o’qish. O’qish uchun 1 mln. so’m to’lanadi. O’qishni tugatgach unga bo’lim boshlig’i o’rnini va’da qilishyapti. Keyinchalik yanada yuqori lavozimlarga ko’tarilishi mumkin. Uch yil davomida uning maoshi har yili 960 ming so’m bo’lishi mumkin. Sizningcha Odiljon qaysi yo’lni tanlagani ma’kul. Bank foizi darajasi yiliga 20% bo’lsin.
9. AQShda Bill Klinton prezident bo’lgan paytda MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) direktori vazifasiga J.Vulsi tayinlangandi. U Stenford universitetini tugatgan. Oksfordda o’qigan. Huquqshunoslikdan Yelsk universitetida dissertatsiya yoqlagan. Ko’pincha shunday ko’p bosqichli bilim olish bunday yuqori mansabga ko’tarilishda qanday rol o’ynaydi? Tanishlaringiz ichidan kimlarni bilasiz? Siz ularga havas qilasizmi?
10. Nima sababdan yaxshi ta’minlangan oilalarning ko’pchiligida ayollar to’la bo’lmagan ish kuni ishlashadi yoki umuman ishlashmaydi. Oiladagi bolalar soni, uy yumushlari kam ta’minlangan shunday oilalarnikidan ko’p emas. Bu erda qaysi effekt: o’rin bosishmi yoki daromad effekti ustun?
11. Topishmoq: Uning o’g’li o’g’irlik, qizi esa ocharchilik. U nima?
T/N
1. Qachonki yollangan ishchilar miqdori ular yaratgan me’yoriy mahsulot Hajmi bilan ish xaqi stavkasiga teng bo’lsa, raqobatli bozorda ish yuritayotgan firma o’z foydasini maksimallashtirishga erishadi.
2. Mehnat taklifi raqobatli bozorda faoliyat yuritayotgan firma uchun mutlaq noelastik bo’ladi.
3. Agar tovar va xizmatlarga chakana baholar nominal ish xaqi stavkasiga nisbatan tezroq o’ssa, u holda real ish xaqi pasayadi.
4. Firma monopolistik mehnat bozorida ish xaqi stavkasini o’rnatadi.
5. Ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqi vaqtbay yoki donabay ish haqi deb ataladi.
6. Hozirgi paytda keng qo’llaniladigan ish xaqi tizimiga
* guruhiy (jamoa) ishbay mukofotli;
* vaqtbay mukofotli ish haqi to’lash;
* tabaqalashgan ish haqi to’lash;
* ishbay progressiv ish haqi to’lash;
* vaqtbay progressiv ish haqi to’lash;
* «ishni analitik baholash» tizimi va boshqalar kiradi.
7. Ish haqi bir tomondan yollangan ishchini mehnat unumdorligi va intensivligini oshirishga undaydi. Ikkinchi tomondan, samarali mehnat stimulini yaratadi.
8. Amerikalik iqtisodchi Jeyms Byukenen «Inson kapitali» fundamental tadqiqoti, inson kapitali nazariyasiga oid ishlari uchun 1992 yili iqtisod sohasida Nobel mukofotini olgan.
Testlar
1. Real ish haqini o’zgarish darajasini, nominal ish haqi darajasi bilan:
a) tovar va xizmatlar bahosi darajasi;
b) foyda normasi;
v) soliqqa tortish stavkasi;
g) ish vaqtining uzunligi;
d) mehnat unumdorligi bilan taqqoslash orqali aniqlash mumkin.
2. Ish haqi stavkasini o’sishi bilan
a) agar mehnatga talab elastik bo’lsa, bandlik qisqaradi;
b) agar mehnatga talab mutloq noelastik bo’lsa, bandlik qisqaradi;
v) agar mehnatga talab elastik bo’lsa, bandlik o’sadi;
g) agar mehnatga talab noelastik bo’lsa, bandlik o’sadi;
d) agar mehnatga talab noelastik bo’lsa, bandlik qisqaradi.
3. Ish haqini kasaba uyushmalari bosimi bilan oshirilishi bilan
a) bandlik miqdori o’zgarmaydi;
b) bandlikning kamayishiga olib keladi;
v) bandlikning o’sishiga olib keladi;
g) mehnat unumdorligini pasaytiradi;
d) ish vaqtini uzaytirishga olib keladi.
4. Mehnat taklifini ishchi sonining o’zgarmagani holda bo’sh vaqt evaziga ko’payishi
a) daromad effekti;
b) baho effekti;
v) o’rin bosish effekti;
g) miqdor effekti;
d) alohida manfaatlar effekti deb ataladi.
5. Ishlovchining bo’sh vaqtni ko’proq qadrlashi evaziga mehnat taklifining kamayishi
a) baho effekti;
b) o’rin bosish effekti;
v) daromad effekti;
g) miqdor effekti;
d) alohida manfaatlar effekti deb ataladi.
6. Ish haqi dinamikasi va darajasiga mehnat bozori kon’yunkturasidan tashqari quyidagilardan qaysi biri ta’sir qilmaydi?
a) tabiiy mehnat resurslari;
b) texnika, texnologiya darajasi;
v) mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
g) mamlakatda qonunlar ijrosi va siyosiy vaziyat;
d) ishchilarni xohish-ehtiyoji.
7. Firma mehnat bozorida monopsoniya hisoblanadi, lekin tayyor mahsulot bozorida monopol mavqega ega emas. Raqobatdosh firmalarga nisbatan u:
a) ko’proq ishchilarni yollaydi va nisbatan yuqori ish haqi belgilaydi;
b) kamroq ishchilarni yollaydi va nisbatan pastroq ish haqi belgilaydi;
v) kamroq ishchilar yollaydi va yuqoriroq ish haqi tayinlaydi;
g) ko’proq ishchilar yollaydi va kamroq ish haqi belgilaydi;
d) ishchilar sonini o’zgartirmaydi, ko’proq ish haqi belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |