Respublikada YaIMda monopoliyalar ulushi %da.
|
1998
|
1999
|
2000
|
2001
|
Yalpi ichki mahsulotda monopol mahsulotlar hissasi
|
25,7
|
22,9
|
21,7
|
20,5
|
Sanoat mahsulotlari ulushi
|
14,9
|
14,3
|
13,8
|
14,3
|
5. Respublikamizda 2004 yil monopol korxona va mahsulotlar soni quyidagicha bo’lgan deylik:
|
Korxona soni
|
Mahsulot soni
|
1. Non va bulka mahsulotlari
|
21
|
43
|
2. Ko’mir
|
6
|
7
|
3. Oziq-ovqat mahsulotlari
|
92
|
35
|
4. Gaz
|
5
|
6
|
5. Engil sanoat
|
43
|
87
|
6. Mahalliy sanoat
|
12
|
17
|
7. Neft-kimyo sanoati
|
27
|
50
|
8. Mashinasozlik
|
30
|
60
|
9. Qurilish materiallari
|
71
|
193
|
10. Xizmatlar
|
338
|
659
|
11. Boshka tarmoqlar
|
108
|
238
|
Jami
|
753
|
1532
|
Sizning fikringizcha qaysi sohalarni tabiiy monopoliyaga kiritsak, to’g’ri bo’ladi? Unga ko’ra, korxonalar va mahsulotlar bo’yicha tabiiy va sun’iy monopoliyalar hissasini aniklang.
Tabiiy monopoliyalar sun’iy monopoliyalardan qanday farqlanadi, izohlang. Javobingizni asoslab bering.
6. Quyidagi jadvalda mukammal raqobat sharoitida firmaning faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.
P
|
Q
|
TR
|
TC
|
TVC
|
TFC
|
ATC
|
AVC
|
MC
|
|
100
|
|
|
250ming
|
150ming
|
|
|
3ming
|
Bozorda mahsulot birligiga baho 5 ming so’m miqdorida o’rnatiladi.
1). Jadvaldagi etishmovchi ma’lumotlarni topib, jadvalni to’ldiring.
2). Firma foydani maksimallashtirish uchun harakat qiladimi yoki zararni minimallashtirish uchun, aniklang.
3). Firma foydani ko’paytirish, zararni kamaytirish uchun nima qilishi kerak, tushuntiring.
a) mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish;
b) mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish;
v) korxonani yopish,
g) hech narsani o’zgartirish kerakmas.
4). Aytaylik, firmani yopilish vaziyati vujudga keldi. Bu qanday baho darajasida yuz beradi?
7. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing.
a) AQShda meditsina va yurispundentsiya bo’yicha xususiy ish ochish uchun hukumat organlaridan litsenziya olish zarur.
b) O’zbekistonda tabiiy resurslar davlat mulki hisoblanadi. Undan tashqari ulardan juda ko’plarini qayta tiklab bo’lmaydi.
v) Mualliflik huquqi bo’yicha qonunchilik rivojlangan mamlakatlarda firma odatda o’z mahsulotini patent yordamida himoya kiladi, shuningdek undan nusxa ko’chirishni ham faqat o’zi amalga oshiradi yoki uning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ko’rsatilgan misollarni tahlil qiling va quyidagi savollarga javob bering:
1). Tarmoqqa kirishga qo’yiladigan to’siqlar deganda nima tushuniladi?
2). To’siqlar, bar’erlar muammosi nimada?
3). Bar’erlarni qanday tasniflash mumkin?
8. Siz katta merosga ega bo’ldingiz va o’z ishingizni ochishchga qaror qildingiz. Siz velosiped ishlab chiqaruvchi zavod qurmokchisiz. Tarmoqqa kirish uchun qanday to’siqlarni engib o’tishingizga to’g’ri keladi:
a) ishlab chiqarish quvvati yoki masshtab effekti;
b) moliyaviy to’siqlar;
v) litsenziya;
g) hukumat ijro organlari yoki qonun chiqaruvchi aloqalar;
d) pora berish zaruriyati;
e) reklama kampaniyasi;
j) faoliyat yuritayotgan boshqa firmalar tomonidan g’irrom raqobat olib borish.
Ko’rsatilgan to’siqlar O’zbekiston uchun ham rivojlangan mamlakatlar: GFR, AQSh, Frantsiya uchun ham umumiymi?
9. Quyidagilarni diqqat bilan o’king. Tushunchalar ichida guruhga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlang va uni ro’yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.
Tushunchalar: «O’zbekiston Havo yo’llari», «O’zbekiston temir yo’ddari», «Toshshahargazta’minot», Qo’yliq dehqon bozori, «Toshissiqquvvat» ishlab chiqarish birlashmasi, «Suvsoz» tresti, «O’zbekenergo» davlat aktsionerlik kompaniyasi.
TN
1. Raqobatli bozorda uzoq muddatli davrda normal foyda nolga teng
2. Ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarni xususiyatlaridan hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslar, infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari tabiiy monopoliyalarga kiradi. Respublikamizda tabiiy monopoliyalar faoliyati «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi qonun (1999 y.) asosida tartibga solinadi
3. Monopoliya raqobatbardosh tarmoqqa nisbatan yuqori samaradorligi boisi yuqori foyda oladi
4. Talab egri chizig’i monopoliya uchun doimo gorizontal
5. Mukammal raqobatli firmalar bozorda monopolistik bozorga qaraganda nisbatan ko’prok turli-tuman tovarlar taklif qiladi
6. Agar oligopolistik bozorda firma mahsulot narxini ko’tarsa yoki tushirsa, mahsulot hajmini ko’paytirsa yoki kamaytirsa u raqobatchi firmalarning foydasi va mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiladi
7. Monopolistik raqobatli bozorda resurslardan samarali foydalanib bo’lmaydi
8. Oligopoliyalar o’rtasidagi raqobat ko’pincha narx yordamida amalga oshiriladi
9. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch
10. Raqobatni qanday tarzda amalga oshirilishiga ko’ra halol yoki g’irrom raqobatga bo’linadi
11. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir.
12. Bozor iqtisodiyotida reklama qilish-qilmaslikning ahamiyati yo’q
Testlar
1. «Mukammal raqobatdosh firma» tushunchasi bu firma:
a) o’z raqiblari bilan raqobatning faqat qonuniy metodlarini qo’llashni;
b) bozor bahosi shakllanishiga ta’sir o’tkazmasligini;
v) bozorni egallash uchun har qanday metodlarni qo’llashni;
g) raqobatda o’zi uchun ko’zlagan bahosini o’rnatishga erishishni;
d) o’z raqiblari bilan halol raqobat kurashi olib borishini anglatadi.
2. Agar firma mukammal raqobatli bozorda faoliyat yuritar ekan, o’z mahsulotini taklifini qisqartirsa, u holda:
a) mahsulotni bozor bahosini pasayishiga olib keladi;
b) taklifni kamaytiradi, mahsulot narxini ko’taradi;
v) mahsulotning bozor bahosini o’sishiga olib keladi;
g) bozorga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi;
d) taklifni ko’paytiradi, mahsulot narxini pasaytiradi.
3. Quyidagi bozorlardan qaysi birlarini mukammal raqobatga asoslangan bozorga kiritish mumkin?
a) avtomobil, velosiped bozori;
b) muzlatkich, televizor bozori;
v) dehqon bozori, qimmatli qog’ozlar bozori;
g) axborot, intellektual mulk bozori;
d) ko’chmas mulk bozori.
4. Tabiiy monopoliyaga ... misol bo’la oladi.
a) OPEK – xalqaro neft karteli;
b) Fallabank;
v) «Sharq» matbaa ishlab chiqarish kontserni;
g) IBM kompaniyasi;
d) Toshkent metropoliteni.
5. Aytaylik monopolist 10 birlik tovarini 10000 so’mdan sota oladi. 11- tovarni sotish esa uni bahosini 9950 so’mga tushishiga olib keladi. Bunda me’yoriy daromad sotish hajmini 10 birlikdan 11 birlikkacha o’sishi evaziga
a) 10000;
b) 9950;
v) 9450;
g) 9400;
d) 10995 so’mga teng bo’ladi.
6. O’zbekiston iqtisodiyotida ko’pchilik bozor:
a) mukammal raqobatga asoslanadi;
b) tartibga solib bo’lmaydigan monopoliya;
v) tartibga solinadigan monopoliya;
g) muayyan raqobatga va monopolistik bozorga xos elementlarga xos;
d) tabiiy monopoliyalardan iborat.
7. Oligopoliya – bu
a) bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi ko’plab firmalar;
b) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchi ko’plab raqobatdosh firmalar;
v) bir necha yirik raqobatdosh firmalar;
g) bitta yirik firma;
d) yagona yirik iste’molchi kompaniya.
8. Birinchi bo’lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan iqtisodchi – bu
a) Ogyusten Kurno;
b) Edvard Chemberlen;
v) Joan Robinson;
g) Jon Gelbreyt;
d) Alfred Marshall.
9. Mukammal va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umumiy tomoni
a) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaradi;
b) bozorda sotuvchi va xaridorlar soni ko’p;
v) har bir firma o’z mahsulotiga talab egri chizig’i gorizontal bo’lgan sharoitga duch keladi;
g) bir turdagi tovarlar ishlab chiqarishadi;
d) har bir firma o’z raqiblarini reaktsiyasiga ko’ra ish tutadi.
10. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozor bilan quyidagi tomonlari bilan o’xshash
a) tarmoqqa kirish uchun to’siklar yo’qligi;
b) firmalar uchun strategik yo’nalish xos;
v) uncha ko’p bo’lmagan sotuvchilar ish yuritishadi;
g) firmalar bozorda hukmron rol o’ynaydi;
d) firmalar tarmoqdan to’siqlarsiz chiqib ketadi
11. Kartel bitimini buzish uchun urinish shuncha kam bo’ladi, qachonki:
a) bitimni buzilishi va uni aniqlash o’rtasida uzoq vaqt o’tishi;
b) bitimga rioya qilinmagani sezilmaslik ehtimoli yuqori bo’lsa;
v) diskontlash koeffitsienti yuqori bo’lsa;
g) kartel a’zolari o’rtasida xarajatlar teng bo’lsa;
d) kartel bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tartibga solganda.
12. Tarmoqda 40 ta firma bo’lib, ulardan hech biriga umumiy ishlab chiqarish hajmining 3%dan ortig’i to’g’ri kelmaydi. Mahsulot bozorda tabaqalashgan hisoblanadi. Bunday tarmoq:
a) monopolistik raqobatga;
b) sof monopoliyaga;
v) mukammal raqobatga;
g) oligopoliyaga;
d) monopsoniyaga misol bo’la oladi.
13. Oligopoliyani boshqa bozor modellariga nisbatan tahlil qilish qiyin, sababi ...
a) firmalar soni shuncha ko’pki, ularni nima qilishini aniqlik bilan aytib bo’lmaydi;
b) me’yoriy xarajat va me’yoriy tushum egri chiziqlari oligopoliyalar uchun muvozanatli narxni va miqdorni aniqlashda hech qanday rol o’ynamaydi;
v) firmalar faoliyati bir-biriga bog’liq bo’lmay, har biri haqida ma’lumot to’plash qiyin;
g) boshqa bozor modelidagi firmalardan farqli ravishda oligopolistik bozorda firmalar foydani maksimallashtirishga intila di deb, faraz qila olmaymiz;
d) firmalar o’rtasida sezilarli darajada bog’lanish mavjud hamda oligopolistik bozorda firmani bir qarorga kelishi boshqa bozorlarga nisbatan noaniqroq
Dostları ilə paylaş: |