Ўзбекистон республикаси олий ва


T/N 1T; 2T; 3N; 4T; 5N; 6T; 7N; 8N; Testlar



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə38/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

T/N
1T; 2T; 3N; 4T; 5N; 6T; 7N; 8N;
Testlar
1a); 2a); 3d); 4g); 5g); 6 a); 7b;


12-mavzu. Sarf-xarajatlar va foyda nazariyalari
Asosiy tushunchalar



1. Iqtisodiy yoki zimmadagi xarajatlar
2. Tashki xarajatlar
3. Ichki xarajatlar
4. Doimiy xarajatlar
5. O’zgaruvchan xarajatlar

6. Umumiy xarajatlar
7. O’rtacha xarajatlar
8. Me’yoriy xarajatlar
9. Iqtisodiy foyda
10. Normal foyda



a) Qo’shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq umumiy xarajatlarning o’sishi.
b) Tanlangan resurslarni eng ma’qul ishlatish, o’zgalar ishlatishiga yo’l qo’ymay, ularni sotib olish uchun resurslar egasiga to’langan haq.
g) Mahsulot birligiga sarflangan xarajatlar.
d) Miqdori ishlab chiqarish hajmiga bog’liq xarajatlar.
e) Chetdan jalb etilgan iqtisodiy resurslarga to’langan pul.
yo) Ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar, boshqacha aytganda barcha xarajatlar.
j) Hech bo’lmaganda bir resursning o’zgarmagani holda boshqa resursni o’sishi evaziga umumiy mahsulotni ko’payishi.
z) Firma, korxonaning ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi;
j) Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solishning alternativ qiymati;
i) Ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlar;
v) Umumiy tushum bilan iqtisodiy xarajatlar o’rtasidagi farq.


Masala va mashqlar

1.«O’qish uchun to’langan haq, sizning qizingiz yoki o’g’lingizni o’qishi uchun ketadigan xarajatlarning 43% ini qoplaydi, xolos. Shuning uchun sizlarni universitetimizda bilim berishning asosi bo’lgan faoliyat turlarini qo’llash uchun ehson qilishlaringizga umid qilamiz» Bu so’zlar amerikadagi obro’li universitetlardan birining ota-onalarga yuborgan xatidan olingan. Bu universitetda yillik o’qish haqi 10 000 dollar atrofida.


Agar student o’qish xaqining 43%ini to’lasa, o’qish xaqining umumiy summasini hisoblang.
Agarda student o’qishni tashlasa universitetning xarajatlari 23 356 dollarga kamayadimi?

2. Erkinjonlarning 6 sotix tomorqasi bor. U har kuni tomorqada 30 minutdan ishlar edi. Endi u kuniga 1 soatdan ishlashga qaror qildi. Endi oladigan hosil 2 marta ko’payadimi? O’z fikringizni asoslang.


3. Nargiza pechene pishirayapti. hamirga u ikki barobar ko’prok shakar soldi. Nargizaning pishirgan pechenesi 2 barobar ko’payadimi? Undan qanday xulosa chiqarish mumkin?


4. Fermerning oilasi 20 ga erda Hosil etishtiradi, shu erga to’lanadigan bonitet bali bo’yicha renta (er solig’i)1 ga uchun 2000 so’m, yollanma ishchilarga to’lanadigan haq yiliga 600 ming so’m, material, urug’lik, mineral o’g’it, yonilg’i va boshqa xarajatlari 700 ming so’m, olingan qarzlarga bankka to’lanadigan yillik foiz 140 ming so’m, asosiy kapital amortizatsiyasi (mexanizmlar xizmat muddati 10 yil) – 400 ming so’m, Agarda fermer mexanizmlarini sotib, bankka qarzini to’lasa, unda 3 million so’m qoladi.


Fermer asosiy kapital bilan bankka qarzi o’rtasidagi farqni biznesga qo’yib, shu summadan 12 % miqdorida daromad olishdan voz kechgan. Fermerga yillik 600 ming so’m daromad bilan ishlashni taklif qilishayapti. Uning ayoli ham fermada ishlaydi. Boshqa joyda ishlaganda 200 ming so’m Haq olgan bo’lar edi. Fermer o’zining tadbirkorlik talantini 600 ming so’m baholaydi.
Fermer xo’jaligining yillik buxgalteriya va iqtisodiy xarajatlarini aniqlang.
Agar fermer oilasining daromadi 3 million so’m bo’lsa, buxgalteriya va iqtisodiy foydani Hisoblang. Ularni aniqlashdan qo’yilgan asosiy maqsad nima?

5. Mahsulot ishlab chiqarishning o’zgarishiga ko’ra, iqtisodiy xarajatlar va uning tarkibi quyidagicha o’zgaradi.



Ishlab chiqarilgan mahsulot

FS

VC

TS

MS

AFS

AVS

ATS

0

120

0

120




-

-

-

1

120

90

210




120

90

210

2

120

170

290




60

85

145

3

120

240
















4

120

300
















5




370
















6




450
















7




540
















8




650
















9




780
















10




930
















Doimiy xarajatlar FS; O’zgaruvchan xarajatlar VC; Umumiy xarajatlar TS; Me’yoriy xarajatlar MS; O’rtacha xarajatlar ATS; O’rtacha doimiy xarajatlar AFS; O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar AVS; Bu kategoriyalarni aniklashni tushunish uchun eng ma’quli masaladan hamda grafik shaklidan foydalanish.
A) Berilganlar bo’yicha xarajatlarni hisoblab, jadvalni to’ldiring. Ularni grafik orqali ifodalang.
B) Bunda doimiy, o’zgaruvchan va umumiy xarajatlar egri chiziqlarini bitta grafikda ifodalang:
- doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar o’rtasida qanday farq bor?
- nima sababdan FS gorizontal chiziqni ifodalaydi?
- nima sababdan TS egri chizig’i VC egri chizig’iga o’xshash? Izohlang.
V) O’rtacha doimiy AFS, o’zgaruvchi AVS, umumiy ATS va me’yoriy xarajatlar egri chizig’ini bitta grafikda ifodalang:
-mahsulot o’sishi bilan AFS egri chizig’i qanday o’zgaradi? Nima sababdan?
- AVS egri chizig’i qanday o’zgaradi? Nima sababdan?
- o’rtacha xarajatlar qanday o’zgaradi, nima sababdan?
- me’yoriy xarajatlarchi, nima sababdan? Izohlang.
6. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Uning qaysi birlarini o’zgaruvchan xarajatlarga, qaysi birlarini doimiy xarajatlarga qo’shamiz va nima sababdan?
1) bino, inshoat, asbob uskuna amortizatsiyasi;
2) ishchilarni ish xaqi;
3) korxona direktorining belgilangan maoshi;
4) mulk solig’i;
5) elektr energiyasi va suv xarajatlari;
6) xom ashyo xarajatlari;
7) material va instrumentlar sotib olish xarajatlari;
8) qo’yilgan o’z pul mablag’lariga boy berilgan protsent;
9) er solig’i

7. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bozor bahosi 7000 so’m, umumiy xarajatlar eng optimal miqdor 12 ta mahsulot ishlab chiqarganda 96000 so’mga teng. O’zgaruvchi xarajatlar (AVC) esa 60000. O’rtacha va o’rtacha o’zgaruvchi, doimiy xarajatlarni hisoblang. Sizningcha menejer qisqa muddatli davrda qanday qarorga kelishi kerak?


Ishlab chiqarishni to’xtatib, tarmoq, bozorni tashlab ketishi kerakmi yoki yo’q. Javobingizni izohlang. Grafikda ko’rsating.

8. 100 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun umumiy xarajatlar TS 300 ming so’m, 500 dona ishlab chiqarish uchun esa 600 ming so’m sarflanadi. Agar xarajatlar funktsiyasi to’g’ri chiziqda ifodalansa, 400 dona mahsulot ishlab chikarish uchun xarajatlarni hisoblang.


9. Aytaylik, 200 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 200 ming so’m, 201 donasiga 201 ming so’m, 202 donasiga 202 ming so’m sarflanadi. Hozirgi paytda 201 ta mahsulot ishlab chiqarganda firma foydasini maksimal darajaga etkazadi. Firmaga shoshqaloq xaridor murojaat qildi. Qo’shimcha bitta 202-mahsulot uchun u 3000 to’lashga tayyor ekanligini uqtirdi. Agar qo’shimcha bitta mahsulot ishlab chiqarish va sotish firmaning boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishi va sotishiga xalaqit bermasa, u 202-mahsulotni ishlab chiqarishga rozi bo’lishi kerakmi? Javobingizni izohlang.


10. Olimjon firmada injener bo’lib, oyiga 50 ming so’m maosh olardi. U kichik korxona tashkil qildi. Buning uchun 150 ming so’m bankdagi jamgarmasini olib ishlatdi. Undan tashqari bankdan 300 ming so’m kredit oldi. Undan 300 ming so’mni uskunalar sotib olishga sarfladi.


Agar yillik kredit protsenti 20%, bankdagi saqlayotgan puliga yillik foiz 12% bo’lsa, iqtisodiy va buxgalteriya xarajatlarini hisoblang.
11. Mukammal raqobat sharoitida firma yiliga 20 ming dona telefon ishlab chiqaradi. O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar 17500 so’m. O’rtacha iishlab chiqarish xarajatlari 21500 so’m. Bitta telefonning bozor bahosi 25000 so’m. U holda firma qancha foyda ko’radi?
12. Firma mart oyi davomida 500 dona mahsulot ishlab chiqardi. Uning umumiy xarajatlari 1mln. so’mni tashkil etdi. May oyida esa mahsulot ishlab chiqarishni 600 donaga etkazdi. Umumiy xarajatlar esa 1,26 mln. so’mga etdi. Doimiy xarajatlar 200 ming so’m. Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o’rtacha, o’rtacha doimiy, o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlarni hisoblang. Bu ko’rsatkichlar va ularni mahsulot miqdorini ortishiga ko’ra qanday o’zgarishi haqida o’z fikringizni izohlang.

13. Quyidagi jadvalda tovar ishlab chiqarish uchun kapital va mehnat xarajatlarini hamda mahsulot TR miqdorini o’zgarishi berilgan.


Berilgan ma’lumotlar asosida:
A) Mehnat xarajatlarining (ishlovchilar soni) o’zgarishi bilan me’yoriy mahsulot hajmi qanday o’zgargan, hisoblang. Nechanchi ishchini ishga yollagandan so’ng me’yoriy mahsulot kamayishni boshlaydi?
B) Har bir qo’shimcha ishchini yollagandan so’ng, o’rtacha mahsulot (AR) hajmini hisoblang. Qachon o’rtacha mahsulot maksimal darajaga etadi?
V) Ishlab chiqarishda band bo’lganlarning soniga ko’ra, umumiy mahsulot (TR), o’rtacha (AR) va me’yoriy (MR) mahsulotning o’zgarishi grafigini chizing.
G) Me’yoriy umumdorlik (daromad)ni pasayib borishi qonuni amal qilishini tushuntiring. Uning fazalarning ko’rsating.



Kapital
xarajatlari

Mehnat
xarajatlari

Me’yoriy
mahsulot

Umumiy
mahsulot

O’rtacha
mahsulot

K

L

MR

TR

AR

10
10
10
10
10
10
10
10
10

0
1
2
3
4
5
6
7
8




0
20
54
100
151
197
230
251
234




14. Shunday iqtisodiy kategoriya borki, shu kategoriyani ifodalagan so’zni ikki harfini almashtirsangiz uning aksi bo’lgan, o’rganayotgan mavzuga tegishli iqtisodiy kategoriyani ifodalovchi so’zning sinonimi hosil bo’ladi. Shu ikki kategoriya qatnashgan uch so’zdan iborat o’zbek xalq maqolini ayta olasizmi?


T/N
1. Kichik firmalar doimo yirik firmalarga nisbatan samarasiz
2. Zarar ko’rayotgan firmalar mahsulot ishlab chiqarishni to’xtatishlari lozim
3. Firmaning iqtisodiy xarajatlari resurs egalariga to’lovlar bo’lib, bu resurslarni boshqalar muqobil maqsadlarda ishlata olmaydi
4. Iqtisodiy foyda odatda buxgalterlik foydasidan katta
5. Agar firma ishlatayotgan resurslari 30%ga oshsa, ishlab chiqarish hajmi esa 20%ga o’ssa, u holda ishlab chiqarishning ijobiy effekti hosil bo’ladi
6. Agar o’zgaruvchi resurs narxi o’ssa, u holda ATC, AVC, va MC egri chiziqlari yuqoriga siljiydi, AFC egri chizig’i avvalgicha qoladi
7. O’rtacha doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmi o’sgan sari qisqaradi
8. Agar firmaning resurslarga xarajatlari 10%ga o’ssa, ishlab chiqarish hajmi esa 15%ga o’ssa, u holda masshtab ijobiy effekti kuzatiladi
9. Agar o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar AVC ishlab chiqarish hajmi ko’paygan sari qisqarsa, u holda me’yoriy xarajatlar AVCga nisbatan past bo’ladi
10. Qiska muddatli davrda firma 500 dona mahsulot ishlab chiqaradi. O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar 2000 so’m, o’rtacha doimiy xarajatlar 500 so’m, umumiy xarajatlar esa 1100 so’m bo’ladi


Testlar
1. Firmaning doimiy xarajatlari bu -
a) resurslarni sotib olish xarajatlari;
b) mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan minimal xarajatlar;
v) firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadigan xarajatlar;
g) mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga bog’liq xarajatlar;
d) mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o’rtacha xarajatlar.

2. Firmaning o’zgaruvchi xarajatlari bu -


a) mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o’rtacha xarajatlar;
b) me’yoriy xarajatlar;
v) firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadigan xarajatlar;
g) mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga bog’liq xarajatlar;
d) mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan minimal xarajatlar;

3. Me’yoriy xarajatlar bu -


a) qo’shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qo’shim-cha xarajatlar;
b) qo’shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan maksi-mal xarajatlar;
v) qo’shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun doimiy xarajatlar
g) qo’shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan minimal xarajatlar;
d) qo’shimcha sarflangan uzoq muddatli davriy xarajatlar;


4. Firmaning qisqa muddatli davrdagi umumiy (yalpi) xarajatlari (TS) bu -
a) doimiy (FS) va me’yoriy (MS) xarajatlar yig’indisi;
b) o’rtacha o’zgaruvchi (AVS) va o’rtacha doimiy xarajatlar (AFS) yig’indisi;
v) o’rtacha o’zgaruvchi (AVS) va me’yoriy (MS) xarajatlar yig’indisi;
g) doimiy (FS) va o’zgaruvchi (VS) xarajatlar yig’indisi;
d) o’rtacha doimiy (AFC) va o’zgaruvchi (VS) xarajatlar summasi;
5. Qisqa muddatli davrda firma maksimal darajada foyda olish uchun mahsulot ishlab chiqarishni to’xtatadi, agarda …
a) narx minimal o’rtacha umumiy xarajatlardan kam bo’lsa;
b) normal foyda o’rtacha tarmoq foydasidan past, bo’lsa;
v) umumiy daromad umumiy xarajatlardan past bo’lsa;
g) umumiy tushum umumiy o’zgaruvchi xarajatlardan kam bo’lsa;
d) o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar narxdan past bo’lsa.

6. Agar firma resurslar sotib olgan xarajatlarini 10% ga oshirsa, bunda ishlab chiqarish hajmi esa 15% ga ortsa, u holda:


a) ishlab chiqarishda salbiy masshtab effekti kuzatiladi;
b) ishlab chiqarishda ijobiy masshtab effekti kuzatiladi;
v) unumdorlikni pasayib borish qonuni amal qiladi;
g) o’rtacha umumiy xarajatlar ortadi;
d) firma maksimal foyda oladi.

7. Iqtisodiy foydaning o’sishi raqobatli bozorda nimaga olib keladi?


a) amal qilayotgan firmalarning ishlab chiqarishni kengaytirishga;
b) tarmoqqa yangi firmalar kirib kelishiga;
v) mahsulotni bozor bahosini o’sishiga;
g) ishlatilayotgan resurslar bahosini o’sishiga;
d) bu foydani borgan sari nolga yaqinlashtiradigan omillar vujudga kelishiga olib keladi.

8. Quyidagilardan qaysi biri «normal foyda» tushunchasini nisbatan aniqroq ifodalaydi?


a) firmaning me’yoriy xarajatlari me’yoriy daromadlarga MC=MR teng bo’lganda olinadigan foyda;
b) tipik firma tomonidan tarmoqdagi olinadigan foyda;
v) firma normal tarzda ish yuritganda oladigan foyda;
g) tadbirkorga yaxshi yashashini ta’minlaydigan miqdordagi foyda.
d) firma mazkur faoliyat bilan shug’ullanishi uchun zarur bo’lgan minimal foyda;

9. Quyida sanab o’tilgan xarajatlardan qaysi biri me’yoriy xarajatlarga bevosita ta’sir ko’rsatadi?


a) umumiy xarajatlar;
b) o’rtacha doimiy xarajatlar;
v) o’zgaruvchi xarajatlar;
g) doimiy xarajatlar;
d) tashqi xarajatlar;

10. Qaysi o’rtacha xarajatlar egri chizig’i botiq yoy shaklini ifodalamaydi?


a) o’rtacha o’zgaruvchi AVC xarajatlar;
b) o’rtacha (umumiy) yalpi ATC xarajatlar;
v) o’rtacha doimiy AFC xarajatlar;
g) uzoq muddatda o’rtacha xarajatlar LAC;
11. Uzok muddatli davrda …
a) hamma xarajatlar doimiy bo’ladi;
b) o’zgaruvchi xarajatlar doimiy xarajatlarga nisbatan tez o’sadi;
v) doimiy xarajatlar o’zgaruvchi xarajatlarga nisbatan tez o’sadi;
g) Hamma xarajatlar o’zgaruvchan bo’ladi;
d) me’yoriy xarajatlar nisbatan tez o’sadi;

12. Ishlab chiqarishda umumiy o’rtacha xarajatlar minimal miqdorda bo’ladi, qachonki:


a) AVSTFS;
b) foyda maksimal darajada bo’lganda;
v) MS AVS;
g) MS ATS;
d) MS AS;

13. Quyidagi xarajatlardan qaysi biri firmaning optimal ishlab chiqarish Hajmini belgilashda e’tiborga olinmaydi:


a) o’rtacha o’zgaruvchi;
b) buxgalteriya xarajatlari;
b) o’rtacha doimiy;
g) me’yoriy;

14. Naflilikning pasayib borishi qonunini amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri to’g’ri kelmaydi?


a) universal qonun bo’lib doimo amal kiladi;


b) uning amal qilish doirasi cheklangan bo’lib, eng avvalo kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar xizmatlarga tegishli;
v) qisqa muddatli davrga xos;
g) ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi;
d) naflilikni baholuvchi yagona o’lchov yo’q.

15. O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar yigirma ming so’m, o’rtacha doimiy xarajatlar besh ming so’m, umumiy xarajatlar teng bo’ladi:


a) 25000
b) 1250000
v) 750000
g) mavjud ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas



Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin