Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə35/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

Masala va mashqlar
1. Mulkdor bilan tadbirkor tushunchasi birmi? Quyidagi javoblardan qaysi biri to’g’ri?
A) Yo’q. Bu ko’proq yakka egalik asosida tashkil etilgan korxona shchakliga xos. Korporatsiyalarda mulkdor bilan tadbirkor tamomila farq qiladi. Siz biron-bir firma aktsiyasiga ega bo’lishingiz bilan hamkorlikdagi mulkka sherik bo’lasiz. Tadbirkorlikka esa Hech qanday aloqangiz yo’q.
B) Ha. Mulkdor bo’lgandan keyin tadbirkor bo’ladi. Mulkka yakka egalik qilish shart emas. Tadbirkor o’zi mulkka ega bo’lgandagina tadbirkor bo’lishi mumkin. Tadbirkorlik bilan shug’ullanar ekan, mulkdor bo’lishi shart.
2. Iqtisodiy nazariyadan ma’lumki, tadbirkorlik risk bilan bog’liq. O’ylab ko’ringchi, bu risk aniq nima bilan bog’liq, deb o’ylaysiz?
a) pul yo’qotish bilan;
b) obro’-e’tiborni yo’qotish bilan;
v) bozor iqtisodiyotiga xos xususiyat noaniqlik uning doimiy yo’ldoshi ekanligi bilan;
g) axborot asimmetriyasi bilan;
d) mol-mulkni yo’qotish bilan;
e) to’g’ri qaror qabul qila bilmaslik bilan;
yo) qat’iyat etishmasligi bilan;
Bulardan qaysi biri siz uchun shaxsan katta ahamiyatga ega? Tadbir-korlik bilan shug’ullanadigan bo’lsangiz qaysi biriga ko’proq ahamiyat bergan bo’lardingiz?
3. Firmada sizning ulushingiz 500000 so’m. Sizdan boshqa teng huquqli 19 ta sherik bor. Firmaning ustav kapitali 10 mln. so’m. Firma 50 mln. so’mlik zarar ko’rdi. Unga bankrotlik xavf solib turibdi. Agar korxona bankrotlikka uchrasa, sizning zimmangizga tushadigan mablag’ni hisoblang:
a) agar mas’uliyati cheklanmagan;
b) aktsionerlik jamiyati bo’lsa;
4. 2003 yili «Toshqishloqmash» OAJ 1630 mln. so’mlik mahsulot sotdi. «O’zqishloqmash» OAJda esa 764 mln. so’mlik mahsulot sotildi. Asosiy kapital (asosiy fond)ning o’rtacha qiymati muvofiq ravishda 3476 mln. so’m va 845 mln. so’m. Inlab chiqarish quvvati esa 3167 mln. so’m va 1421 mln. so’m. Korporatsiyalarning kapital (fond) unumdorligi, kapital (fond) sig’imi, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasini hisoblang. Natijani taqqoslang va ularning faoliyatiga baho bering. Ana shu iqtisodiy ko’rsatkichlarni yuqori darajada bo’lishi uchun sizningcha nimalar qilish kerak? Fikringizni asoslab bering.
5. AQShda biznesning tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagicha

Biznes shakllari

Firmalar soni Ularning umumiy
sotish hajmidagi ulushi,%da

Individual, xususiy firmalar*
Sherikchilik
Korporatsiyalar

14783000 6
1554000 4
3717000 90

Hammasi

100

*Fermer xo’jaliklarini qo’shmaganda

Biznesning tashkiliy- huquqiy shakllari bo’yicha ulushlarini hisoblang.


Sotish hajmi va firmalar soni ulushlarini diagrammalarda ifodalang. Ularni taqqoslash asosida qanday xulosalar chiqarish mumkin. Javobingizni izohlang.
6. Topishmoq: Bir vosita borki, u barcha-tartib qoidalari bilan sotiladigan bo’lsa, tadbirkor uchun mahsulot ishlab chiqarishga qaraganda ham ma’qulroq, sababi u hech qachon qadrini yo’qotmaydi.


T/N

  1. Y. Shumpeter tadbirkorni novatorligiga alohida e’tibor berib, tadbirkor ishlab chiqarish omillarini yangi nisbatlarini izlovchi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi kishi deb ta’riflaydi.

  2. Tadbirkorlikni a) iqtisodiy kategoriya, b) xo’jalik yuritish uslubi, v) iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarab o’rganish zarur.

  3. Tadbirkorning mustaqilligini ta’minlash huquqiy jihatdan asoslangan va himoyalangan bo’lishi shart emas.

  4. Iqtisodiy kategoriya sifatida tadbirkorlikning ob’ekti maksimal darajada darommad olish maqsadida ishlab chiqarish omillarini samarali nisbatini topib ishga tushirishdir.

  5. Tadbirkorlik qilishni hamma eplaydi, qiyini hujjatlarni rasmiylashtirish.

  6. Kichik korxonaning muhim afzalligi uni tez tashkil etish mumkinligi, kapital aylanish tezligini yuqoriligi, bozor talabiga tezda moslashuvchanligi

  7. Tikuvchilik korxonalarining asosiy xom ashyosi material. Shuning uchun uni asosiy kapitalga misol qilib keltirish mumkin.

  8. Amortizatsiya normasi asosiy kapitalni jismoniy eskirishini hisobga olgan holda belgilanadi.

Testlar
1. Tadbirkorlikka iqtisodiy adabiyotlarda uch jihatdan qaraladi:
a) iqtisodiy kategoriya, xo’jalik yuritish uslubi, iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida;
b) iqtisodiy kategoriya, xo’jalik yuritish uslubi, mulk egasi sifatida;
v) xo’jalik yuritish uslubi, iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida mulk egasi sifatida;
g) xo’jalik yuritish uslubi, mulk egasi, daromad topishning o’ziga xos tipi sifatida;
d) iqtisodiy kategoriya, xo’jalik yuritish uslubi, daromad topishning o’ziga xos tipi sifatida;

2. Jahon iqtisodiy adabiyotida tadbirkorlikning uchta funktsiyasi ajratib ko’rsatiladi:


a) resurslar bilan ta’minlash, tashkilotchilik, ijodkorlik;
b) resurslar bilan ta’minlash, kapital bilan ta’minlash, ijodkorlik;
v) kapital bilan ta’minlash, xomashyo bilan ta’minlash, ijodkorlik;
g) resurs bilan ta’minlash, tashkilotchilik, omillarni birlashtirish;
d) tashkilotchilik, omillarni birlashtirish, ijodkorlik;

3. Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi biri yakka tartibdagi mehnat faoliyatiga asoslangan individual tadbirkorlikka to’g’ri kelmaydi:


a) individual mulkka asoslanadi;
b) o’zi mehnat qiladi;
v) olingan natija uning o’ziga tegishli bo’ladi;
g) mulkidan daromad topish maqsadida foydalanadi;
d) yollangan xodimlarga ish haqi to’laydi;

4. Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi biri xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlik faoliyatiga mos emas:


a) xususiy mulkka asoslanadi;
b) ishlab chiqarish natijasi mulk egasiga tegishli bo’ladi;
v) chetdan ishchi yollaydi;
g) kapital omiliga jamoa egalik qiladi;
d) mustaqil erkin faoliyat yuritadi;

5. Asosiy va aylanma kapitalning farqlanuvchi jihatlariga quyidagilardan qaysi birini qo’shib bo’lmaydi?


a) o’z qiymatlarini ishlab chiqarish natijasi-mahsulotga o’tkazishi;
b) doiraviy aylanishda qatnashishiga ko’ra;
v) ishlab chiqarish jarayonida o’z xossasini o’zgartirishi;
g) amortizatsiya ajratmalarini hisoblash;
d) sarflangan mablag’ning qaytishi.

6. Quyidagilardan qaysi biri biznesning korporatsiya shakli kamchiligiga kirmaydi?


a) kapitalni jalb qilishning keng imkoniyatlari;
b) tashkil etishning tashkiliy-moliyaviy murakkabliklari;
v) boshqarish xarajatlarining ko’pligi;
g) ikki tomonlama soliqqa tortish sub’ekti;
d) mulk va nazoratning ajratilishi.

7. Chayqovchilik faoliyati …


a) qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi;
b) narxlarni beqarorligi tendentsiyasini kuchaytiradi;
v) iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi;
g) doimo foyda olishga olib keladi;
d) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi.



Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin