Ўзбекистон республикаси олий ва


T/N 1T; 2T; 3N; 4T; 5T; 6N; 7T; 8N; 9T; 10N; 11T; 12N. Testlar



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə27/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

T/N
1T; 2T; 3N; 4T; 5T; 6N; 7T; 8N; 9T; 10N; 11T; 12N.
Testlar
1a); 2b); 3a); 4b); 5v); 6d); 7a); 8g); 9g).
8-mavzu. BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TISh DAVRI VA UNING
O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYaTLARI


Asosiy tushunchalar

1. Uklad
2. Ijtimoiy – iqtisodiy uklad
3. Ko’p ukladli iqtisodiyot
4. Tamoyil
5. Kontseptsiya

6. Iqtisodiy islohotlar.
7. O’tish davri
8. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi



a) Mamlakatning iqtisodiy sektorida ishlab chiqarish omillariga mulkchilikning biron – bir shakli, tartibga solish mexanizmiga muvofiq vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik yuritish shakli.


b) Faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun – qoida, nuqtai nazar, qarashlar
v) Kishining xayot kechirishi, xo’jalik yuritish printsipida o’rnatilgan yoki joriy qilinadigan tartib.
g) Turli mulk shakllari va har xil xo’jalik turlari yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot.
d) Iqtisodiyotda o’tkazilgan, amalga oshirilgan tub o’zgartirishlar.
e) Qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli.
yo) Markaziy rejalashtiriladigan ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan totalitar iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun – qoidalari va uning O’zbekistondagi o’ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar majmui.
j) Ma’muriy buyruqbozlik tizimi o’rniga bozor iqtisodiyotiga xos mexanizmni shakllantirish uchun zarur vaqt yoki postsotsializm, postkommunizmning bozor iqtisodiyotiga transformatsiyasi davri.

Masala va mashqlar

1. Kuyidagilarni o’qing, diqqat qiling: bu o’zgarishlar iqtisodiy islohotlarning qaysi sohalariga xos.





  1. Mahalladagi sartaroshxona, do’koncha, poyafzal tuzatish ustaxonasi xususiylashtirildi.

  2. Moliya Vazirligi va Markaziy Bankning tizimi va vazifalari o’zgartirildi.

  3. Kiyim – kechaklarga qat’iy narx belgilash bekor qilindi.

  4. Yilni zarar bilan yakunlagan “Besh buloq” shirkati asosida fermer xo’jaliklari tashkil etildi.

  5. Respublikamizda 1995 yilga kelib shaxsiy tomorqa uchun ajratilgan er 700 ming gektarga etdi.

  6. Respublika tovar, xom ashyo birjasi tashkil etildi.

  7. Xom ashyo narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi.

  8. Toshkent to’qimachilik kombinati aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi.

  9. Respublika fond birjasi tashkil etildi.

  10. Uy – joy fondi xususiylashtirildi.

  11. Bojxona tarmoqlari ishlab chiqildi.

  12. Ruxsatnoma asosida chetga chiqariladigan mahsulot turlari 1994 yilning o’zidayoq 74 tadan 11 taga kamaytirildi.

  13. Ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.

  14. 2000 yili O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil qilindi.

  15. Respublikamizda non va non mahsulotlariga dotatsiyalar saqlab qolindi.

  16. Valyuta birjasi tashkil etildi.

  17. O’zbekiston 1994 yili Tariflar va savdo Bosh Bitimi (GATT)da kuzatuvchi maqomini oldi

  18. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish joriy qilindi.

  19. Respublika ko’chmas mulk birjasi tashkil etildi.

2. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Tushunchalar ichida guruhga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlang va uni ro’yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.


Tushunchalar: Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, davlat — bosh islohotchi, qonunlarning ustuvorligi, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni zarur axborot bilan ta’minlash, bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish.
T/H
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik modelining o’zi 3 guruhga bo’linib, uning mezonlari qilib:
a) davlat dasturlarining maqsadi;
b) iqtisodiyotni tartibga solish usullari;
v) iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi;
g) ish haqidagi farqlar olingan;
2. Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli guruhiga kiruvchi mamlakatlarning mulkda davlat ulushi nisbatan pastligi, jamiyat tabaqalanishining kuchayishi bilan farqlanadi.
3. Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli davlat tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berishi; iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamligi; ish xaqidagi farq kattaligi va aholi tabaqalanishi kuchliligi bilan ajralib turadi.
4. Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berishi, davlat mulki hissasi pastligi ish haqidagi farq katta emasligi bilan xarakterlanadi
5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning tarixiy nuqtai nazardan iqtisodchilar ikki guruxga bo’ladilar:
1) G’arbiy Evropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2) Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;
6. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning Janubiy Koreya modeli boshqa modellardan davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi ta’siri nihoyatda kuchliligi bilan ajralib turadi.
7. Xitoy modeli iqtisodiy islohotlarni qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlanishi bilan xarakterlanadi.
8. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli ham bir tomondan, bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy jihatlariga asoslanadi, shu bilan birga boshqa mamlakatlardan farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
9. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda boshqa mamlakatlar yo’lidan borildi.
10. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan birinchi va ehtimolki, asosiy vazifa davlat mulkini xususiylashtirish yo’lida boshlangan ishni oxiriga etkazishdir.


Testlar

1.O’zbekiston modelining o’ziga xos tomonlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning quyidagi tomoyillarida o’z aksini topgan.


a) Iqtisodiyotning mafkuradan xoli, siyosatdan ustuvorligi; Davlat – bosh islohotchi; Qonunlar ustuvorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.
b) Iqtisodiyotning mafkuradan xoli siyosatdan ustuvorligi; Davlat – bosh islohotchi; Erkin narxlar ustuvorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.
v) Iqtisodni siyosatdan ustuvorligi; Davlat – bosh islohotchi; Qonunlar ustuvorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida erkin narxlar siyosatini yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.
g) Siyosatning iqtisodiyotdan ustuvorligi; Qonunlar ustuvorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.
d) Siyosatning iqtisodiyotdan ustuvorligi; Qonunlar qabul qilish ustuvorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.
2. Iqtisodiy faoliyatni ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligi qaysi tamoyilda o’z aksini topgan?
a) Iqtisodni siyosatdan ustuvorligi;
b) Davlat – bosh islohotchi;
v) Qonunlar ustuvorligi;
g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
d) Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

3. Nima sababdan O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida ahamiyat berildi?


a) ishsiz qolgan aholini daromad bilan ta’minlash maqsadida;
b) ko’p bolali oilalarga yordam berish maqsadida;
v) aholii turmushi darajasini xaddan tashqari pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun;
g) bozor iqtisodiyotiga o’tishda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyilini amalga oshirish uchun;
d) qariyalarni inflyatsiya oqibatlaridan himoya qilish uchun;

4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni amalga oshiruvchi bosh islohotchi.


a) Jamoat tashkilotlari;
b) Siyosiy partiyalar;
v) Kasaba uyushmalari;
g) Davlat
d) Xotin – qizlar tashkiloti.

5. Prezidentimiz I.A.Karimov “Besh tamoyilning hammasi ham demokratik va iqtisodiy o’zgarishlarni muvoffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir, shu bilan birga …


a) Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi;
b) Davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
v) Iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish ustuvorligi;
g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
d) Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu etakchi tamoyillardan biridir. U iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi”, – deb ta’kidlaydi.

6. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida ikkita xal qiluvchi vazifa birdaniga amalga oshirildi. Birinchisi, ma’muriy buyruqbozlik tizimi oqibatlarini engish; tanglikka barham berish; iqtisodiyotni barqarorlashtirish; ikkinchisi, respublikaning o’ziga xos sharoit va xususiyatlarini hisobga olgan holda


a) institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish;
b) bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;
v) agrar islohotlarni amalga oshirish;
g) iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;
d) o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish.

7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’li yoki klassik yo’li:


a) 3 guruhga;
b) 2 guruhga;
v) 4 guruhga;
g) 5 guruhga;
d) 6 guruhga bo’linadi.

8. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik yo’li:


a) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;
b) aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqti-sodiyot modeli;
v) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;
g) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli;
d) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli.

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin