Masala va mashqlar
1. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotda barcha ishlar yuqoridan beriladigan buyruq bilan amalga oshiriladi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishini quyidagi masala yordamida ko’rib chiqamiz.
Shaharda bo’yi 64 m. va eni 64 m. avtomobil to’xtash joyi bor. Mamlakatda 3 xil avtomobil bo’lib, engil avtomobil eni 2 m. va bo’yi 4 m. joy egallasin. O’rtacha avtomobillar esa eni 3 m. va bo’yi 6 m., katta avtomobillar eni 4 m. va bo’yi 8 metrli joyni egallasin deylik. Mashinasini to’xtash joyiga qo’ymoqchi bo’lgan uchchala turdagi avtomobil shofyorlari juda ko’p. Aytaylik,
a) avtomobil to’xtash joyini eng qisqa muddat davomida to’ldirish zarur degan buyruq olindi. U holda avtomobillar qanday tarzda joylashtirilgan bo’lardi? Nima sababdan, izohlang.
b) avtomobil to’xtash joyiga eng ko’p mashina sig’dirishiga ko’ra musobaqa g’olibiga mukofot beriladi degan buyruq olindi. Unday buyruq nimaga olib keladi, izohlang.
v) barcha avtomobil turlari teng miqdorda joylashtirilsin, degan buyruq olindi. U xolda nechtadan avtomobil sig’ishi mumkin, izohlang.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu masala qanday Hal etilgan bo’lar edi? Fikringizni bildiring.
2. Korxonada har bir kattalar paltosini tikish uchun moddiy xarajatlar 70 ming so’mni tashkil qiladi. Agarda yoqasiga mo’yna o’rnatilsa 140 ming so’mga etadi. Bolalar paltosi uchun esa 30 ming so’m xarajat qilinadi. Mehnat sarfi bir xil bo’lib, o’rtacha 30 ming so’mga to’g’ri keladi. Agar har bir paltodan olinadigan foyda xarajatlarga nisbatan 10% ni tashkil qilsa, korxona rejani tezda bajarish uchun qanday palto va qancha tikkan bo’lar edi. Korxona quvvati kuniga 50 ta paltoga teng. Ish kuni 24 kun va bir smenali deb hisoblang.
Agar mo’yna yoqali, oddiy yoqali va bolalar paltolariga talab teng desak, talab bo’yicha palto tikkanda korxona rejani necha foizga bajargan bo’lar edi?
Qanday paltolarni tikish bilan korxona rejani bajarishi mumkin? a) U qanday oqibatga olib keladi? b) Bozor iqtisodiyotida bu masala qanday hal etiladi?
3. Ishlatilgan kompyuterlar bozorida ikki guruh sotuvchilar mavjud. Bir guruh sotuvchilar kam ishlatilgan, hali ancha-muncha foydalansa bo’ladigan, texnik jihatdan yaxshi kompyuterlar bilan savdo qilishadi. Sotuvchilar ularni 400 ming so’mdan kamiga berishmaydi. Potentsial xaridorlar esa 450 ming so’mgacha to’lashga tayyor.
Ikkinchi guruh sotuvchilar o’z resursini deyarli to’la ishlatib bo’lgan kompyuterlarni sotishadi. Ular 150 ming so’mdan yuqori har qanday narxga sotishga tayyor. Iste’molchilar bunday kompyuterlarga 180 ming so’mdan ortiq pul to’lashmaydi. Axborot asimmetriyasi tufayli bozorda kompyuterlarni sotish bahosi qancha bo’ladi? U qanday oqibatlarga olib keladi?
4. Siz «Panasonic» firma magazinidan videomagnitofonni 500 ming so’mga sotib olishingiz mumkin. Xuddi shunday magnitofonni «Ippodrom» bozoridagi audio-video texnika rastasidan 400 ming so’mga olishingiz mumkin. Boshqa sharoitlar teng. Bu farqni sababi nimada deb o’ylaysiz?
T/N
1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sotsialistik doktrinaga asoslangan bo’lib, uning o’ziga tortadigan jihati, kishilik jamiyati doimo diqqatini qaratgan 2 muammoni echishni zimmasiga olishi bo’lib, bu:
a) notinchlikni yo’q qilish;
b) jamiyat hayoti va har bir kishining hayotini jamiyatning yuqori organlari tomonidan tartibga solish, iqtisodiyot va jamiyatni boshqa sferalarini ratsional va ilmiy boshqarish orqali insonni baxtiyor yashashini ta’minlash.
2. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializm kishini o’ziga tortadigan g’oyani ilgari surishiga qaramay, inqirozga yuz tutdi. XX asr tarixida markaziy o’rinni real sotsialistik jamiyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, inqirozi egallaydi.
3. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializmni inqirozga uchrashiga sabab, uning xususiy mulkni, bozorni, raqobatni tan olish, jamiyatni demokratiyalashuvi printsiplariga amal qilishi bo’ldi.
4. Markazdan rejalashtirishga asoslangan sotsialistik tizim xo’jalik yuritishda balanslashtirish, muvozanat buzilgani, hayot kechirish pastligi, oxirgi o’n yillikda bo’lsa, fan – texnika taraqqiyotini qabul qilmasligi bilan ajralib turgan.
5. Bozor iqtisodiyoti hozirgi davrga qadar o’z rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o’tdi.
6. Bozor (aralash) iqtisodiyot mukammal iqtisodiyot bo’lgani uchun ham umuminsoniy iqtisodiyot deb ataladi.
7. Bozor iqtisodiyotida erkin iqtisodiy faoliyat yuritishning asosi mulkning turli – tumanligi va uning xuquqiy jihatdan bir xilda muhofaza qilinishidir.
8. Bozor iqtisodiyotining zaif tomonlarini davlatning ko’rgan chora tadbirlari orqali yo’qotiladi.
9. Iqtisodiy nazariyada odamlarning tavakkalchilik xatariga munosabat-larini hisobga olib, uch guruhga: tavakkalchilikka neytral, tavakkal-chilikka o’ch, ishqivoz; tavakkalchilikni yoqtirmaydigan yoki unga qarshilarga bo’linadi.
10. Odiljon uyining yonidagi magazindan 70 ming so’mga kostyum – shim olmay, bozorga borib kelish uchun 1000 so’m sarflab, bozordan xuddi shunday kostyum – shimni 68 ming so’mga sotib oldi. U to’g’ri qildi. Bunda sanoq nuqtasi effekti Hech qanday rol o’ynamaydi.
11. Bozorda “Nobop tanlov”ni yuz berishidan manfaatdor shaxslar axborotni asimmetrik tarqalishiga harakat qilishadi.
12. Bozor iqtisodiyotida olib – sotarlik va chayqovchilik bo’lmaydi.
Testlar
Sotsialistlar inson tengligi deganda eng avvalo birinchi o’ringa … ni qo’yishgan.
a) moddiy tenglik;
b) huquqiy tenglik;
v) qonunlar oldidagi tenglik;
g) siyosiy xuquqda tenglik;
d) hududiy tenglik;
2. Davlat mulk monopoliyasi va majburiy rejalashtirishni tekischilik g’oyasi bilan qo’shilib ketishi:
a) moddiy ne’matlarning adolatli taqsimoti;
b) moddiy ne’matlarning noiqtisodiy taqsimoti;
v) nomoddiy ne’matlarning adolatli taqsimoti;
g) nomoddiy ne’matlarning iqtisodiy taqsimoti;
d) jamiyatda adolat o’rnatilishiga olib keldi;
3. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini … tashkil etadi.
a) mulkchilikning turli – tumanligi va ularning tengligi qonun tomonidan birday muhofaza qilish;
b) xususiy mulkchilikni qonun asosida alohida qo’llab – quvatlanishi;
v) hamkorlikdagi mulk alohida qo’llab – quvatlanishi;
g) jamoa mulkiga alohida e’tibor berilishi;
d) davlat mulkining asosiy o’rin tutishini ta’minlanishi;
4. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch, bu - …
a) iqtisodiy faoliyat erkinligi, xususiy mulkning ustunligi, daro-madlarni cheklanmaganligi;
b) iqtisodiy faoliyat erkinligi, raqobat, daromadlarni cheklanmagan-ligi;
v) raqobat, davlatning qo’llab-quvvatlashi, daromadlarni cheklanma-ganligi;
g) iqtisodiy faoliyati erkinligi, davlatning qo’llab quvvatlashi, daromadlarni cheklanmaganligi;
d) raqobat, iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulk ustunligidir.
5. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti:
a) tovar, korxona;
b) tovar, jamoa xo’jaligi;
v) tovar, pul (agregati)
g) pul, korxona;
d) pul, pul kompleksidir.
6. Bozor iqtisodiyotining sub’ekti:
a) firma, korxona, uy xo’jaligi, tovar;
b) firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, pul;
v) firma, korxona, uy xo’jaligi, moliyaviy institutlar;
g) firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar;
d) firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, moliyaviy institutlar.
7. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida:
a) iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;
b) resurslarni qimmatga sotish;
v) resurslarni arzon sotib olish;
g) resurslarni qimmatga sotib olish;
d) resurslarni arzon sotishni ta’minlash.
8. Faoliyat natijasi qanday bo’lishi ehtimolini bilgan holda, bari bir oqibati qanday tugashini aniq, aytib bo’lmaydigan vaziyat, ya’ni noaniqlik … ni ifodalaydi.
a) tavakkalchilik yutug’i;
b) risk mardlik belgisi;
v) xatarning namoyon bo’lishi;
g) tavakkalchilik xatari;
d) tavakkalchilik natijasi;
9. Biz ko’pincha sifatsiz tovar sotib olganimizda aldagan sotuvchini jazolashga urunmaymiz. Sababi, …
a) yuz – xatir qilamiz;
b) rahmimiz keladi;
v) asabimizni buzishni xohlamaymiz;
g) olgan nafimiz, qilgan transaktsion xarajatlarimizni qoplamaydi;
d) sifatsiz bo’lsa ham zarur;
10. Chayqovchilik faoliyati …
a) qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi;
b) narxlarni beqarorligi tendentsiyasini kuchaytiradi;
v) iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi;
g) doimo foyda olishga olib keladi;
d) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |