‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

atrof-muhit
muhofazasini 
ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiya- 
ning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy 
tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, xashar, 
ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy
301


faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar 
yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror 
topishini ta’minlaydi.
0 ‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan subyektlaming shaxsiy 
namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot 
vositalari (shu jumladan, internet) materiallari va ulaming g'oyalari 
o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakliantirishning muhim 
vositalari sanaladi.
“Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel 
tomonidan qo'llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha 
“oikos” -turar joy, makon, “logos” -fan) o ‘quvchilarga dastlabki 
ekologik bilimlami berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, 
ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. 
Ekologik ta'lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan 
tabiat bilan inson orasidagi munosabatlami ifodalovchi bilimlar 
tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga 
nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi 
shakli va tarkibiy qismi boiib, maktabda barcha fanlami o‘qitishda 
amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh 
maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga 
ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash 
jarayonida yoshlami yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab- 
tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy “Bolaiarga jonim fido” 
asarida “Men bolalar “Alifbe”ni ochib, birinchi so‘zini g‘ijjalab 
o‘qishlariga qadar aw al dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobini 
mutolaa etishlarini istardim” deb ta'kidlaganidek, bu boradagi 
barcha ishlami bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga 
muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan 
muhiti-shahar va qishloq ko‘chalarini ко‘kalamzorlashtirish, 
mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, hiyobonlami, suv 
havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda
302


kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. 
Ekologik savodxonlik va madaniyat, awalo, oiladan boshlanadi. 
Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi 
tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilmagan bo‘Isa, uni maktablarda, keyingi ta'lim bosqichlarida 
hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. 
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor bilan 
qaraganlar va bu borada ibratli an'analarni vujudga keltirganlar. 
Bolalar go‘daklik chog‘laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini 
oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga 
hurmat, obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish hissi sabot bilan 
singdirilgan. Masalan, atrofhi ifloslantirmaslik uchun axlatlami 
alohida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalami ariq, soy, buloq 
suvlaridan uzoqroq joyda kovlash; yong‘in chiqmasligi chorasini 
ko‘rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki 
qurib qolganlaridan foydalanish; nihollami sindirib, payhon 
qilmaslik; qushlaming uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar 
shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga “Suvga tuflama, uni 
iflos qilma, chunki barcha j onivorlar uni ichib bahra oladi”, “Gullab 
turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni 
o‘zing iste'mol qilasan”, “Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar 
uzsang katta gunoh ish bo‘ladi. Chunki unda ahli mo‘minning 
nasibasi bor” - deb pandu-nasihatlar qilganlar. Islomdan avval 
zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvni iflos yoki isrof qilgan 
kishi 400 darra kaltaklangan. Suvga hurmat islom dinimizda ham 
saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta’sirida xaiqda ko‘plab 
maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyalar, ertaklar vujudga kelgan. 
Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog‘chalarida, 
umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda 
mehnat j amoalarida davom ettiriladi. Ekologiya fani hozirgi bozor 
munosabatlari davrida ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar 
ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi 
va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha 
obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va 
yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu 
yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlami yetkazadi, ammo bu
303


bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko'ra, yana 
boshqa yo‘nalishda ham ish olib borishni talab etmoqda. U ham 
bo‘Isa ekologik tarbiya masalasidir.
Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, 
Iekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya 
insonda 
tabiatga 
nisbatan 
to‘g‘ri, 
oqilona 
munosabatni 
shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga 
talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni 
qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, 
ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan 
munosabatlar) kiradi. Shunday qilib, ekologik tarbiya inson 
hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi.
Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlami 
egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlami ham 
shakllahtirib borish zarur bo‘ladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin