‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Ekologik munosabatlarga:
1. Hayotga munosabat.
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgariik hissini tarbiyalash.
4. Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlami kiritish 
mumkin.
Inson umrining asosiy qismi oila davrasida kechganligi uchun 
uning kamoloti tarbiya, iqtidor, salomatlik kabi tushunchalar bilan 
uyg'undir. Chunki buiaming asoslaii aynan oilaviy muhitda 
shakllanadi.
Oila shunday maskanki unda hayotning davomiyligini ta’min- 
lovchi sliaxs shakllanadi.
Oila, jamiyat va tabiatda bugungi kunda shunday muammolar 
paydo bo‘lmoqdaki, bularni osonlikcha hal etib bo‘lmaydi. Bu 
muammolar eng avvalo, ekologiya, salomatlikni saqlashga tegishli. 
Aholi istiqomat qilayotgan joylarni, ularni o‘rab turgan atrof- 
muhitni tezroq sog‘lomlashtirish, go'zal tabiatimizga rahna 
solmaslik, odamlami turli kasalliklardan asrash, avaylash va 
kasalliklaming oldini olish eng muhim masalalardan hisoblanadi. 
Shuning uchun oilada ekologik tarbiyani shakllantirish juda katta 
ahamiyatga ega.
304


Ekologik xavf mavjud bo‘ lib turgan holatda, bu bilan faqat 
mutaxassislar shug'ullanishi lozim yoki ekologik tarbiyani faqat 
tarbiyachilar yoki o‘qituvchilar beradi deb hisoblab, qo‘l 
qovushtirib o‘tirish noto‘g‘ri. Ekologik tarbiyani awalo, eng 
mustahkam va xotirada umming oxirigacha saqlanib qoladigan 
qismini ona va ota - ya’ni oila beradi. Oilada bolani kichik yoshdan 
ekologik tarbiyaga o‘rgatishda quyidagi omillar mavjud:
- milliy qadriyatlar, diniy, qadimiy urf-odatlami tushuntirib 
borish;
- s h a x s i y
ibrat, ya’ni, ota-onaning amalda tabiatni asrashga 
harakat qilishi, bevosita o‘z faoliyatlari orqali buni isbotlab berishi.
Ota-ona, bobo-momolami e’zozlash, kattalarga hurmat, 
kichiklarga izzat, oilani muqaddas bilish, er-xotin o‘rtasidagi 
muomalada teng huquqlilik farzandlar tarbiyasiga mas’ullik, 
qarindoshlik urug‘chilik munosabatini me’yorida olib borish, 
yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o£matish — bular umumin- 
soniy qadriyatlaming eng oddiy ko‘rinishlaridir. Chunki oila 
vakillari tor darajadagi qiziqishlaridan umuminsoniy qadriyatlarga 
ko‘proq yaqin bo‘lishi, odamlar o‘rtasidagi milliy, irqiy, ijtimoiy 
farq-’larga falsafiy qaray bilishlari kerakligini hayot ko'rsatmoqda.
Ilmiy tarbiya esa bolaga dastlabki ekologik ko‘nikmalar paydo 
bo‘lgandan so‘ng, mustahkamlovchi omillar sifatida singdiriladi. 
Masalan, ekologiyaga oid maqolalami sodda bir tarzda sharhlab 
tushuntirishni, oilaviy dasturxon ustida sulibat chog‘ida ekplogik 
fojialar har bir insonning aybi bilan yuzaga kelishini isbotlab berish 
orqali amalga oshiriladi. Ko‘rgazmali tarbiya esa bevosita onaning 
xatti-harakati orqali bola mustaqil ish bajara oladigan yoki ona 
bilan birga ish qila boshlagan bir paytda olib boriladi. Masalan, 
uydagi gullami ehtiyotkorlik bilan, hayvonlar, qushlami mehr bilan 
parvarishlashi, suv, gazning tejab ishlatilishi va boshqa ishlarni olib 
borishi, shuningdek, ko‘chalarning go‘zal joylarini alohida 
ko‘rsatish, yoki chiqindi uyumlarini, sindirilgan daraxt, toptalgan 
o‘t-o‘lanlami bolaga ko‘rsatib, unday ishni qilgan bolalami yaxshi 
inson bo‘lib yetisha olmasligini misollar bilan aytish orqali amalga 
oshiriladi.
305


Aslida, bu tarbiya uzluksiz, mantiqiy izchillik bilan har doim 
davom etishi lozim. Bunday tarbiya uchun avvalo, ota-onaning 
o‘zlari ekologik ma'lumotga ega bo‘lishi zarur. Hech bir oilayo‘qki 
o‘z farzandlarining barkamol bo‘lishini xohlamasa, hech bir zot 
yo‘qki, go‘zal, xushhavo, serobgarchilik yurtni istamasa. Zero, 
ekologik tarbiya barkamol insonning o‘zagidir. Oilada bola 
o'simlik 
va hayvonlami 
e’zozlash, 
avaylash mohiyatini 
tushunmasa va bilmasa, kundalik turmushda unga o‘rgatilmasa, 
bolaning umumiy tarbiyasida tabiatni qadrlash, e’zozlash fazilatlari 
va u bilan bog‘liq axloqiy va insoniy ko‘nikmalari yetishmaydi. 
Hozirgi sharoitda ekologiya muammosi axloqiy ongning bu 
masalaga oid tomonlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish ilmiy 
uslubiy asoslangan amaliy tavsiyalar berish kerakligini taqozo 
etmoqda. Umuman olganda, inson umrini qamrab oladigan 
ekologik ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish payti keldi. 
Bugungi kunda tabiat va uning boyliklariga nisbatan bo‘layotgan 
ehtiyotkorlik ko‘pgina obyektiv ehtiyojlar tufayli emas, balki 
ekologik 
madaniyatsizlik, 
tabiatdagi 
o‘zaro 
aloqadorlikni 
tushunmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Tabiatga yetkaziladigan 
salbiy ta’sir asta-sekin kishilar hayoti uchun xavf tug‘dirishini 
aholi, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish darkor. Yoshlami ekologik 
ruhda tarbiyalash dastawal oilada boshlanadi. Xalqimizda bola 
boshdan degan naql bor. Yoshlikdagi to‘g‘ri tarbiya kamolotni 
ta’minlaydi. Ekologik tarbiyaning o‘ziga xos va juda murakkab 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, uni ekologik ma’naviyat va 
ommaviy tarbiya ishlarining muhim tarmoqlaridan biri sifatida 
yuqori darajaga ko‘tarmoq kerak. Bizning farzandlarimiz 
kamolotga yetishlari uchun oilada sog‘lom muhit barqaror bo‘lishi 
lozim. Oila asosi er-xotin orasidagi munosabatlar samimiy, bir- 
biriga mehribon bo‘lib, yolg‘on gaplarsiz, gumonsiz ochiq chehra, 
shirin so‘z orqali kechishi oiladagi ruhiy va ma’naviy muhitning 
sozligini ta’minlaydi. Shu o‘rinda birinchi navbatda oilada ota- 
onaning ekologik ma’lumotlar bo‘yicha pedagogika madaniyatini 
hamda uni amaida qo£llashga o‘rgatish bilan ta’lim berish 
muammolarini ham hal etish darkor. Shuningdek, oilada bolalarga 
ekologik tarbiya haqida ma’lumot berish hamda hayotda qo‘llashga


o‘rgatuvchi ko‘nikma va milliy urf-odatlami shakllantirish lozim. 
Bu muhim muammoni hal qilmay oilada bolalami ekologik 
tarbiyalash mushkuldir. Inson hayoti bilan tashqi muhit o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni hech kim inkor etmaydi. Lekin uni ko'pincha yuzaki 
tushunamiz. Aslida, mana shu nuqtayi nazar, tasavvur insonni 
tashqi olamdan ajratib qo!yishi mumkin. Ekologik madaniyat, eng 
awalo, insonning o'*z-o‘zini bilishidan boshlanadi. Ekologik 
madaniyat sohibi bo'lish, tabiatga zarar keltirish emas, balki uning 
gullab yashnashi, yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shish, unga 
yomon munosabatda bo‘Iganlarga qarshi mardonavor kurashmoq 
ham demakdir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin